2-MA’RUZA.
OBYEKT MODELI VA UNING AFZALIKLARI. OBYEKT MODELINING
FUNDAMENTAL METODLARI, XUSUSIYATLARI VA ULARNING AFZALLIKLARI
2. Obyekt modeli va uning afzaliklari
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy afzalligi shundaki, ularni
boshqarish uchun ishlatiladigan ma'lumotlar ham, amallar (kod) ham bitta
obyektga joylashtirilgan. Masalan, obyekt tarmoq bo‘ylab
harakatlansa, u
ma'lumotlar va xatti -harakatlarni o‘z ichiga olgan holda, to‘liq uzatiladi.
Obyekt. Obyektlar – obyektga yo‘naltirilgan dasturlarning qurilish
bloklari hisoblanadi. Obyektga yo‘naltirilgan texnologiyadan foydalanadigan
dastur asosan obyektlar to‘plamidir.
Obyekt ma'lumotlari. Obyektdagi ma'lumotlar
uning holatini
ko‘rsatadi. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash terminologiyasida bu
ma'lumotlar
atributlar deb ataladi.
Obyektlarning xatti-harakatlari. Obyektning xatti-harakati u
bajara oladigan narsani ifodalaydi. Protsedurali
tillarda xatti-harakatlar
protseduralar, funksiyalar va qismiy dasturlar bilan belgilanadi. Obyektga
yo‘naltirilgan dasturlash terminologiyasida obyektlarning xatti-harakatlari
metodlarda mavjud bo‘lib, unga xabar yuborish orqali metod chaqiriladi.
Obyektga yo‘naltirilgan texnologiya
obyektlar modeli deb ataladi.
Uning asosiy tamoyillari:
abstraksiya, inkapsulyatsiya, modullik,
iyerarxiya, tiplashtirish, parallellik va butunlilik. Bu tamoyillarning har biri
haqiqatan
ham yangi emas, lekin obyekt modelida ular birinchi marta
birgalikda qo‘llaniladi. Birinchi to‘rtta tushuncha majburiydir,
chunki
ularning har birisiz model obyektga yo‘naltirilgan bo‘lmaydi. Boshqalar
ixtiyoriy, ya'ni ular obyekt modelida foydali, lekin majburiy emas.
Obyekt modelining afzalliklari. Obyekt modeli strukturaviy tahlil,
dizayn va dasturlashning an'anaviy usullari bilan bog‘liq bo‘lgan
modellardan tubdan farq qiladi. Bu obyekt modeli
ilgari topilgan va vaqt
sinovidan o‘tgan barcha metodlardan voz kechishni talab qiladi degani emas.
Aksincha, u oldingi tajribaga qo‘shadigan ba'zi yangi elementlarni taqdim
etadi. Obyekt yondashuvi boshqa modellar bermagan bir qator muhim
qulayliklarni ta'minlaydi.
Eng muhimi, obyektga asoslangan yondashuv
yaxshi tuzilgan murakkab tizimlarning xususiyatlarini rivojlantiradigan
tizimlarni yaratishga imkon beradi. Obyekt modelining yana beshta afzalligi
bor.