5-ma’ruza: Idrok va Xayol haqida ummumiy tushuncha Reja



Yüklə 170,37 Kb.
səhifə5/21
tarix10.05.2022
ölçüsü170,37 Kb.
#56993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
5-Ma'ruza MI

Idrokda obyekt va fon
Odamga juda ko’p narsa va hodisalar ta’sir qilib turadi. Bular shunday ko’p xossalarga egaki, hatto odam bir vaqtning o’zida ularga javob reaktsiyasi qaytara olmaydi. Odam ko’p sonli qo’zg’ovchilardan faqat ayrimlarini aniq holda ajratib oladi. Shu ajratib olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan narsani o’rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob’ekt hisoblanib, ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Masalan, o’qituvchi bir darsda bir necha o’quvchilardan so’raydi. Har safar so’rayotganlarni ko’radi. Chaqirilgan o’quvchi uning javobi xatti-harakati idrok ob’ekti hisoblanadi.

Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob’ekti deb ataladi. Boshqa o’quvchilar faoliyati idrok foni bo’lib qoladi. Idrok foniga kirgan o’quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa, idrok ob’ektiga aylanadi va aksincha. Demak, idrok obyekti va foni dinamik tabiatga ega bo’lib, doimo o’zgarib turadi. Obyekt va fonning dinamikligi bosh miya katta yarim sharlari po’stida vujudga keladigan optimal qo’zg’alish o’chog’ining almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatning bir ob’ektdan boshqa ob’ektga o’tishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan ob’ektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini ikkilangan tasvirlar, shrederlar zinapoyasi, predmet konturlarini ajralishi kabilarda aniq ko’rish mumkin.

Juda ko’p hollarda ob’ektni fondan tez va aniq ajratib olish uchun uni alohida rang, shakl va belgilar bilan ta’kidlab qo’yiladi. Masalan, transport belgilari, temir yo’l ishchilari maxsus to’q sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar.


Yüklə 170,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin