5-ma’ruza. Dnk birlamchi va ikkilamchi strukturalari


DNK ning ikkilamchi strukturasi



Yüklə 42,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü42,2 Kb.
#178066
1   2   3   4
5-maruza. DNK birlamchi va ikkilamchi strukturalari

DNK ning ikkilamchi strukturasi 
DNK ning nukleotid tarkibi to`g`risidagi analitik ma'lumotlar asosida 
Uotson bilan Krik 1953- yilda DNK molekulasining qo`sh spirallarini bir-biriga 
o`ralgan tuzilishi to`g`risidagi g`oyani taklif etdi. Keyinchalik bu nazariya 
eksperimental tasdiqlandi. DNKning ikkilamchi strukturasini muvofiqlashtiradigan 
asosiy omillar quyidagicha: A va T o`rtalaridagi vodorod bog`lari bo`lib, bu 
juftlikda ikkita bo`ladi. G va S juftligida esa vodorod bog`lari uchta. Azot 
asoslarini komplementar (bir-birini to`ldiruvchi) deyiladi. 


Komplementar juft azot asoslari A-T va G-S lar faqat katta-kichik o`lchami 
bir xil bo`lishi bilan birgalikda, ularning shakli ham bir xilda bo`ladi. 
1-rasm. DNK ning komplementar asoslari 
(A-T, G-S asoslar o`rtasidagi vodorod bog`lari) 
Qo`sh spiralli strukturaning o`zagi fosfat va dezoksiriboza guruhidan tashkil 
topgan. U fazoviy o`qqa nisbatan o`ngga buralish xususiyatiga ega. Spiralning 
ichki qismiga azot asoslari u fazoviy o`qqa nisbatan perpendikulyar joylashgan. 
Qo`sh spiraldagi har bir zanjir o`zaro antiparalel, ya'ni uning kimyoviy tuzilishi 
bir-biriga qarama-qarshi holda shakllanadi. Bir zanjirdagi bog` 5
/
-3
/
shaklida 
bo`lsa, ikkinchisida, aksincha 3
/
-5
/
fosfat ko`rinishda (1-rasm) bo`ladi. 
2-rasm. DNK ning modeli va chizmasi 


DNK modeliga asosan uning molekulasi qo`sh spiral hosil qiluvchi ikkita 
polinukleotid zanjirdan tashkil topgan. Har ikkala zanjir bitta umumiy o`qqa ega 
bo`lib, diametri 0,2 nm ga teng. Nukleotidlar qoldig`i bir-biriga nisbatan 36
0

burchak hosil qilib joylashgan. Spiralning bir aylanasi 360
0
C yoki o`rami 10 
nukleotid qoldig`idan tashkil topgan. Spiralning bir o`rami orasidagi masofa 3,4nm 
ga teng bo`lib, har bir nukleotid 0,34 ni egallaydi (2-rasm). 
DNK zanjirlarining pentoza fosfat guruhlari spiralning tashqi tomonida, azot 
asoslari esa ichki tomonida joylashgan. DNK molekulasidagi adenin miqdori har 
doim timin miqdoriga teng va guanin miqdori sitozin miqdoriga teng bo`ladi. 
DNK molekulasining boshqa (A,B,C,Z va boshqa) shakllari ham kashf 
etilgan. 
DNK molekulasining har xil shakllari o`zaro bir-birlariga o`ta oladilar. 
Xromosomadagi genlarning vazifasiga qarab (DNK-replikatsiyasi, transkripsiya va 
boshqa holatlar) DNK molekulasining shakli o`zgarib turadi.

Yüklə 42,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin