3.1. RKZ rele konstruksiyasini o‘rganish.
3.2. RKZ relesini stendga ulash.
3.3. Blok PG orqali 50 V kuchlanishni voltmetr ko‘rsatkichida tutqich yordamida o‘rnating.
3.4. «50V», «0» teshiklarini sxemaga o‘qituvchi nazorati ostida ulang.
3.5. Tumblerni yoqib, sekundomer yordamida releni ulanishi va uzilishi vaqtlarini o‘lchang.
3.6. Releni sozlash. Releni sozlashda quyidagilarga e’tibor bering: ushlab qoluvchi g‘altak toki 0,168 A da RZ – 1 relesi (0,2 Ada RZ – 303 relesi) ishlashi (yoqilishi) kerak. Pog‘ona-pog‘ona yoqish chulg‘ami tokini 0,228 A gacha (0,22 A RZ – 182 relesi uchun va 0,14 – 0,18 RZ-303 relesi uchun) shovqin ovoz chiqquncha olinadi.
Yoquvchi g‘altak toki 0,14 – 0,18 A RZ-303 relesi uchun (ovozsiz holatda) yoqiq qoladi va ushlab turuvchi toki 0,168 A dan oshmagan holda, pog‘ona-pog‘ona yoqish chulg‘ami tokini (0,28 A RZ-182 relesi uchun va 0,2 A RZ-303 relesi uchun) qiymatga ega.
5.2-rasm. RKZ turidagi yerni nazorat qilish relesi. Kuchlanishni o‘zgarishini sozlash uchun, yoqib-ulovchi prujina 5 ni asta-sekin yumshatib sozlash orqali amalga oshiriladi (5.2-rasm). Kontakt yo‘qolishi (провал) va qorishma (раствор)si qo‘zg‘almas kontakt holatini o‘zgartirish orqali bajariladi va undan so‘ng relega plomba qo‘yiladi.
3.7. Natijalarni 5.1-jadvalga kiriting.