1-Mavzu: Suvni koloid va dag’al zarrachalardan tozalash. Tabiiy suvlarni ohak yordamida qattiqligini va ishqorligini kamaytirish. Tabiiy suvlarni reagentlar yordamida tozalash soxasida ishlatiladigan qurilma va yordamchi qurilmalarning



Yüklə 27,67 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü27,67 Kb.
#208793
  1   2   3   4
maruza matn 1


1-Mavzu: Suvni koloid va dag’al zarrachalardan tozalash. Tabiiy suvlarni ohak yordamida qattiqligini va ishqorligini kamaytirish. Tabiiy suvlarni reagentlar yordamida tozalash soxasida ishlatiladigan qurilma va yordamchi qurilmalarning ishlatilishi.

Reja;


  1. Suvni tindirish

  2. Koloid zarrachalarning xossalari

  3. Suvni ohak eritmasi bilan yumshatish

  4. Ohak eritmasi tayyorlash va reagent xo’jaligi


Kirish
IESlarida bloklar soni qancha ko'p bo'lib, bug' qozonining unumdorligi qancha yuqori bo'lsa, bug' ishlab chiqarish uchun shuncha ko'p miqdorda suv zarur bo'ladi. Suvga boʻlgan bunday ehtiyojni to'la ta'minlash uchun tarkibi birmuncha toza bo'lgan yer osti va atmosfera suvlari yetarli bo'lmaydi. Shu sababli IESlarini suv bilan ta'minlashda asosan daryo, anhor va ko'l suvlari ishlatilishi I bobda ta'kidlangan edi. Ammo bunday suvlar tarkibida har xil kimyoviy va mexanik moddalar ko'p miqdorda bo'lishi sababli IESlarida ularni tozalash uchun murakkab sxemali hamda unumdorligi yuqori boʻlgan suv tozalash qurilmalari zarur bo'ladi.

Suv tozalash qurilmalari sxemalarini va bu qurilmalarda ishlatiladigan uskunalarni tanlash, stansiyada tozalanadigan tabiiy suvning kimyoviy tarkibiga va suvni qay darajada tozalash zaruratiga bog'liqdir.

Suv tozalash texnikasi sohasida tabiiy suvlarning tarkibidagi dagʻal, kolloid va ion zarrachalardan kimyoviy tozalash ikki xil usulda olib boriladi. Birinchi usulda suvga alyuminiy sulfat /Al2(SO4)3/, temir sulfat /FeSO4. ohak /CaO, soda Na₂CO, ishqor /NaOH/, natriy fosfat /Na,PO/ kabi birikmalarning eritmasi qo'shilib, cho'kma hosil qilish yo'li bilan tozalanadi. Suvga bunday reagentlar qo'shilganda dag'al kolloid va zarrachalardan tozalanib, tarkibidagi ba'zi ion zarrachalarning konsentratsiyasi ham qisman kamayadi.

Ikkinchi usulga suvni ionitlar yordamida tozalash kiradi. Ionitlar suv tarkibidagi ionlar konsentratsiyasini yuqori darajada kamaytirish qobiliyatiga ega bo'lgan moddalardir. Ular yordamida suvni har qanday ekspluatatsiya ma'yorlarida belgilab qo'yiladigan darajagacha tozalash mumkin. Shu sababli, ionitlar IESlarida qo'shimcha suv tayyorlash va turbina kondensatini tozalashda hamda issiqlik tarmoqlari uchun suvni yumshatishda keng miqyosda qoʻllaniladi.





  1. Suvni tindirish

Suvni muallaq zarrachalardan tozalashga suvni tindirish deb ataladi. Tindirish jarayonida zichligi suv zichligidan kichik boʻlgan zarrachalar yuziga qalqib chiqsa, zichligi suv zichligidan katta boʻlgan zarrachalar suv tagiga cho'kadi. Suv tozalash texnikasida suvni tindirish kimyoviy reagentlar yordamida yoki kimyoviy reagentlarsiz ham olib boriladi. Bu jarayon suvga kimyoviy reagentlar qo'shib olib borilsa, suv tarkibidagi muallaq va kolloid zarrachalar butunlay cho'kib, undagi ion zarrachalarning miqdori qisman kamayadi. Suvni kimyoviy reagentlarsiz tindirish, asosan, tarkibida kolloid zarrachalar miqdori unchalik koʻp boʻlmagan loyqa suvlar uchun qoʻllanadi.

IESlarida suvga reagent qo'shib tozalash usuli, ayniqsa, tabiiy va chiqindi suvlarni tozalashda keng qoʻllanadi. Suv tozalash texnikasida suvni tindirish va reagent qo'shib tozalash har xil tindirgich (OCBетлитель) qurilmalarida yoki maxsus hovuzlarda olib boriladi. Tindirishdagi texnologik jarayonlar va qoʻllanadigan qurilmalar suv tozalashning birinchi bosqichini tashkil etadi. Tindirgichda suvni tozalash mexanik filtrlardan o'tkazish bilan yakunlanadi.

Birinchi bosqichda ishlatiladigan texnologik qurilmalar quyidagi belgilari bilan: reagent qo'shilmasligiga; suvni tozalash darajasiga; texnologik jarayonlar soniga: qurilmalarning katta- kichikligiga, ulardan foydalanish usullariga hamda tozalangan suvning tarkibiga qarab bir-biridan farq qiladi. Suvni tindirishda uning tarkibiga qarab, iqtisodiy jihatdan arzon va qulay qurilmalar tanlanadi.



  1. Yüklə 27,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin