5-MA’RUZA: Bolalar psixologik-pedagogik o‘rganishning mazmuni va usullari
REJA:
1.1 Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlar haqida zamonaviy tasavvurlar
1.2 Bolalarning rivojlanishidag/i nuqsonlarini psixologik-pedagogik tashxis qilishning metodologik tamoyillari.
1.3 Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni psixologo-pedagogik tashxis qilish vazifalari
Tayanch iboralar: skrining tashxis, rivojlanishdagi nuqsonlarni differensial tashxis qilish, fenomenologik, kompleks o‘rganish, erta tashxis.
1.1. Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlar haqida zamonaviy tasavvurlar
Zamonaviy maxsus psixologiya psixikani kelib chiqishining ijtimoiy tarixiy tomniga asoslanadi. Uning rivojlanishiga bola psixikasini madaniy-tarixiy tajribaga tayanib hayot davomida shakllanishi haqidagi rus psixologi L.S.Vigotskiy fikrlari katta ta’sir ko‘rsatgan.
L.S.Vigotskiyning ko‘rsatishicha oliy psixik funksiyalar tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib murakkab tuzilishga ega. Ushbu xususiyat ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, u insondagi faqatgaina oliy psixiy funksiyalarnigina emas, balki elementar psixik jarayonlarni, ya’ni fonematik eshituv, ovozlarni eshituvlarni va xokazolarni o‘z ichiga oladi. Psixik faoliyatning murakkab shakllarini yuzaga kelishiga olib keladigan ijtimoiy tajribani tayyor mazmunni o‘zlashtirib olish jarayoni sifatida qarash mumkin emas. Bola tomonidan ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish bilim, ko‘nikma, madaniy madaniy malakalarni egallab olishdangina iborat bo‘lmay, shuningdek o‘ziga bolaning shaxsi, ehtiyojlari, motivlarini shakllantirishni kiritadigan chuqur, murakkab jarayondir. Ijtimoiy tajribani egallash bolaning faol faoliyatida, ya’ni– predmetli, o‘quv, muloqot va o‘yin jarayonlarida amalga oshiriladi. Ilk rivojlanish davrilaridayoq bolalarni kattalar bilan o‘zaro muloqatga kirishishida oliy psixik funksiyalarining shakllanishi muhim o‘rin egallaydi. Psixik funksiyalarning rivojanishi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, va shundan keyingina ular murakkab psixik jarayonga aylanadi. Psixik faoliyatning barcha murakkab shakllari (ixtiyoriy diqqat, mantiqiy xotira, mavxum tafakkur va h.q.) bilvosita tuzilishga ega bo‘lib, unda nutq bosh rolda keladi. Predmet va xodisalar mavjud emas vaqtda ham ularni o‘rnini so‘z egallaydi va har qanday psixologik jaryonni kechishini ifodalab, uning tuzilishini bir qismi bo‘lib qoladi. Nutq oliy psixik funksiyalarning tuzilishi va amalga oshirishini yangi, yana ham yuqori darajaga ko‘taradi. Oliy psixik funksiyalarni shakllanishing muhim tomoni - simvolik (ramziy) ramziy faoliyatning tashkil topishi, so‘z belgilarni egallashdir. Dastavval belgi tashqi, yordamchi omil sifatida qatnashadi. L.S.Vigotskiy ta’qidlashicha, har bir psixik funksiya o‘z rivojlanishida ikki bosqichni bosib o‘tadi: birinchi “interpsixologik” bosqichda, funksiya insonlar o‘rtasida munosabat o‘rnatuvchi, ikkinchi bosqichda-ichki, intrapsixologik, jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Oliy psixik funksiyalar yillar davomida shakllanadi. U nutqiy muloqot bilan tug‘ilib, faoliyatning to‘liq ramzi (simvolik faoliyat) bilan tugallanadi. Bolaning psixik rivojlanishi va shaxsini shakllanishi ta’lim va tarbiya jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Shunday qilib, oliy psixik funksiyalar psixologiyada murakkab jarayon sifatida ko‘riladi. Oliy psixik funksiyalarni shakllanishida nutq hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Psixofiziologik mexanizmlarni tushuntirish uchun P.K.Anoxinning funksional tizimlar haqidagi konsepsiyasi qo‘llaniladi. A.R. Luriyaning ko‘rsatishicha, funksional tizim bolani tug‘ilish davrida tayyor holda bo‘lmasdan, balki uning psixik funksiyalari predmetlar hamda materiallar bilan o‘zaro munosabatga kirishganida shakllanib boradi.
Dostları ilə paylaş: |