5-bob. Neft- gaz konlarining zahiralari va ularning energetik sharoitlari


Qatlamning otish oralig’ini asoslash



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə51/62
tarix16.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#183482
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62
5-bob kitobcha

11.4 Qatlamning otish oralig’ini asoslash

Ishlab turgan quduqlarda qatlamning qaeridan otilganligi aksariyat ularga keluvchi suyuqlik harakatini belgilovchi omillardandir. Uning qanday ishlashini tartibga solish va boshqarish aksariyat quduq kesimidagi uning qatlam bilan bog’langan oralig’iga hamda uni qanday tanlanganiga bog’liq bo’ladi. Bunda biz neftni harakati uchun qulaylik yaratib, suv harakatiga ma’lum darajada tg’sqinlik qilgan bg’lamiz. SHuni e’tibordan qochirmaslik lozimki, qatlamni tg’la qamrash uchun quduq kesimi tg’laligicha otilgan bg’lishi lozim, lekin unga keladigan suyuqlik aksariyat neftdan iborat bg’lishligini ta’minlash uchun suv va gaz kelishi mumkin bg’lgan oraliqlarni otmaslik maqsadga muvofiq buladi. SHunda biz quduqning gazsiz va suvsiz ishlash davrini ancha uzaytirgan bg’lamiz.


Har xil sharoitlarda quduq bilan qatlamni tutashti-rishning tabiiy suv siquvi rejimida yoki qatlamga suv haydash jarayonida qanday hal qilinishining bir qancha turlarini kg’rib chiqamiz.
Ensiz neft-gaz zonasi mavjud bg’lgan bir qatlamli ob’ektni qazib chiqarish. Ilgari ta’kidlanganitek' qatlamga suv haydash holatlarida (suv-neft chizig’idan tashqarida yoki suv-neft chizig’i yonidan) oluvchi quduq neftli zonada joylashadi (ichki suv-neft chizig’i ichida). Bunday hollarda qatlamni tg’la qamrash maqsadida qatlam tg’laligicha otilishi maqsadga muvofiq. Suv-neft zonasida joylashgan quduqlarda esa qatlamning yuqori qismi otilsa, quduqlarning suvsiz ishlash muddati uzayadi.
Keng neft-gaz zonasi mavjud bg’lgan bir qatlamli ob’ektni qazib chiqarish. Bunday hollarda, ya’ni uyumning pastki suv mavjudligida u faqat juda kam neftga shimilgan joylardan tashqari tg’laligicha oluvchi quduqlar bilan qazilgan bg’ladi. Bunday hollarda neftning suv bilan siqib chiqarilishi neft-suv chizig’ining kg’tarilishi bilan sodir bg’ladi. Bunda suv-neft chizig’iga yaqin bg’lgan quduqlardan boshqalarini tg’laligicha otish tavsiya etiladi. Suv-neft zonasida joylashgan quduqlarning suvsiz ishlash muddatini chg’zish maqsadida suv-neft chegara chizig’idan 2-4m yuqoridan otish maqsadga muvofiqdir. Suv-neft chegarasining ichki chizig’iga yaqin joylashgan quduqlar ham pastki qismida otilmaganligi ma’qul. Agar qatlam orasida g’tkazuvchan bg’lmagan qatlamcha mavjud bg’lsa va u 3-4 quduqda kuzatilsa, qatlam bunday quduqlarda g’sha qatlamchaning ustki qismigacha otilishi lozim. Haydovchi quduqlar aksariyat tg’la qalinlikda otiladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin