5. iplarning geometrik va mexanik xossalari. (2-soat) reja


Horijiy mamlakatlarning to‘qimachilik korxonalari haqida



Yüklə 66,5 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü66,5 Kb.
#167062
1   2   3
5Maruza

Horijiy mamlakatlarning to‘qimachilik korxonalari haqida
Horijiy mamlakatlarning to‘qimachilik korxonalarida ko‘p xolatlarda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi kelishuvda bayon etilgan ko‘rsatkichlar mavjud me’yoriy hujjatlardan qat’iy nazar asosiy sifat ko‘rsatkichlari deb tan olinadi. Boshqacha qilib aytganda, ipning sifat ko‘rsatkichini iste’molchi belgilaydi va unga talab qo‘yadi. Shunday qilib, ip xossalarini baholashning mavjud usullarini o‘rganish natijasida shuni ta’kidlash kerakki, ip xossalari faqat tola xossalariga bog‘liq bo‘lmay, tolalarning ipda joylashishiga qarab, qayishqoqligiga qarab ham baholanadi. Bu usulning afzalligi ipning uzishgacha istalgan deformatsiyasi 31 qiymatidagi mexanik xossa ko‘rsatkichlari hisoblanishi mumkin. Uzish kuchini prognoz qilish esa xususiy holga aylanadi. Ip va tolalar xossalari orasidagi bog‘liqlikni aniqlashda turli usullarda turlicha kattaliklar, xususan tola uzunligi har xil ko‘rsatkichlarda qo‘llaniladi. Masalan, prof. Solovyov A.N. formulasi qo‘llanishida shtapel uzunligi, Rkm ko‘rsatkich formulasida UHML –yuqori yarim o‘rtacha uzunlik qiymatlaridan foydalaniladi. U yoki bu formulalarda ko‘rsatkichlar qiymatlarini bevosita ishlatib bo‘lmaydi. Hozir aksariyat korxonalarda tolaning HVI asbobida aniqlangan qiymatlari keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Paxta tolasiring uzunligi bo‘yicha konversion jadvaldan foydalanish mumkin [O’zDSt 604-2013]. Undan foydalanib uzunliklarning raqamli qiymatlariini almashtirish maqsadida ularning toifaviy darajalariga mos tushuvchi koeffitsiyentlar aniqlandi. Ulardan foydalanib UHML dan shtapel uzunligiga yoki shtapel uzunlikdan UHML ga o‘tish va tegishli hisoblarni amalga oshirish mumkin.
Ip xossalari bilan tola xossalari orasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, ipning pishiqligiga tola xossalari va uskuna holati ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida ip pishiqligini baholashning turli usullari ko‘rib chiqilgan bo‘lsada iste’molchi talabi asosida kerak hollarda kichik namunalar usuli yoki hisoblash usuli qo‘llaniladi. Ayrim hollarda masalan, Yevropa bozorlariga kiritilgan mahsulotga ISO 9001 muhri bosilgan hollarda qayta tekshiruvsiz iste’molchi ipni qabul qilishi mumkin. Shuningdek munozarali hollarda ekspert usulida kichik namunalardan ip yigirib tola baholanadi. Ipning sifati esa USTER jahon standarti talablari va tavsiyalari bilan qiyoslanib baholanadi. Ipni ishlab chiqaruvchilar hom-ashyoga hisoblash usulida baho beradilar. Quyida hisoblash usullarida ipning pishiqligini prognoz qilish usullari batafsil bayon etilgan.
Nazorat savollari.

  1. To‘qimachilik iplari va tolalarining haqida ma’lumot bering.

  2. Ip va tolalar xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish nimada?

  3. Horijiy mamlakatlarning to‘qimachilik korxonalari haqida fikir mulohazalar?

  4. Ip xossalari bilan tola xossalari orasidagi bog‘liqlikni ko’rsaning?

Yüklə 66,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin