5.Laboratoriya ishi Mavzu: Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar.
Ishdan maqsad: Berilgan predmet sohasi uchun SQL tilida jadvallardagi ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar bajarish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalani qo`yilishi: Berilgan predmet soha ma`lumotlar bazasidagi barcha jadvallardagi ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar bajarish.
Uslubiy ko`rsatmalar: SELECT buyrug'i ma'lumotlar bazasi jadvalining bir yoki bir nechta ma'lumotlarini o'qishga imkon beradi.
MySQL SELECT operatorida quyidagi sintaksis mavjud:
SELECT ustun(lar)_nomi FROM jadval_nomi;
Endi ushbu so'rovning har bir tarkibiy qismini tahlil qilaylik.
Avval SELECT kalit so'z ishlatiladi. Bu kalit so'z deb nomlanadi, chunki u MySQL-da alohida ma'noga ega. Bunday holda SELECT MySQL buyrug'ini bazadan ba'zi ma'lumotlarni olish uchun beradi. "select" so'zi ingliz tilidan olingan va "tanlash" deb tarjima qilininadi.
Keyingi probel (buyruqlarni ajratish uchun) va keyin siz tanlamoqchi bo'lgan ustunlar yoki ifodalar ro'yxati keladi.
Keyin yana bir FROM kalit so'zi, probel va biz ma'lumotni tanlamoqchi bo'lgan jadvalning nomi keladi.
Ifoda oxirida nuqta-vergul (;) qo’yiladi. Bu buyruqning tugashini bildiruvchi belgi hisoblanadi.
MySQL-da SELECT operatorini ifodalashga oid misollar. Misol №1 Aytaylik, sizda “jadval_nomi” deb nomlangan jadval mavjud bo'lib, unda ma'lumotlar bilan bir nechta ustunlar mavjud:
Keling, ushbu jadvaldan ma'lumot olishning ba'zi misollarini ko'rib chiqaylik.
SELECT ustun_nomi_1 FROM jadval_nomi;
Ushbu so'rov natijasi sifatida “jadval_nomi” deb nomlangan bitta ustundan (ustun_nomi_1) iborat natijalarni ko'rasiz.
Masalan Dekanat MBdagi fanlar jadvalidagi faqat fanlarning nomini ko’rish uchun quyidagi buyruqni yozamiz:
mysql> select fan_nomi from fanlar;
+------------------------------------------+
| fan_nomi |
+------------------------------------------+
| Sxemalar va elektronika |
| Algoritmlarni loyihalash |
| Kompyuterni tashkillash |
| Kiber-huquq va kiber-etika |
| Kriptografiya |
| Kiberxavfsizlik asoslari |
| Ma`lumotlar tuzilmasi va asoslari |
| Ma`lumotlar bazasi |
| Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish |
| O`rnatilgan tizimlar |
| Xorijiy til |
| Inson-mashina o`zaro tasiri |
| Dasturiy injiniringga kirish |
| AX xavflarni boshqarishga kirish |
| Mobil ilovalarni yaratish |
| Boshqaruv tamoyillari |
| Multimediya aloqa tarmoqlari |
| Matematika |
| Sonli usullar va chiziqli dasturlash |
| Kompyuter tarmoqlari |
| Tarmoq xavfsizligi |
| Optik aloqa tizimlari |
| Jismoniy tarbiya |
| Fizika |
| Kiberxafvsizlik siyosati |
| Ta`lim nazariyasi |
| Ta`lim psixologiyasi |
| Ta`limda raqamli texnologiyalar |
| O`quv reja, baho va baholash |
| Ijodiy ta`lim |
| Ilmiy ta`lim |
| Operatsion tizimlari |
| Kompyuter arxitekturasi |
| Tizimli signallarni qayta ishlash |
| Dasturlash |
| DT tizimini loyihalash |
| DT arxitekturasi |
| DT sifatini ta`minlash |
| DT qurilmasi va evolyutsiyasi |
| IT/Mutaxassislik tanlov fani |
| Rus tili |
| Web dasturlashga kirish |
| Simsiz tarmoqlar |
+------------------------------------------+
43 rows in set (0.00 sec)