3-rasm. Qo`sh spiralning A va B chizmasi
superspiral holatidagi ko`rinishi uning uchlamchi strukturasini yaratadi. DNK ning
superspiralizatsiyasi nihoyatda katta bo`lgan
molekulani kichik hajmdagi
hujayraga joylanishini ta'minlaydi. E coli DNK sining uzunligi 1 mm, hujayrasi esa
5 mkm dan oshmaydi. DNKning superspiralizatsiyasi zanjirning ajralishini,
replikatsiya jarayonining dastlabki bosqichini tezlashtirishda
va transkripsiyani
boshlash uchun zarur omil hisoblanadi (4-rasm).
DNK ning uchlamchi strukturasi xromosomadagi oqsil bilan kompleks holda
shakllanadi.
4-rasm. Qo`sh spiralli DNK shakllari
1-chiziqli struktura; 2-aylana shakldagi DNK;
3-halqali superspiral; 4-ixcham o`ralgan struktura.
Ayrim
viruslar, mitoxondriya, xloroplastlar va boshqa ob'ektlardan
ajratib
olingan tabiiy holdagi DNK aksariyat, qo`sh spiralli
zanjir alohida qismlari
bo`yicha superspiral holda joylashadi.
Xromosomadagi giston xilidagi oqsillar asosli hossaga ega bo`lib, DNK dagi
kislotali guruhlar bilan ion bog`lari va qo`shimcha ta'sirlar yordamida bog`lanib,
xromatinni hosil qiladi.
Xromatin va xromasomada DNK superspirallangan holatida bo`lib, bir
necha
bosqichli superspirallanishni kuzatish mumkin. Birinchi bosqichda
xromatinda DNK o`ta zich, bir-biriga o`ralgan, ixcham shaklda bo`ladi. DNK
molekulasining 200 nukleotid masofasi giston oqsili
bilan qoplangan matinning
birligi-nukleosomani tashkil qiladi. Dezoksiribonukleoproteid tasmasi o`z
navbatida ikkinchi tartibli spiralni hosil qiladi. Ko`rsatilgan birliklar 5, 10, 13 va
50 nm larda qaytariladi. Xromosomadagi gistonlar spiralning ichki qismida
joylashadilar. DNKning superspiral holatidan oddiy holatga va aksincha bo`lishi
topoizomeraza fermentlari ishtirokida sodir bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: