– 5.1-jadvalda manbaning, tarmoqning, yuklanishning kuchlanish va uning quvvatininig nominal ko‘rsakichlari bo‘yicha transformator va chizmasi 5.1-rasmda keltirilgan oddiy tizim elektr uzatish tarmog‘i turini tanlash

Izoh. Mazkur chizma tizim uchun elektr energiya manbasi magistral tarmoq hisoblanadi degan farazdan kelib chiqqan holda tuzilgan.
5.1-rasm. Oddiy elektr tizimining prinsipial chizmasi
– elektr zanjirni hisoblash bo‘yicha an’anaviy usullardan foydalangan holda tarmoqning qisqa tutashuv tokini hisoblash. Qisqa tutashuv joyi chizmada ko‘rsatilgan.
– oldingi hisoblarning natijalaridan foydalangan holda tarmoqning zarbali tokini hisoblash.
– tizim elementlarining pasport ko‘rsatkichlari va oldingi hisoblari asosida modellashtirish paytida foydalanish uchun elementlar o‘lchamini hisoblab chiqish. SHunga e’tibor berish kerakki, modelda elementlar o‘lchamlari mutlaq va nisbiy birliklarda foydalaniladi. O‘lchamlarni hisoblash uslubiyoti darsliklarda va “MatLAB muhitning energiya tizimi elementlarining ma’lumotnomasi” nomli uslubiy qo‘llanmada keltirilgan. 5.2-rasmda elektr energiyani uzatishning oddiy tizimi modeli keltirilgan. Yuklanishning qarshilik kuchini faol deb hisoblash.

Sinov ma’lumotlarini qayta ishlash quyidagi harakatlarni nazarda tutadi:
1. Elektr energiyani uzatish tizimi elementlarining faol qarshilik kuchining tizimdagi o‘tish jarayoni tavsifiga ta’sirini tadqiq etish:
– elektr energiyani uzatishning oddiy tizimi modelining faylni ochish.
– Model elementlari o‘lchamlarining darchalarini ketma-ket ochib turib, dastlabki hisob-kitoblar natijasida olingan raqamli ma’lumotlarni kiritish. UA kuchlanishning boshlang‘ich fazani 600 teng qilib o‘rnatish.
– o’chirgich o‘lchamlarini to‘ldirish paytida uni “ochilgan” boshlang‘ich holatiga o‘rnatish. Uchirgichning ishga tushirish vaqtini 0,2 soniyaga teng qilib o‘rnatish. Simulyasiya davomiyligini 3 soniya qilib o‘rnatish.
– modellashtirishni yurg‘izish va uni yakunlanguniga qadar kutish.
– ossillograflar yordamida tokning bir zumdagi ko‘rsatkichlari va kuchlanishning vaqt makonda o‘zgarish qonuniyatlarini nazorat qilib turish.
– ossillograf yordamida hosil bo‘lgan egri chiziqlarni keyinchalik tahlil qilish va hisobotni tayyorlash maqsadida saqlab qolish. Alohida fayl bilan tarmoq tokining o‘zgarish ossillogrammasini eslab qolish.

– tarmoq tokining ossillogrammasi bo‘yicha tizimdagi o‘tish jarayonining davomiyligini aniqlash.
– tizim elementlar o‘lchamlarining darchalarini ochganda, tarmoq va transformatorning faol qarshilik kuchini ikki barobarga kamaytirish. Model simulyasiyasini yurg‘izish va tarmoq tokining ossilogrammasi bo‘yicha o‘tish jarayonning davomiyligini aniqlash.
2. Tizimda qisqa tutashuv paytida tarmoqning zarbali tokini aniqlash:
2. Tizimda qisqa tutashuv paytida tarmoqning zarbali tokini aniqlash:
– qarshilik kuchining boshlang‘ich o‘lchamlarini qayta tiklash. O‘chirgichning ishga tushurish paytini tekshirish. U 0,2 soniyaga teng bo‘lishi lozim.
– model simulyasiyasini yurg‘izish va tarmoq tokining ossillogrammasi bo‘yicha bevosita rejimning buzilishi paytidan keyin ro‘y bergan tarmoq tokining maksimal miqdorini aniqlash. Olingan natijalarni jadvalga kiriting.