5. iplarning geometrik va mexanik xossalari. (2-soat) reja



Yüklə 66,5 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü66,5 Kb.
#167062
  1   2   3
5Maruza



5.IPLARNING GEOMETRIK VA MEXANIK XOSSALARI. (2-soat)
REJA:

  1. To‘qimachilik iplari va tolalarining xossa va xususiyatlari.

  2. Ip va tolalar xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish.

  3. Horijiy mamlakatlarning to‘qimachilik korxonalari haqida.

Yigirish ishlab chiqarish korxonasida texnologik o‘timlarning ko‘pligi, jihozlarning murakkabligi va mahsulot tayyorlashning diskretligi tayyorlanayotgan yarim mahsulotlarni sifatli tayyorlashni talab etadi. Har bir mahsulot o‘ziga xos sifat xossalari va ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Odatda yarim mahsulotlar 25 ularga qo‘yilgan talablarga muvofiq quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi [4]; chiziqiy zichlik, chiziqiy zichlik bo‘yicha kvadratik notekslik, qisqa buramlar bo‘yicha notekislik, strukturaviy tuzilishi. Ip yigirishda ilgari yaratilgan nazariyalar asosida yangi tadqiqotlar olib borildi va ularning yechimlari amaliy tadbiqni topib bormoqda. Biroq bunday yechimlarni ip yigirishda doimo bir xil qonuniyat sifatida qo‘llash yoki foydalanish darajasiga olib borish masalasi hali to‘liq hal etilmagan. Bunday tadqiqotlar olib borgan olim va mutaxassislarni ilmiy yondashuvlari va tanlagan uslublari noto‘g‘ri yoki yetarli emas degan fikrga borish mutlaqo noo‘rinligini alohida ta’kidlash zarur. Masalaning mohiyati shundaki, yigirish jarayonlari o‘ziga xos murakkab bo‘lib uni belgilovchi omil hisoblangan tola xususiyatlari xilma-xil va juda katta notekislikka ega. Ayniqsa paxta tolasi fizik-mexanik xususiyatini shakllanishi paxta seleksiyasini tanlashdan tortib o‘sish sharoiti va obi-havoni qanday kelishiga bog‘liq. Shu sababli paxta tolasini har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib ular ip va to‘qima matolarda turlicha namoyon bo‘ladi. Paxta tolasining xossa xususiyatlari uning geometrik fizik va mexanik xossalarini belgilaydi. Geometrik xossalar: tola uzunligi, diametri, ko‘ndalang kesimi yuzasi va h.k. Fizik xossalar: uzunlik, pishganlik, namlik, nam o‘tkazuvchanlik, zaryadlanish, issiqlik o‘tkazuvchanlik kabilar. Mexanik xossalar: uzish kuchi, cho‘ziluvchanlik, nisbiy uzish kuchi, zo‘riqish va buralishga, egilishga, ezilishga bo‘lgan qarshilik.
Tola o‘lchami tayyor mahsulot o‘lchamlaridan bir necha yuzlab marta kichik bo‘lishi sifat jihatidan farqlarga ega bo‘lgan ko‘plab tolalarni o‘rtacha xususiyatinigina hisobga olishga asos bo‘ladi. O‘z navbatida o‘rtacha xususiyatni nazarda tutib tashkil etilgan texnologik jarayonda ip yigirish ham nazariy farazlardan farqliroq natijalarni beradi. Shuning uchun har bir ishlab chiqarish sharoiti uchun amaliy tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan texnologik ko‘rsatkichlar 26 tuzatiladi. Boshqacha qilib aytganda, imkoniyat darajasida jarayon maqbullashtiriladi. Ipning asosiy xossalari va tolaning fizik–mexanik xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqurroq o‘rganish asosida yigirilgan ip qanday xususiyatlarga ega bo‘lishini avvaldan formulalar orqali hisoblab topish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchi tomondan ip xususiyatlari faqat tolaning xossalarigagina bog‘liq bo‘lib qolmay yigirish texnikasining ishlashiga, unda o‘rnatilgan ko‘rsatkichlarga, ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog‘liq ko‘plab omillarga ham bog‘liq. Bunday ko‘p qirrali masalani hal etish uchun barcha omillarni ta’sirini hisobga oluvchi formula bo‘lishi imkoniyatdan yiroq. Shuning uchun ushbu dissertatsiya ishida qo‘yilgan masalani hal etish borasida olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish, ularni tahlil etish, tavsiyalar berish asosiy maqsad etib belgilangan. Shu bilan birga ip sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlardan muhimi hisoblangan yigirish mahsulotlari notekisligini va uni baholashga ham keng o‘rin ajratilgan.
Iplarning xossalarini o‘rganish asosan quyidagi ikki yo‘nalishda olib boriladi: birinchidan, yigirilgan ip bundan keyin ishlanadigan yarim mahsulot sifatida qaralsa, ikkinchidan muayyan sifatdagi va miqdordagi tolalardan belgilangan sharoitda tayyorlangan mahsulot sifatida o‘rganiladi. Birinchi holda ipga iste’molchi tomonidan qo‘yiladigan talablar nazarda tutiladi. Ikkinchidan ipning qanday tartib va usulda yigirilishi nazarda tutiladi. Ipni tashkil etuvchi tolalar sifati va miqdoriga ko‘ra iplar ingichka, o‘rtacha va yo‘g‘on iplarga bo‘linadi. Ularni kichik chiziqiy zichlikdagi (yuqori nomerli) o‘rta chiziqiy zichlikdagi (o‘rta nomerli) va yuqori chiziqiy zichlikdagi iplar deb yuritiladi. Ip xossalari bo‘yicha bir xil bo‘lmagan ko‘plab tolalarni mexanik yo‘l bilan hosil qilingan notekis mahsulot hisoblanadi. Ipning sifatini belgilovchi omillar quyidagi guruhlarga ajratiladi: a) tolalarnig xususiyatlari; b) ipni tuzilishi (hosil bo‘lish usuli); v) tolalarni birlashtirish (pishitish). Turli to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarida ip bir-biridan farqlanuvchi deformatsiyaga va mexanik 27 ta’sirlarga uchraydi. Ushbu ta’sir va deformatsiyalanish natijasida iplar o‘z holatini va buyumning talab etilgan yaxlitligini saqlab qolish uchun ham muayyan iste’mol talablari belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda ip qanday maqsadda ishlatilishi va foydalanishiga qarab o‘ziga xos tuzilish va sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Bunday talablarni amalda bajarish texnologik jarayonlarni (tarash, cho‘zish, pishitish va h.k) tashkil etish bilan bog‘liq. Bu jarayonlar ipning tuzilishini belgilaydi. Yigirilgan ipning tuzilishi deganda uni tashkil etuvchi tolalarni joylashtirilganligi, uzunligi va ko‘ndalang kesimi bo‘yicha taqsimlanishi tushuniladi. Ushbu tushunchani xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni quyidagilarga ajratiladi: tolalarni ip uzunligi bo‘yicha joylashishi, tolalar soni va ularni ip ko‘ndalang kesimida joylashuvi, tolalarni soni va sifati bo‘yicha taqsimlanish qonuniyati notekisligi [20]. Tolalarni xossalari bo‘yicha notekisligi va ularni ip hosil bo‘lish chog‘idagi aniq holati ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lgani uchun amaldagi ipni tuzilishini hosil bo‘lish sabablari oxirigacha o‘rganilmagan. Shuning uchun ipning tuzilishini shartli ravishda ideal ip sifatida qabul qilamiz va uni ayrim tuzatishlar kiritib amaldagi tuzilishga yakinroq bo‘lishini belgilaymiz.

Yüklə 66,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin