Komplementar juft azot asoslari A-T va G-S lar faqat katta-kichik o`lchami
bir xil bo`lishi bilan birgalikda, ularning shakli ham bir xilda bo`ladi.
1-rasm. DNK ning komplementar
asoslari
(A-T, G-S asoslar o`rtasidagi vodorod bog`lari)
Qo`sh spiralli strukturaning o`zagi fosfat va dezoksiriboza guruhidan tashkil
topgan. U fazoviy o`qqa nisbatan o`ngga buralish xususiyatiga ega. Spiralning
ichki qismiga azot asoslari u fazoviy o`qqa nisbatan perpendikulyar joylashgan.
Qo`sh spiraldagi har bir zanjir o`zaro antiparalel, ya'ni
uning kimyoviy tuzilishi
bir-biriga qarama-qarshi holda shakllanadi. Bir zanjirdagi bog` 5
/
-3
/
shaklida
bo`lsa, ikkinchisida, aksincha 3
/
-5
/
fosfat ko`rinishda (1-rasm) bo`ladi.
2-rasm. DNK ning modeli va chizmasi
DNK modeliga asosan uning molekulasi qo`sh spiral
hosil qiluvchi ikkita
polinukleotid zanjirdan tashkil topgan. Har ikkala zanjir bitta umumiy o`qqa ega
bo`lib, diametri 0,2 nm ga teng. Nukleotidlar qoldig`i bir-biriga nisbatan 36
0
C
burchak hosil qilib joylashgan. Spiralning bir aylanasi 360
0
C yoki o`rami 10
nukleotid qoldig`idan tashkil topgan. Spiralning bir o`rami orasidagi masofa 3,4nm
ga teng bo`lib, har bir nukleotid 0,34 ni egallaydi (2-rasm).
DNK zanjirlarining pentoza fosfat guruhlari spiralning tashqi tomonida, azot
asoslari esa ichki tomonida joylashgan. DNK molekulasidagi adenin miqdori har
doim timin miqdoriga teng va guanin miqdori sitozin miqdoriga teng bo`ladi.
DNK molekulasining boshqa (A,B,C,Z va boshqa)
shakllari ham kashf
etilgan.
DNK molekulasining har xil shakllari o`zaro bir-birlariga o`ta oladilar.
Xromosomadagi genlarning vazifasiga qarab (DNK-replikatsiyasi, transkripsiya va
boshqa holatlar) DNK molekulasining shakli o`zgarib turadi.
Dostları ilə paylaş: