FeCl3 + 3H₂O=Fe(OH) 3 + 3HCI
Hosil boʻlgan Fe(OH), suvdagi HCI bilan reaksiyaga kirishib, FeOCI birikmasini hosil qiladi:
Fe(OH)3 + HCl FeOCI+ 2H₂O
Hosil boʻlgan FeOCl molekulari suvda FeO va Cl ionlariga dissotsillanadi:
FeOCI+ FeO +Cr
Natijada bir necha Fe(OH), molekulalardan tashkil topgan yadro atrofida FeO va qisman CT ionlaridan tashkil topgan adsorbsiyalangan musbat qavat /granula va bu qavatni qurshab olgan Clionlaridan iborat difuzion qavat hosil bo'lib, mitsellaning barqarorligini ta'minlaydi. Bunday holatda Fe(OH), ning mitsellasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
Suvni ohak eritmasi bilan yumshatish
Bu usulda yumshatiladigan suvga ohak eritmasi Ca(OH)2 qo'shiladi. Suvga Ca(OH), eritmasi qo'shilishi natijasida uning erishi jarayonida suv tarkibida Ca va OH ionlarining konsentratsiyasi ko'payadi.
Ca(OH)2 =Ca²-20H
Suvda OH ionlari konsentratsiyasi ko'payishi natijasida suv tarkibidagi bikarbonat (HCO3) ionlari hamda CO₂ gazi, quyidagi reaksiyalar asosida karbonat CO, ionlariga aylanadi.
HCO3+OH=CO+H₂O
CO₂+OH-CO32+H2O
Hosil bo'lgan karbonat(CO3)ionlar suvdagi Ca kationlari bilan birikib, CaCO, holatida cho'kmaga tushadi. Bu birikmaning cho'kmaga tushishi suv tarkibidagi Ca2+ Ba CO2 ionlar konsen- tratsiyasi koʻpaytmasi CaCO,ning eruvchanlik ko'paytmasiga teng yoki katta boʻlgan holda sodir bo'ladi:
Bu ifodada ЭKcacos kaltsiy Korbanat birikmasining eruvchanlik ko'paytmasi.
Ma'lumki, kimyo fanida kam eruvchan moddalarning suvdagi eruvchanligi ularning eruvchanlik ko'paytmasi bilan tavsiflanadi va OK harflari bilan belgilanishi. 2.2 boʻlimda ta'kidlangan edi. Kam eruvchan moddalarning suvda erishi suv haroratiga bog'liq boʻlsa, ularning to'yingan eritmasidagi ionlar konsentratsiyalari ko'payt- masi ayni haroratda o'zgarmas kattaliklardır. Kimyoviy moddalar- ning 3K si qanchalik kichik bo'lsa, ularning cho'kmaga tushishi ham shunchalik tez sodir bo'ladi.
CaCO, ning 25°C dagi K-43:10 g-ion1 ga teng bo'lganligi uchun Ca(OH); eritmasi qo'shilgan suvda Ca kationlari CaCO, holida cho'kmaga tushadi
Suvni tindirgichda koagulyant hamda ohak eritmasi qo'shib tozalash sxemasi: 1-tindirgich; 2- suv qizdirgich; 3-ohak aralashtirgich; 4- ohak eritmasini yuboruvchi so'rg'ich; 5-koagulyant eritmasini saqlaydigan bak; 6-koagulyant eritmasini yuboruvchi dozator; 7-havo chiqaruvchi asbob; 8- elektrokontaktli manometr; 9-suv sarfini ko'rsatuvchi asbob; 10-bug' sarfini ko'rsatuvchi asbob (raxxodomer); 11-qizdirgichga tozalanadigan suv yuborish; 12-qizdirgichga bug' yuborish; 13-bug' yuborish qizdirgichdan bug'ni chiqarib yuborish; 14- ohak eritmasini aralashtirgichga yuborish; 15-koagulyant eritmasini bakka yuborish; 16-ohak eritmasini tindirgichga yuborish; 17-tindirgichga koagulyant eritmasini yuborish; 18-tozalangan suvni tindirgichga yuborish; 19 - ohak eritmasi saqlanadigan bak; 20-ohak eritmasini aralashtiruvchi so'rg'ich.
Dostları ilə paylaş: |