Obyekt modeli va uning afzaliklari. Obyekt modelining fundamental metodlari, xususiyatlari va ularning afzalliklari


Misol. Ikki o‘lchovli fazoda geometrik shakl doirasini ifodalovchi oddiy  Circle



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix22.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#119810
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MA’RUZA. OBYEKT MODELI VA UNING AFZALIKLARI. OBYEKT MODELINING FUNDAMENTAL METODLARI, XUSUSIYATLARI VA ULARNING AFZALLIKLARI

Misol. Ikki o‘lchovli fazoda geometrik shakl doirasini ifodalovchi oddiy 
Circle sinfini ko‘rib chiqaylik. Bu sinfning atributlarini quyidagicha 
ta'riflash mumkin: 
x - koordinata, doira markazini belgilash uchun OX o‘qi bo‘yicha 
y - koordinata, doira markazini belgilash uchun OY o‘qi bo‘yicha 
R - aylananing radiusini ko‘rsatish uchun 
Uning ba'zi amallarini quyidagicha ta'riflash mumkin: 
findArea() – yuzani hisoblash metodi 
findCircumference() – aylanani uzunligini hisoblash metodi 
RadiusInc() – radiusni oshirish yoki kamaytirish metodi 
1
Robson, D. August 1981. Object-oriented Software Systems, Byte vol.6(8), p.74.


O‘zlashtirish (ta’minlash) paytida qiymatlar atributlarning kamida bir 
qismiga beriladi. Agar biz my_circle obyektini yaratadigan bo‘lsak, uning 
holatini ko‘rsatish uchun x-koordinatalar: 2, y koordinatalari: 3 va R: 4 kabi 
qiymatlarni belgilashimiz mumkin. Endi, agar RadiusInc() metodiga ikki 
qiymati bilan murojaat qilsak, R o‘zgaruvchining qiymati 8 ga aylanadi. Bu 
operatsiya my_circle holatini o‘zgartiradi, ya'ni obyekt ma'lum xatti-
harakatlarni bajaradi. 
3. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash prinsiplari 
Obyektga yo‘natirilgan dasturlash quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 
- Abstraksiya; 
- Inkapsulyatsiya; 
- Merosxo‘rlik; 
- Polimorfizm; 
Inkapsulyatsiya. Har bir obyekt shunday tuzilganki, unga kerakli 
ma'lumotlar dasturning tashqarisida emas, balki shu obyekt ichida yashaydi. 
Masalan, agar bizda "Foydalanuvchi" obyekti bo‘lsa, unda foydalanuvchi 
haqidagi barcha ma'lumotlar bo‘ladi: ism, manzil va boshqalar. Shuningdek, 
u "manzilni tekshirish" yoki "Pochta ro‘yxatiga obuna bo‘lish" metodlariga 
ega bo‘ladi. 
Inkapsulyatsiya - bu tizimda ishlaydigan ma'lumotlar va metodlarni 
sinfda birlashtirishga va foydalanuvchidan amalga oshirish tafsilotlarini 
yashirishga imkon beruvchi tizimning xususiyati. 
Inkapsulyatsiya - bu ma'lumotlarni manipulyatsiya qiladigan va kodni 
birlashtirgan, shuningdek, birinchi navbatda ma'lumotlarga to‘g‘ridan -
to‘g‘ri tashqi kirishdan va noto‘g‘ri ishlatishdan himoya qiluvchi tamoyil. 
Boshqacha qilib aytganda, sinf ma'lumotlariga kirish faqat bir xil sinf 
metodlari yordamida amalga oshirilishi mumkin. 
Inkapsulyatsiya sinf interfeysi tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. Aslida, 
interfeysga kirmagan hamma narsa sinfga kiritilgan. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin