O‘zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti sirtqi ta’lim Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 5-kurs sirtqi ta’lim (tafsiy) talabasining Makroiqtisodiy tahlil fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Ijtimoiy jarayonlar va aholi turmush darajasining o‘sishini prognozlash
IJTIMOIY JARAYONLAR VA AHOLI TURMUSH DARAJASINING O‘SISHINI PROGNOZLASH Reja: Kirish
1.Ijtimoiy jarayonlarning xususiyatlari va ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar.
2.Ijtimoiy sohalarni prognozlash usullari va modellari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Aholi turmush dinamikasini baholovchi ko‘rsatkichlar, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish dinamikasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Har bir mamlakat qanday siyosiy va ijtimoiy harakatlarni amaliyotga joriy etishidan qat'iy nazar ularning yakuniy maqsadi xalq manfaatlari, aholi turmush darajasini yaxshilash, yetakchi mamlakatlar safidan joy olishga qaratiladi.
"Turmush darajasi" tushunchasi va ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimini rivojlantirishda Birlashgan millatlar tashkiloti sezilarli hissa qo'shdi. 1960 yilda BMTning ishchi guruhi global miqyosda turmush darajasini aniqlash va o'lchash tamoyillari hakida hisobot tayyorladi. Bu keng qamrovli tizimni yaratish yo'lidagi dastlabki qadam edi. BMTning xalqaro statistika sohasidagi turmush darajasi ko'rsatkichlarining oxirgi versiyasi 1978-yilda ishlab chiqilgan va 12 ta asosiy yo'nalishni qamrab olgan.
Bugungi kunda ham mazkur xalqaro tashkilot tomonidan dunyo aholisi turmush darajasini oshirish va kambag'allikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko'maklashish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, BMTning Bosh assambleyasida 2000 yilda qabul qilingan “Ming yillik rivojalanish dasturi” hamda 2015 yilda tasdiqlangan “2030 yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi” bevosita dunyo mamlakatlari aholisini iqtisodiy-ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya buzilishining oldini olgan holda, aholining salomatligini asrashga qaratilgan muhim tadbirlar sirasiga kiradi.
“Turmush darajasi” atamasining ta'rifi va guruhlari
O'zbekistonda aholining moddiy, ma'naviy hamda ijtimoiy ehtiyojlari ko'rsatkichlarini ifodalaydigan “turmush darajasi” atamasi kengroq qo'llaniladi. Unga to'liq ilmiy ta'rif beradigan bo'lsak, bu jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
1.Ijtimoiy jarayonlarning xususiyatlari va ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar.
Asosiy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajalari aholining turmush darajasi orqali ifodalanadi, bu tushuncha o‘zida kishining ham moddiy, ham manaviy jihatdan qoniqishi tushuniladi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning asosiy ajralmas qismi bu istemol hajmi harakatini baholash va ilmiy texnik taraqqiyotining o‘rnini aniqlashdir.
I stemolning o‘sishini tahlil qilish aholi turmush darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aholi istemoli tarkibidan kelib chiqib, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, omillar va istemolning o‘zaro ta’siri sabab-oqibatlarini aniqlash, hozirgacha bo‘lgan davr mobaynida istemol tarkibining o‘zgarishi sabablarini tahlil qilish, prognoz qilinadigan asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda mamlakatning ijtimoiy rivojlanishi va aholi turmush darajasida katta o‘rin egallaydi. Qiziqarli ma’lumotlar1 Bu sohani prognozlashtirishning asosiy vazifasi avvalo kelajakda aholi istemolini aniqlash va ularni qondirish imkoniyatlarini izlashdan iborat. Masalan: yuqori sifatli va turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, xizmatlar, uy-joylar va boshqalar. Qulay sharoitda inson har tomonlama rivojlanar ekan, unga nafaqat moddiy balki manaviy talab ham oshib boradi. Inson rivojlanishi bilan o‘z yaxshi ish sharoitini tashkil etishga, tibbiy xizmatlarni va dam olish sharoitlarini yaxshilashga harakat kiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi istemolining o‘sishini prognozlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu bilan kelajakdagi istemol hajmining rivojlanish tendensiyasini bilish mumkin.
Ma'lumki, aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar va iste'mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida u ancha kengroq tushuncha hisoblanadi. Lekin hozircha bu boradagi kontseptsiyalarni aholining turmush darajasi sifatini har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko'rsatkichga keltirish bo'yicha samarali usul mavjud emas.
Birlashgan millatlar tashkilotining tavsiyasiga ko'ra, tug'ilish, o'lim, umr ko'rish davomiyligi, sanitar-gigiyenik sharoitlarning mavjudligi, oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol darajasi, uy-joy, ta'lim olish va madaniy imkoniyatlar, ish sharoitlari va bandlik darajasi, daromadlar va xarajatlar muvozanati, iste'mol narxlari, transport vositalari bilan ta'minlanganligi, dam olish va hordiq chiqarish, ijtimoiy ta'minot, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanganligi kabi yo'nalishlar turmush darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar tarkibiga kiradi.
Biroq, bu ko'rsatkichlarning hammasini ham qiymat ko'rinishida baholash imkoni bo'lmaganligi sababli, ushbu parametrlardan bir nechtasini qamrab olgan holda, turmush darajasi baholanadi. Ulardan, eng asosiysi, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar hajmi bo'lib, mazkur ko'rsatkich mamlakat aholisi turmush darajasini baholash bilan birga, xalqaro taqqoslamalarda ham foydalanish imkonini beradi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, aholi turmush darajasining yaxshilanishi, bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari samaradorligining ko'lami, ilmiy-texnik taraqqiyot, aholining madaniy-ma'rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, albatta hukumat tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar hamda amaliy harakatlar natijasiga bog'liq bo'ladi.