Mavzu: moybo`yoqlar bilan ishlashga tayyorgarlik ko`rish



Yüklə 48 Kb.
səhifə1/3
tarix30.11.2022
ölçüsü48 Kb.
#71369
  1   2   3
BO\'YOQLAR BILAN ISHLASH VA TAYYORLASH


BO'YOQLAR BILAN ISHLASH VA TAYYORLASH


Reja:

  1. Rangtasvir uchun grunt tayerlash.

  2. Karton uchun emulsion grunt tayyorlash

  3. Xolstni podramnikka tortish.

  4. Elimlar.



Rangtasvir uchun grunt.
Grunt xolstning asosi va to`qilgan iplari orasidagi teshiklarni berkitadi, uning sirtini bir hil qilib, unga kerakli rangni beradi.
Grunt xolstni bo`yoq, bog`lovchilar va eritkichlarni so`rib olishini oldini oladi. U xolst sirtiga yuqori adgeziyalik xususiyatini, ya`ni bo`yoqlarni to`tib qolish xususiyatini beradi. Sifatiga ko`ra xolst yumshoq va elastik bo`lishi kerak. Xolst rulon qilib o`ralganda sinmasligi kerak .
Grunt sirti biroz g`adir-budir bo`lishi kerak.Grunt berilganidan so`ng xolst o`zining fakturasini yuqotmasligi kerak. Xolst uzoq muddat saqlanganda sarg`aymasligi va qoraymasligi kerak.(Xolst qorong`i joyda saqlansa sarg`ayadi.)
Xolstni yelimlash.
Podramnikka tortilgan xolst gruntlashdan oldin texnik jelatinning 15%li eritmasi yoki baliq yelimi bilan yelimlanadi. Xolst ikki marta yelimlanadi. Birinchisida xolst asosining iplari orasidagi teshiklarni berkitish uchun quyuq va sovuq yelim bilan yelimlanadi. Bu yelimni etik cho`tka bilan surtiladi. Yelimning ortiqchasi metall chizg`ich bilan sidirib olinadi. Buning uchun chizg`ich o`tkir burchak ostida ushlanib xolst ustida yurgiziladi. Bunda ortikcha yelimlar olinishi bilan birga, xolstni teshiklari mahkam berqiladi. Oradan 12-15 soat o`tganidan keyin, qurigan xolstning usti penza yokijilvir qog`oz bilan tekislanadi. Ikkinchi yelimlashda ham xuddi shu yelim suyuq holda ishlatiladi. Bu yelimni suyultirish uchun suv vannasidan foydalaniladi. Xolstni turiga qarab ikki yokiuch marta yelimlanadi. Har bir qatlamni surtish uchun oradan 12 - 15 soatcha vaqt o`tib, xolst qurishi kerak.
Xolst uchun emulsiyali grunt tayyorlash.
Hozirgi davrda dastgoxli rangtasvir uchun emulsion grunt ishlatiladi. Grunt tarkibi ruxli oq bo`yoq qo`shilgan yelim moyli emulsiyadan iborat bo`ladi. Gruntning plastikligini oshirish uchun glitserin yokio`simlik moyi qo`shiladi . Gruntda mogor hosil bo`lishini oldini olish uchun pentoxlorfenolyat natriy antiseptik sifatida ishlatiladi. Yuqori dispersli yelim moyli emulsiya olishni tezlashtirish uchun OP-7 emulgatori ishlatiladi.
Emulgator sifatida suvda eritilgan tuxum sarigidan ham foydalanish mumkin. Odatda har10 gr quruq yelimga 2-3ta tuxum sarig`i qo`shiladi .
Emulsiyali grunt tayerlash uchun yelimni oldindan suvga solib qo`yiladi, keyin uni 60-700 temperaturada suv vannasida qaynatiladi. Bir vaqtning o`zida ozroq suvga ruxli oq bo`yoq solib namlanadi. Bu oq bo`yoqni emulsiyaga solganda bir joyga to`planib qolishini oldini oladi. Issiq suvda suyultirilib, tayyorlangan yelimga yuqori sifatli zig`ir olifasi qo`shiladi . Olifni qo`shilganda yelimli suv to`xtamasdan aralashtirilib turiladi.Olif oz-ozdan qo`shiladi, aralashma qo`lda aralashtirilsa sifatli emulsiya olish qiyin, shuning uchun ham emulgator qo`shilsa sifatli emulsiya olish mumkin.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin