5. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Respublikamizda, nurlanishning ruxsat etilgan darajalari juda kam birlikni tashkil qiladi. Shuning uchun organizm uzoq vaqt nurlanish ta’sirida bo‘lgan takdirda ham unda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.
Lekin, zamonaviy texnika taraqiyoti davrida yuqori chastotalarga ega bo‘lgan elektromagnit maydonlardan xar xil texnika ishlarida, masalan, metallarni qizdirib toblash, eritish, yog‘och mahsulotlarini yelimlash va boshqa ishlarda keng foydalanilmoqda. Bunday vositalar bilan texnik operatsiyalarni bajarishning qulayligi ortiqcha issiqlikning ajralmasligi va ortiqcha uskunalarga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi bu usulning keng ko‘lamda qo‘llanish imkoniyatlarini yaratmoqda. Shuningdek, ish sharoitini yaxshilash va ish joylarida havo tozaligi ta’minlanganligi sababli sanitariya-gigiena tomonidan birmuncha qulayliklar tug‘diradi.
5.1. Elektromagnit maydonning tavsiflari
Elektromagnit maydoni ma’lum kuchlanishdagi elektr maydoni (V/m) va magnit maydoni (A/m) vektorlari orqali ifodalanadi. Harakatlanuvchi elektromagnit to‘lqinlarining va vektorlari har vaqt o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi.
O‘tkazuvchi muhitda tarqalayotganda ular o‘zaro quyidagi bog‘lanishga ega bo‘ladi:
(4.1)
bunda: -elektromagnit tebranishlarining aylanma chastotasi; -ekran moddasining solishtirma o‘tkazuvchanligi; -bu moddaning magnit o‘tkazuvchanligi, -so‘nish koeffitsienti; —nurlanayotgan ekran yuzasidan aniqlanayotgan nuqtagacha bo‘lgan masofa.
Elektromagnit maydonidagi energiya oqimining zichligi vektori "Umov-Poynting vektori" deb ataladi va u quyidagicha ifodalanadi:
, (Vt/m2) (4.2)
Elektromagnit maydoni nazariyasiga asosan o‘zgaruvchi elektr yoki magnit maydoni manba yaqinida ikki zonaga bo‘linadi: yaqin zona yoki induksiya zonasi bo‘lib,
(4.3)
-to‘lqin uzunligi bo‘lib, tenglamasiga asosan aniklanadi, bunda: s — elektromagnit to‘lqinlarining tarqalish tezligi (vakuum yoki havo muhiti uchun yorug‘lik tezligi): — elektromagnit to‘lqinlarining chastotasi va nurlanish zonasi bo‘lib, R > masofalarda joylashgan bo‘ladi.
Induksiya zonasida (yaqin maydon) hali harakatlanayotgan elektromagnit maydoni hosil qilib ulgurmagan va elektr bilan magnit maydonlarini bir-biriga bog‘lanmagan deb hisoblash mumkin. Shuning uchun bu zonadagi me’yorlashtirish elektromagnit maydonining ham elektr, ham magnit maydonlari qo‘shilmalari sifatida olib boriladi.
Nurlanish zonasida esa maydon harakatlanayotgan elektromagnit to‘lqinini vujudga keltiradi va harakatlanayotgan to‘lqinning muhim parametri to‘lqin oqimining zichlik quvvati hisoblanadi. Bu zonadagi normalashtirish zichlikka asosan olib boriladi va bu zichlik nuqtasimon manbagacha bo‘lgan masofa kvadratiga teskari proporsional bo‘ladi.
(4.4)
bunda: -manbaning nurlanish quvvati. Agar bu manba yo‘naltirilgan harakatga ega bo‘lsa (antenna), unda:
(4.5)
bunda -antennaning kuchaytirish koeffitsienti bo‘lib, hisoblashlar yordamida aniqlanadi.
Induktorlar, termik qurilmalarning kondensatorlari, generatorlarning ayrim qismlarini ulovchi fider liniyalari, transfolrmatorlar, antennalar, to‘lqin uzatgichlarning ochiq qismlari va o‘ta yuqori chastota generatorlari elektromagnit to‘lqinlarining manbalari sifatida qaralishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |