5-bob. Neft- gaz konlarining zahiralari va ularning energetik sharoitlari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə48/62
tarix16.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#183482
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62
5-bob kitobcha

11.2 Qabul qilingan ishga tushirish rejasi kg’lamida tartibga solish usullari

Ob’ektni qazib chiqarishni boshqarish g’sha obektni qazib chiqarish loyihasi doirasida olib borilishi hozirgi suv bostirish usuli bilan neft olish sharoitida asosan suv haydash va quduqlardan mahsulot olishni tartibga solish hisobiga amalga oshiriladi. Bunda asosan loyiha bg’yicha qazilgan quduqlardan tg’la va maqsadga muvofiq ravishda ishlatishga erishish taqozo etiladi. Quduqlarda har xil tadbirlar g’tkazish yo’li bilan haydaladigan suvning yg’nalishiga va uning tezligiga ta’sir qilish mumkin.


Qazib chiqarishni tartibga solish uchun qilinishi lozim bg’lgan asosiy tadbirlar quyidagilardan iboratdir:
- oluvchi va haydovchi quduqlarning oqilona ishlash rejimini belgilash;
- ishlovchi ob’ektni ochish oraliqlarining oqilona kg’rsatkichlarini belgilash va g’zgartirish;
- quduq tubi atrofiga ta’sir g’tkazish;
- kg’p qatlamli ob’ektni ishlatishda bir vaqtning g’zida bir quduqda har xil qatlamlarga suv haydash va har xil qatlamlarni ishlatishni tashkil qilish;
- quduq tubida uning mahsulotidagi suvni kamaytirish tadbirlarini qo’llash yoki quduq ishini to’xtatish.
Oluvchi quduqlar ish rejimini belgilash. Quduqlarning texnologik ish rejimi ma’lum muddatga tuzilib, uning mavjud asbob - uskunalar yordamida qanday ishlashini kg’rsatadi. Quduqning ob’ekt bg’yicha ishlash rejimini korxonaning geologik xizmat belgilaydi. Bu vazifa har bir yangi quduq ishga tushirilayotganda qilingan tadqiqot va uning natijalarini hisob qilish natijasida belgilanadi. Texnologik ish rejimi neft quduqlarida bir oydan olti oygacha, gaz quduqlarida esa uch oydan bir yilgacha belgilab qg’yiladi va sg’ngra yana yangidan tadqiqotlar qilinishi natijasida yangi ish rejimi belgilanadi. Bunda albatta har bir quduqing g’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari inobatga olinib, uning eng oqilona ishlashi uchun sharoit belgilanadi. Bunda albatta qatlamning mahsuldorligi, undagi bosim, qatlamning quduq bilan bog’langanlik darajasi, quduqqa g’rnatilgan asbob-uskunalar, ularning ish quvvati va shu kabilar inobatga olinadi.
Bunda asosan quduqdan olinishi lozim bg’lgan texnologik va texnik norma belgilanadi.
Quduqdan olinishi mumkin bg’lgan suyuqlikning eng kg’p miqdori texnik daraja deb atalib, u aksariyat texnologik holatlar tufayli chegaralanadi. CHunki quduq qancha neft bersa shuncha olaverish imkoni bg’lmaydi (shuni eslash joizki, ba’zan quduqlar bir necha kunduzda bir necha ming tonna va undan ortiq neft bergan hollar amalda juda kg’p masalan, Meksikadagi Serro-Asul konidagi 4 - quduq bir kecha kunduzda 35600 t neft bergan). Neft olishning chegarasiga asosan quduqning iloji boricha uzoq muddat benuqson ishlashini ta’minlash nuqtai-nazaridan qaraladi. Quduqning texnologik ish chamasi undan olinishi mumkin bg’lgan va barcha geologik, texnik va texnologik holatlarni hisobga olgan holda belgilangan miqdor. CHunonchi, gaz quduqlarida olinadigan miqdorni oshirish natijasida quduq atrofining emirilishi kuzatilishi mumkin yoki hamma quduqlarda qatlam suvining bevaqt quduq tubida paydo bg’lishiga sabab bg’lishi mumkin.
Loyiha hujjatlarida quduqlarning ishlash rejimi va ulardan olinadigan mahsulot miqdori belgilab qo’yilgan bg’ladi. Xuddi shunga qarab har bir quduqning ishlash rejimi va undan olinadigan mahsulot miqdori belgilanadi. Albatta vaqt g’tishi va sharoitlarning g’zgarishi bilan bu kg’rsatkich g’zgarishi va unga tegishli tuzatishlar kiritilishi turgan gap. SHuning uchun ham quduqlar ma’lum muddat orasida geologik xizmat xodimlari tomonidan tadqiq qilinib, uning holati diqqat bilan g’rganiladi va har gal holatga qarab texnologik ish rejimi belgilanadi.
Albatta bunday holatlarda quduqning ish rejimi butun ob’ektning ish rejimi bilan hamohang va g’shanga monand holatda olib boriladi va belgilanadi. Bunda quduqning qanday joyda joylashganligi, uning kesimidagi ahvoli va shu kabilarga ahamiyat beriladi.
Qatlamda suv haydash bilan ishlatilayotgan sharoitda quduqning suv bosish ehtimolligi albatta inobatga olinadi. SHuning uchun dastlabki bosqichda quduqning imkoniyatlaridan tg’la foydalanishga xarakat qilinsa, undan keyingi bosqich-larda esa quduqqa haydalayotgan suvning yaqinlashganini (umuman chegaraning yaqinlashganini) inobatga olib, undan olishni chegaralash tavsiya etiladi. SHu chora bilan quduqni shiddatli suv bosishdan saqlash va uning ishlash muddatini chg’zish imkoniyati yaratiladi. Undan keyingi bosqichda esa qatlamning aksariyat qismiga suv keladi. SHunda ichki qatorlardagi quduqlardan neft olishni jadallashtirish taqozo etiladi. Oxirgi bosqichda esa olishni jadallashtirish notekis kollekorlarni durustroq yuvish imkonini beradi va tg’xtatilgan quduqlar hisobiga biroz olishni ta’minlash imkonini beradi.
Agar juda notekis kollektorlik xususiyatlariga ega bg’lgan hamda yuqori kg’rsatkichli qovushqoqlikka ega bg’lgan neftli ob’ekt qazib chiqarilayotgan bg’lsa, ularda har bir quduqning ishini tartibga solish imkoni bg’lmaydi, chunki dastlabki kunlardan boshlab quduqlar 50 - 80 % suv bilan ishlaydi va shu muddat uzoq davom etadi. Bunda qazib chiqarishni tartibga solish quduqlar guruhi bilan amalga oshiriladi. Loyihadagi mahsulotni olishga erishish uchun quduqlardan uzoq muddat jadallik bilan suyuqlik olinadi, tabiiy, bunda suvning miqdori kg’p bg’ladi, lekin shunga qarab uning tarkibida neft ham ortadi. SHundagina biz qatlamning mg’ljallangan neft beruvchanligiga erishishimiz mumkin.
Qazib chiqarish jarayonini tartibga solish sharoitida qatlam bosimining undagi tg’yinganlik bosimiga munosabati ham g’rganiladi va uning pasayishi kuzatiladi. Lekin bg’lganda bosim pasayib ketib erigan gaz rejimi namoyon bg’lmasligi uchun ba’zan quduqlardan olinadigan mahsulot chegaralanadi. Natijada biz qatlam bosimini tg’yinganlik bosimi kg’rsatkichidan taxminan 10% ortiq holda ushlab turishga erishuvimiz lozim bg’ladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin