5-ma’ruza. Asinxron motor. Sinxron generatorlar


Sinxron mashinalarning tuzilishi va turlari



Yüklə 358,39 Kb.
səhifə2/3
tarix08.04.2023
ölçüsü358,39 Kb.
#94859
1   2   3
5-ma\'ruza

Sinxron mashinalarning tuzilishi va turlari.
Sinxron mashinalarning statori (qo‘g‘almas qismi) va rotori (aylanuvchi qismi) asosiy qismi hisoblanadi.
Sinxron mashina statorining tuzilishi asinxron mashina statorining tuzilishiga o‘xshash.Stator—mashinaning korpusi, asosi (stanini) va korpus ichidagi temir o‘zak, uning pazlarida joylashgan yakor chulg‘amlaridan iborat bo‘ladi. Statorning temir o‘zagi qalinligi 0,35-0,5mm (katta quvvatli mashinalarda 1-1,5mm) bo‘lgan (maxsus po‘latdan tayyorlangan) ayrim plastinkalardan yig‘iladi. Stator chulg‘ami mis simdan o‘raladi. Odatda stator chulg‘amlari bir necha bo‘lakdan iborat bo‘ladi. Sinxron mashinaning stator chulg‘amlari ko‘pincha yulduz usulida ulanadi. Stator chulg‘amining uchlari asinxron motor statorning chulg‘ami uchlari kabi bosh uchlari AVS, oxirgi uchlari XYZ xarflari bilan belgilanadi. Sinxron mashinalar rotoroning tuzilishiga qarab ikki xil bo‘ladi.
A) magnit qutblari yaqqol ko‘rinib turadigan , ya’ni ayon qutbli rotor;
V) magnit qutblari ko‘rinmaydigan , ya’ni ayonmas qutbli rotor.
A yon qutbli rotor, asosan val va unga kiydirilgan rotor gardishi va shu 1-rasm— Ayon qutbli rotor. 1-val; 2-gardish yulduzi; 3-rotor gardishi;
4- magnit qutbli va qo‘zg‘atish chulg‘ami

gardishiga maxkamlangan magnit qutblardan tizilgan. Magnit qutblari yoki qutb temir o‘zagi maxsus po‘latdan tayyorlangan ayrim plastinkalardan yig‘iladi. (rasm ) . Rotorning magnit qutblariga chulg‘am o‘raladi. Ayrim qutblarga o‘ralgan chulg‘amlar o‘zaro ketma-ket ulanadi.Bu chulg‘am rotor chulg‘ami yoki generatorning qo‘zg‘atish chulg‘ami deyiladi. Magnit qutblariga o‘ralgan chulg‘am sinxron generatorning asosiy magnit maydonini hosil qiladi.Rotor chulg‘amining ikki uchi mashinaning valiga maxkamlangan ikkiti mis yoki jez halqaga ulanadi. Halqalar o‘zaro va valdan yaxshi izolatsiyalanadi, halqalarda cho‘tkalar sirpanadi va cho‘tkalar mashinaning klemmalariga ulangan. Mashinaning asosiy magnit maydoni hosil qiladigan rotor chulg‘ami o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. Ayon qutbli rotorning umumiy ko‘rinishi berilgan. Ayonmas qutbli rotor valdan va valga kiydirilgan maxsus po‘latdan yasalgan silindrik (yaxlit yoki yig‘ma) rotor tanasida iborat bo‘ladi. YAxlit rotor tanasidan rotor chulg‘ami joylashadigan pazlar bo‘ladi. Pazlar rotor tanasining 2/3 qismidagina hosil qilinadi. Rotor chulg‘ami izolsiyalangan mis simdan o‘raladi. chulg‘am uchlari halqa va cho‘tkalar orqali mashinaning klemmalar qutisiga chiqariladi. Bu chulg‘am o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi.
Sinxron mashinalarda yuqorida qayd qilingan asosiy qismlardan tashqari podshipniklar o‘rnatilgan qopqoqlar, cho‘tka qurilmasi va o‘rtacha quvvatli mashinalarda rotor valiga o‘rnatilgan ventelyator kabi qo‘shimcha qismlar bo‘ladi. Odatda, o‘zgaruvchan tok mashinari o‘zgarmas tok mashilarariga qaraganda, ancha sodda bo‘ladi, chunki ularda kollektor bo‘lmaydi. Mashinaning kolektori bo‘lmasligi yakor chulg‘amini mashinaning qo‘zg‘almas qismiga o‘rnatishga imkon beradi.
Demak, sinxron mashinaning asosiy magnit maydoni uning rotor chulg‘amidan o‘zgarmas tok o‘tganda hosil bo‘ladi. Umuman elektr mashinalarda asosiy magnit maydonini hosil qiladigan qismini induktor deyiladi. O‘zgaruvchan e.yu.k. hosil qiladigan chulg‘amli qismi yakorg‘ deyiladi.



Yüklə 358,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin