5-MA’RUZA
Ishlash obyekti va usuli
Neft va neft-gaz koni yer po‘stining yakka
tektonik strukturasida
mujassamlashgan neft va gaz uyumlari majmui. Konlarga kiruvchi uglevodorod
uyumlari, odatda yer ostida turli tarqalganlikka ega bo‘lgan, ko‘p
hollarda turli
geologik-fizik xossali, qatlam yoki tog‘ jinslari massivida joylashgan bo‘ladi. Ko‘p
holatlarda ayrim neft-gazli qatlamlar katta qalinlikdagi o‘tkazuvchanmas jinslar
bilan ajralgan yoki konning ayrim qismlarida joylashgan bo‘ladi.
Bunday ajralgan yoki xossalari farq qiluvchi
qatlamlar turli ishlatish
quduqlari guruhi bilan ishlatiladi, ayrim hollarda
turli texnologiyalardan
foydalaniladi.
Konni ishlash obyekti tushunchasini kiritamiz. Ishlash obyekti–ishlashdagi
kon chegarasi ichida sun’iy ajratilgan geologik tuzilma (qatlam, massiv, tuzilma,
qatlamlar majmui), sanoat miqyosidagi uglevodorodlar zaxirasiga ega,
ularni yer
ostidan olish muayyan burg‘i quduqlari guruhi yoki boshqa tog‘-texnik qurilmalari
yordamida amalga oshiriladi. Konni ishlatuvchi mutaxassislar orasida keng
tarqalgan atamaga ko‘ra, har bir obyekt “o‘zining burg‘i quduqlari to‘ri”
bilan
ishlashda bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiatning o‘zi ishlash obyektini
yaratmaydi – ularni konlarni ishlatuvchi mutaxassislar ajratadi.
Ishlash obyektiga
bir, bir necha yoki konni hamma qatlamlari kiritilishi mumkin.
Ishlash obyektining asosiy xususiyati – unda sanoat miqyosidagi neft
zaxiralarining borligi, ushbu obyektga taaluqli va ular
yordamida ishlatiladigan
burg‘i quduqlari guruhidir.
Ishlash obyekti tushunchasini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun quyidagi
misolni ko‘rib chiqamiz. Kesimi III.1-rasmda keltirilgan
kon berilgan bu kon
qalinligi, to‘yingan uglevodorodlarni tarqalganlik maydoni va fizik xossalari bilan
farq qiluvchi uchta qatlamdan iborat.