5-kurs sirtqi ta’lim (tafsiy) talabasining Makroiqtisodiy tahlil fanidan


Aholi turmush dinamikasini baholovchi ko‘rsatkichlar, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish dinamikasi



Yüklə 250,05 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü250,05 Kb.
#167016
1   2   3
IJTIMOIY JARAYONLAR VA AHOLI TURMUSH DARAJASINING O‘SISHINI PROGNOZLASH

3.Aholi turmush dinamikasini baholovchi ko‘rsatkichlar, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish dinamikasi.
Aholi turmush darajasini baholashda turar joylar bilan taminlanganligi, komunal xizmatlarning sifat darajasi, maktabgacha talim muassasalarining soni, sanatoriya-profilaktikalarning va turistik xizmatlarning mavjudligi ko‘rsatkichlari muhim rol o‘ynaydi. SHahar va qishloqlar o‘rtasidagi turmush darajasidagi tafovutni kamaytirish va barcha hududlarda yashash sharoitlarini tenglashtirish va ularni prognozlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi (aholi jon boshiga nisbatan). 10 ming kishiga to‘g‘ri keladigan vrachlar nisbati, shahar va qishloq axolisining uzoq muddatli maishiy-texnika vositalari bilan taminlanganlik darajasi 100ta oilaga nisbatan va ming kishiga to‘g‘ri kelishi hisoblanadi.
Ijtimoiy o‘sishni va aholi turmush darajasini prognozlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Uy xo‘jaliklarida uzoq muddatli ratsional foydalaniladigan uy anjomlarining har 100ta oilaga nisbati aniqlaniladi, so‘ngra prognoz qilingan talabga qarab ushbu anjomlarni ishlab chikarish uchun resurslar ajratiladi. Rivojlanishni rejalashtirishda ishlab chiqarish sohasi va tarmoqlarni rivojlantirishning eng maqbul omillarini ishlab chiqish zarur, u aholi turmush darajasini ko‘tarishga xizmat qilishi kerak.
P rognoz qilingan vaqt dinamikasini ishlab siqarish va no ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘armaning hajmi va tarkibini aniqlashda quyidagi iqtisodiy matematik modellar prognozlashtirishda foydalaniladi. Ishlab chiqarishda jamg‘arma normasini, istemol uchun resurslar o‘sish suratlarining me’yor miqdorlari va noishlab chiqarish sohasidagi qurilish, noishlab chiqarish fondi dinamikasi va noishlab chiqarish kapital quyilmalarini muomalaga chiqarish modellari alohida ahamiyatga egadir.
Bu modellar olib boriladigan hisob- kitoblarning mantiqiy ketma-ketligini taminlaydi. Masalan: ishlab chiqarish jamg‘armasi dinimikasini tahlil qilish prognozlonayotgan vaqt oralig‘ida aholi turmush darajasining o‘sishiga ta’sirini ifoda etadi, hamda milliy daromodda, ishlab chiqarish jamg‘armasining ulushini, istemol uchun resurslar o‘sish surati va noishlab chiqarishdagi qurilishni ko‘rsatadi.
Prognozlashtirilayotgan jarayonni echimlarini, ko‘plab variantlarini ishlab chiqish kerak. Noishlab chiqarish jamg‘armasi haqadagi axborot noishlab chiqarish fondini dinimikasini tuzish, noishlab chiqarish sohasida kapital quyilmalarni prognozlash imkonini beradi.
Ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish kelajakda aholi turmush darajasini belgilashda muhim ahamiyatga ega. U quyidagilarga bog‘liq: madaniyatning rivojlanishi, sog‘liqni saqlash, talim sohasi aholiga pullik xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi, aholining real daromadlarining o‘sishi, butun ijtimoiy infratuzilmasining jadal rivojlanishi asos bo‘la oladi. SHuning uchun prognozlashda aholining istemolining doimo o‘sib borishi hisobga olinishi kerak bo‘ladi.
Ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasini prognozlashda, iqtisodiyotni boshqa ko‘rsatgichlarini prognozlashda ularning o‘zaro aloqasi va bog‘liqligini inobatga olish zarur bo‘ladi.
Aholining turmush darajasi insonlarning moddiy, manaviy ma’rifiyehtiyojlariniqondirish jarayonlarini ifodalovchi ko‘p qirrali, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Turmush darajasi aholi daromadlari, xarajatlari, iste’mol darajasi va uning tarkibi, uy-joybilan ta’minlanganligi va shu kabilarni qamrab oladi. Shuning uchun hamiqtisodiyadabiyotlardaaholi turmush darajasini turli ko‘rsatkichlar tizimi bilan ifodalab, ularni turli belgilar bo‘yichaguruhlarga ajratganlar. Bu tizim quyidagi asosiy bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: -umumlashtiruvchi sintetik ko‘rsatkichlar; -aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar; - aholining ma’rifiy
- ma’naviy darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar; -aholining sotsial sharoitini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
.Iqtisodchi olim K.Xaqberdiyev “Aholi turmushi tushuncha sifatida kengmanodagi4yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlarni qamrab oladi: aholining sifat ko‘rsatkichlarni, aholiningturmushdarajasi, ijtimoiy xavfsizlik, atrof-muxitning sifati” deb ko‘rsatib, birinchi yo‘nalishko‘rsatkichlariga: demografiya, aholini takror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, oilalarnishakllantirish qobiliyatlari, ta’lim va kasbiy ma horat darajalarini kiritadi2
. Rus olimi G.S.Sherstneva o‘zining “Sotsialnaya statistika” kitobida Rossiya Federatsiyasi hukumati vabutunRossiya birlashgan kasaba uyushmalari 2004-yil 29-dekabrda kelishib tuzilganshartnomadaaholi turmush darajasini ifodalash uchun 35 ta ko‘rsatkich olinganligini alohida ta’kidlagan.Bu ko‘rsatkichlar ichida mamlakatning iqtisodiyotini ifodalovchi yalpi ichki mahsulot, asosiykapitalga investitsiya, budjetning ijtimoiy sohaga xarajatlari, doimiy aholi soni kabiko‘rsatkichlar bilan bir vaqtda, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan juda ko‘p o‘rtachaiqtisodiyko‘rsatkichlar ham keltirilgan. Albatta bu ko‘rsatkichlar aholining turli qatlamlarini turmush darajasini to‘liqroqifodalaydi. Lekin bu ko‘rsatkichlarning ayrimlari mohiyati jihatidan bir-biriga judayaqinyokiular bir-biriga qarama-qarshidir. Shuning uchun ham bunday ko‘rsatkichlarning birini aniqlasaikkinchi ko‘rsatkichni aniqlash qiyin bo‘lmaydi. BMT turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan turmush darajasi ko‘rsatkichlarini o‘rganib,uning darajasini ifodalovchi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni tavsiya etgan:  Tug’ulish, vafot etish va boshqa aholini harakterlaydigan ko‘rsatkichlar; turmushning sanitariya-gigiyena sharoitlari; oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish;
turar joy sharoitlari; ta’lim va san’at; mehnat sharoiti va bandlik; aholi daromadlari va xarajatlari; yashash qiymati va iste’mol baholari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot; insonning erkinligi. Demak, yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish kerakki, aholi turmushdarajasi judamurakkab, ularning yashashi va faoliyat yuritishining turli tomonlarini ifodalovchi kategoriya(tushuncha) bo‘lib, faqat juda ko‘p ko‘rsatkichlar bilan to‘liq ifodalash mumkin. Buko‘rsatkichlarni turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. A. Aholining ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlari: bularga aholi soni, jinsi, yoki, tug‘ulish,vafot etish kabi ko‘rsatkichlar kiradi. B. Aholining moddiy iste’molini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Ularga aholiningoziqovqatva nooziq-ovqat bilan ta’minlanganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi. V. Aholining ta’limi, manaviy-madaniy salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar: Ulargamaktablar, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari bilan qamrab olinganligi, teatr, kino, kitoblarva shu kabilar bilan ta’minlanganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi. G. Aholining sog‘lig‘i va sanitariya-gigiyena holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Bulargashifoxonalar, vrachlar, dam olish uylari, kasalxonalar bilan ta’minlanganligini ifodalovchi,aholining sog‘lik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi. Bu ko‘rsatkichlarni mamlakatning barcha aholisi bo‘yicha, aholining ayrimguruhlari(ishchi, xizmatchi, dehqon va shu kabi) bo‘yicha hududlar, hamda tarmoqlar bo‘yichaaniqlashlozim bo‘ladi. Aholining turmush darajasini ifodalovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlargaprofessorYo.Abdullayev quyidagilarni kiritgan: -jon boshiga to‘g‘ri kelgan sof milliy daromad; -nominal va real daromad indekslari; -turmush qiymati indeksi; -inson barkamolligi indeksi; -qashshoqlik indeksi; -aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi; -yashash minimum va boshqalar
. Shuningdek, rrofessor Yo.Abdullayev oila daromadini 3 guruhga: mehnat bilanolingandaromad, mulkdan kelgan daromad, davlatning birlamchi daromadi kabilarga bo‘ladi. Professor M.K.Pardayev oila daromadlarini 5 guruhga bo‘lishni maqsadga muvofiqdeb,quyidagilarni ko‘rsatadi2
1. Mehnat qilish yo‘li bilan olinadigan daromad;
2. Tadbirkorlik yo‘li bilan olinadigan daromad;
3. Mulkni ishlatish orqali olinadigan daromad;
4. Davlat tomonidan beriladigan daromad;
5. Huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan xayriyalar, sovg‘alar vaboshqamuruvvatlar. Aholi daromadlarining asosiy turlaridan biri mehnat haqqidir. Xodimlar bajarganishlarining miqdori va sifatiga qarab, vaqtbay yoki ishbay shakllarida ish haqqi oladilar.O‘zbekistonda yagona tarif setkasi (YATS) joriy qilingan bo‘lib, budjet qaramog‘idagimuassasalar xodimlari YATS asosida mehnat haqqi oladilar. Nodavlat sektoridafaoliyatyurituvchi xodimlarga mehnat haqqi hisoblashda ham YATSga asoslaniladi, lekinkorxonaning moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lsa, YATSga nisbatan ko‘proq maosh to‘lashi hammumkin.YATSda barcha ishlarga haq to‘lash 0 dan 22 razryadgacha bo‘lingan bo‘lib, har bir razryadgategishli ta’rif koeffitsiyenti belgilangan. Vaqtbay shaklida oylik maosh oladigan xodimlargaishhaqqi razryadiga to‘g‘ri keladigan ta’rif koeffitsiyentni amaldagi minimal ish haqqi miqdorigako‘paytirib topiladi. Minimal ish haqqi miqdori Respublika Prezidenti farmoni bilanbirnechabor oshirib kelinmoqda. Prezident Sh. Mirziyoyevning “O`zbekiston Respublikasining soliqsiyosatinitakomillashtirish konsepsiyasi to`g`risida”gi 2018 yil 29 iyundagi farmoniga asosansoliqtizimisoddalashtirildi. 2019 yildan boshlab aholi mehnat haqidan ushlanadigan soliq stavkasi 12,0%qilib belgilandi. Soliqdan tashqari ish haqidan Pensiya jamg`armasi uchun 8%majburiysug`urtato`lovi ushlanr edi. Bu majburiy sug`urta to`lovi 2019 yildan bekor qilindi. Shundayqilib,aholining mehnat haqi hajmi oshirilishi bilan bir vaqtda soliq ushlanmasi hamkamayib, mehnathaqi bo`yicha oladigan daromadi ham ko`paymoqda. Aholi xarajatlari ham turli xil bo‘ladi. Ularning eng asosiylari iste’mol tovarlari sotibolish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, turli xil xizmatlar uchun to‘lovlar, majburiyvaixtiyoriyto‘lovlar, uy joylarni sotib olish va saqlash xarajatlari. Aholining daromadlari vaxarajatlariasosan turli oilalarning budjetini maxsus tanlama kuzatish natijasida olinadi. Mintaqalar bo‘yichaaholining pul daromadlari va xarajatlari balansi tuziladi. Aholining xizmatlar uchunto‘lovlarigatransport, gaz, svet, suv va boshqa kommunal-maishiy xizmatlariga to‘lanadigan to‘lovlar kiradi.Bunday xarajatlar is’temol tovarlari uchun qilinadigan xarajatlaridan keyin ikkinchi o‘rindaturadi. Majburiy to‘lovlariga aholi to‘laydigan turli xil soliqlar, ixtiyoriy to‘lovlargasug‘urtavaboshqa to‘lovlar kiradi. Aholining uy-joy sotib olish va ularni saqlash xarajatlari har bir kishigato‘g‘ri keladigan, uy joy har bir oilaga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni metr kvadrat bilanhisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda Respublika aholisiningo‘rtacha xarajatlari 47,0%oziq-ovqat mahsulotlariga, 32,0 % esa nooziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Iste’mol ham iqtisodiy ham ijtimoiy ko‘rsatkichdir. Iqtisodiy ko‘rsatkichdeyishimizgaasos, iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi bo‘g‘inidir. Iste’mol bir tomondanishlabchiqarish va taqsimlash, ikkinchi tomondan aholi daromadiga bog‘liqdir. Iste’mol ko‘rsatkichini,ijtimoiy deyishimizga asos iste’mol hayotni takrorlanishi uchun eng zaruriy shartdir. Jamiyata’zolarining moddiy va ma’naviy ihtiyoji iste’mol natijasida qondiriladi. Milliydaromadiste’mol va jamg‘arishga sarflanadi. Milliy daromadning iste’mol qismi: uyxo‘jaligining(aholining) pirovard iste’moli; davlat muassasalarining pirovard iste’moli (ma’orif, madaniyat,sog’liqni saqlash internat) va uy xo‘jaligiga xizmat qiluvchi tashkilotlariningpirovardiste’molidan tashkil topadi. (Kasaba uyushma, diniy tashkilotlar, siyosiy partiya turli fondlarningaholiga xarajatlari). Uy xo‘jaligining pirovard iste’moliga tovarlar sotib olish va xizmatlar haqqini to‘lashuchun ketgan xarajatlar: oziq-ovqat, kiyim-kechak sotib olish; uy-joykommunal xizmatlarhaqqini to‘lash; transport, kino-teatr, aloqa xizmatlari haqqi; majburiy va ko‘ngilli to‘lovlar:soliqlar, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga, kasaba uyushma badali: tibbiy xizmatlar kiradi. Aholiiste’moliga natura shaklida berilgan iste’mol mahsulotlari, o‘z tomarqa xo‘jaligidaetishtirib,iste’mol qilingan mahsulotlar ham kiritiladi. Uy xo‘jaligi xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uch xil manbalar orqali olinadi. 1. Maxsus oila budjetini tanlab kuzatish natijasida. 2. Aholining daromadlari va xarajatlari balansini tuzish orqali. 3. Maxsus hisob-kitoblar bo‘yicha. Maxsus tanlab kuzatish yo‘li bilan va sotilgan mahsulotlar hajmi asosida asosiyoziq-ovqat mahsulotlarining aholi tomonidan iste’mol miqdorini aholining o‘rtacha sonigabo‘lib, jonboshiga to‘g‘ri kelgan iste’mol miqdori aniqlanadi. Maxsus ilmiy muassasalar tomonidanaholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini bir yilda iste’mol qilish miqdoriningfiziologikme’yorlari hisoblangan. Aholining haqqiqiy iste’moli bu me’yorlar bilan taqqoslanibo‘rganiladi.Inson eng avvalo, oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilib, o‘zining fiziologik ehtiyojini qondiradi. Inson ehtiyojlarini turli toifaga mansub minglab aholi orqali o‘rgangan olimMaslouinsonningbirinchi navbatda qorni to‘q bo‘lishi lozim, degan xulosa kelgan. Olimlar insonlarningo‘zkuchlarini tiklashi uchun barcha zarur bo‘lgan elementlarini yetarli darajada ta’minlaydiganoziq-ovqat tovarlari iste’molining meyorlarini hisoblab chiqqan. Statistik ma’lumotlargaqaraganda, respublika aholisi non va non mahsulotlarini, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlarnibelgilangan me’yorlardan ko‘p iste’mol qilar ekan, lekin ular iste’molini dinamiko‘rganishkamayish tendensiyasini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ham. Shu bilan bir vaqtda aholi sut vasutmahsulotlarini, tuxumni, mevalarni, ayniqsa baliq va baliq mahsulotlarini belgilanganme’yorlardan ancha kam iste’mol qilar ekan. Aholining oziq-ovqat mahsulotlari iste’molini statistik o‘rganish, shundaymahsulotlarning Respublikada ishlab chiqarish miqdorining o‘zgarishi bilan birgalikdaolibboriladi. Ma’lumki, hukumatimizning aholini non va non mahsulotlari bilan mustaqil ta’minlashmaqsadida qilayotgan harakatlari natijasida (ekiladigan yer maydonini ko‘paytirish, navlariniyaxshilash bilan hosildorlikni va sifatni oshirish) bug‘doy yetishtirish ko‘paymoqda. Aholidaromadlari ko‘paygan sari sifatli va qimmatliroq oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilaboshlaydi.O'zbekiston aholi soni 1991-2017 yillarda 56,0 %ga ko‘payib, hozir 33 millionkishigayetibqoldi, lekin aholi soniga nisbatan aholi daromadlari yuqori sur’atlar bilan ko‘payganligi sababli,ularning go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut mahsulotlari, mevalar iste’moliga qilganxarajatlariko‘payib bormoqda. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligiga katta e’tibor berilib fermerlikfaoliyatinirivojlantirish uchun davlat tomonidan katta imtiyozlar berildi. Fermer xo‘jaliklarigayermaydonlari 50 yil muddatga ijaraga berildi. Ular yangi texnika va texnologiyalarbilanta’minlash uchun banklardan imtiyozli kreditlar berish va lizing yo‘lga qo‘yildi. G‘allamaydonlari kengaytirildi. Yerlarning melirativ holatini yaxshilash ularning unumdorliginioshirish bo‘yicha budjetdan mablag‘lar ajratildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarningyangitezpishar, hosildor navlari yaratildi. Natijada qishloq xo‘jalik mahsulotlarni yetishtirishko‘paydi.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish barcha turlari bo‘yicha kamida 2barobardanko`proq ko‘paygan. Ayniqsa don ekin maydonning ko‘payishi va hosildorliginingortishinatijasida don mahsulotlari yetishtirish 2016 – yilda 1990 yilga nisbatan 4 barobargako‘paygan.Shuningdek, ushbu davrda kartoshka yetishtirish 8,5 barobarga, meva va sabzavot yetishtirish4,0 barobardan ko‘proqga, tuxum tayyorlash 5,0 barobarga, go‘sht va sut tayyorlashesaqariyib2barobarga ko‘paygan. 2016 yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan yuqori hosil olinganbo‘lib,8million 261 ming tonna g‘alla, 3 million tonnaga yaqin kartoshka, 131 million tonnadanortiqsabzavot va poliz mahsulotlari tayyorlangan. Aholining oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli bilanbir vaqtda, nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli ham o‘rganiladi. Ayniqsa, bundaaholiningmadaniy – maishiy ehtiyojini qondiradigan tovarlar miqdori ko‘payib borsa, turmushtarziningyaxshilanib borayotganligini bildiradi. Shuning uchun har bir oilaga yoki 1000 kishi hisobigato‘g‘ri keladigan televizorlar, muzlatkichlar, yengil mashinalar, kir yuvush mashinalari kabitovarlarning to‘g‘ri kelishi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning o‘zgarishi aholining turmush darajasini ifodalaydi. Shuni alohidata’kidlash lozimki, mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama,faqat paxta xom ashyosini qisman qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, xalq ehtiyoji uchuntayyor mahsulotlarning ko‘p qismi chetdan keltirilar edi. O‘sha davrda O‘zbekistondaiste’molqilinayotgan kiyim – kechaklarning 25 % , trikotaj buyumlari va ip gazlamaning30%danko‘prog‘i, poyafzalning deyarli 50 % chetdan keltirilar edi .1 Shuning uchun ham Hukumatimizo‘z faoliyati boshidanoq respublikamizning xalq iste’moli mollari jihatidan bundayqaramliginitugatish uchun sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratdi. Natijada O‘zbekistonmustaqillikyillarida ( 1990-2016 yillar ) yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4,6 martako‘paydi.Hozirgi paytda to‘qimachilik sanoati korxonalari soni 2200 tadan ko‘proq bo‘lib, ular zamonaviyjihozlar bilan jihozlangan. O‘zbekiston sanoati mustaqillik yillarida mutlaqo yangi mahsulotlarishlab chiqarishni o‘zlashtirdi.. Shu bilan bir vaqtda aholi daromadlarining oshib borishi ularning uzoq muddat ishlatiladigan madaniy – maishiy tovarlarni ko‘proq harid qilishida namoyon bo‘lmoqda.


Xulosa
Hulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, O‘zbekistonda aholi daromadlariningoshibborishi natijasida uning harajatlari turlari xam ko‘payib borishitendensiyasikuzatilmoqda. Bu esa mamlakat iqtisodchi olimlari aholi turmushdarajasinibelgilabberuvchi asosiy ko‘rsatkichlarni tasniflash va ularni takomillashtirishga qaratishlarikerakligini taqozo etadi.
Mol-mulkdan olingan tushumlar kam bo'lsa-da, aholining tijorat banklariga bo'lgan ishonchining ortishi, innovatsion ishlanmalarning rivojlanishi, qolaversa, aktsiyadorlik korxonalari daromadlarining ortishi, uy-joy va boshqa ko'chmas mulk ob'ektlarini ijaraga berish va shu kabi bozor mexanizmlarining takomillashuvi tufayli aholining qo'liga kelib tushayotgan foizlar, dividendlar, mualliflik haqlari va shu kabi mulkiy daromadlar ham yil sayin ortib borayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, 2010 yilda aholi umumiy daromadlari tarkibida mulkiy tushumlarning ulushi 2,3 foizga teng bo'lsa, 2020 yilda ushbu ko'rsatkich 0,7 foizga ko'paygan.
Mol-mulkdan olingan tushumlar kam bo'lsa-da, aholining tijorat banklariga bo'lgan ishonchining ortishi, innovatsion ishlanmalarning rivojlanishi, qolaversa, aktsiyadorlik korxonalari daromadlarining ortishi, uy-joy va boshqa ko'chmas mulk ob'ektlarini ijaraga berish va shu kabi bozor mexanizmlarining takomillashuvi tufayli aholining qo'liga kelib tushayotgan foizlar, dividendlar, mualliflik haqlari va shu kabi mulkiy daromadlar ham yil sayin ortib borayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, 2010 yilda aholi umumiy daromadlari tarkibida mulkiy tushumlarning ulushi 2,3 foizga teng bo'lsa, 2020 yilda ushbu ko'rsatkich 0,7 foizga ko'paygan.
Aholi jon boshiga daromadlari aholining jami umumiy daromadlarini doimiy aholining o'rtacha yillik soniga bo'lish orqali hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T.: «Mehnat», 1998y.
2. Pardayev M.K., Shodiyeva G.M. Oila xo‘jaligi iqtisodiyoti va tadbirkorligi. SamarqandSamKI. 2001, 25 bet.
3.To‘xliyev N. va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: O‘zbekiston ensiklopediyasi.2006 y. 269 bet.
4. Sherstneva G.S. Sotsialnaya statistika: konspekt leksiy. M.: EKSMO, 2009. – S. 39-40



1 http://www.review.uz/index.php/infographics

2 Иқтисодий тадқиқотлар ва БМТТД ҳисоб-китоблари, www.cer.uz

Yüklə 250,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin