5-LABORATORIYA ISHI ELEKTR ENERGIYANI UZATISHNING ODDIY TIZIMI O‘LCHAMLARINING TARMOQDAGI ZARBALI TOKGA TA’SIRINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: MatLAB muhitda modellashtirish yo‘li bilan elektr tizimi elementlari o‘lchamlarining tarmoqdagi zarbali tok miqdoriga ta’sir qilish darajasini tadqiq etish.
Ishning maqsadi:MatLAB muhitda modellashtirish yo‘li bilan elektr tizimi elementlari o‘lchamlarining tarmoqdagi zarbali tok miqdoriga ta’sir qilish darajasini tadqiq etish.
5.1 Ishchi topshiriq 5.1.1 Laboratoriya ishiga tayyorgarlik ko‘rish
Laboratoriya ishiga tayyorgarlik ko‘rish quyidagilarni nazarda tutadi:
– fanni o‘rganish uchun tavsiya etilgan darsliklar, matn materiallari va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda elektr energiya uzatish tizimlarida qisqa tutashuv toklarini hisoblashning nazariy asoslarini o‘rganish.