Koloid zarrachalarning xossalari
Tabiiy suvlarda uchraydigan bir xil moddalarning kolloid dispers zarrachalari bir xil qutbda zaryadlangan bo'lib, bunday zarrachalar bir-birini elektrostatik kuch ta'sirida itarib turadi. Shu sababli suvdagi bunday zarrachalar erkin holatda cho'kishga qarshi agregat barqarorlikka ega bo'lgan zarrachalar hisoblanadi. Agregat barqarorlikka ega bo'lgan moddalar deb uzoq vaqt davomida o'zining dispers holatini saqlab turadigan moddalarga aytiladi. Kolloid zarralarning o'lchami ancha kichik bo'lganligi uchun bu zarrachalar suvda tartibsiz va to'xtovsiz harakatda boʻladi. Bunday holatni tarkibida kolloid zarrachalar bo'lgan suvni ultramikroskop orqali tekshirib, ishonch hosil qilish mumkin. Chunki suvdagi kolloid zarrachalarni oddiy mikroskop bilan ko'rib bo'lmaydi. Ular filtr qog'oz teshiklaridan o'tib ketadi, lekin o'simlik yoki hayvon organizmidagi membranalardan o'tmaydi. Kolloid sistemalarning dispers fazalari dispersion muhitdan ma'lum sirtlar bilan ajralgan mustaqil fazani tashkil etadi. Shuning uchun kolloid sistemalar mikrogeterogen sistemalar deyiladi.
Suvdagi har qanday moddalarning kolloid zarrachalari barqaror bo'ladi. Ularning barqarorligi kimyo kursidan ma'lum bo'lishicha, kolloid zarracha sirti katta moddadan tashkil topgan yadro bo'lganligi uchun bunday zarrachalarda adsorbsiya xususiyati katta bo'ladi. Shuning uchun bunday yadroga suvdagi ionlar oson yopishadi, ya'ni yadro atrofiga adsorbsiyalanadi. Natijada kolloid zarrachalarning yadrosi juda ko'p atom yoki molekulalardan iborat betaraf moddaga aylanadi va uning atrofini adsorbsiyalangan ionlar qurshab oladi, bu adsorbsiyalangan ionlar kolloid zarrachalarning barqaror - mustahkamligini ta'minlayadi.
Yadro va adsorbsiyalangan ionlar birgalikda granula deb ataladi. Granula adsorbsiyalangan ionlar hisobiga ma'lum zaryadga cga bo'lgani uchun uning atrofiga qarama-qarshi zaryadli ionlar yig'iladi: lekin bu ionlar yadroga zaifroq tortilib turadi va dispersion muhitning bir qismini tashkil qilib, kolloid zarrachalarning diffuzion qavatini tashkil qiladi. Granula va uning atrofiga tortilib turgan qarama-qarshi ionlardan iborat bo'lgan sistema mitsella deb ataladi. Kolloid zarrachalarning zaryadi har doim granula zaryadi bilan ifodalanadi. Misol tariqasida Fe(OH), kolloid zarrachaning suvdagi mitsella ko'rishini ko'rib chiqaylik. Bunday kolloid zarrachalar FeCl Fe(HCO,), kabi suvda eruvchan birikmalaring gidrolizlanishi natijasida hosil bo'ladi:
Dostları ilə paylaş: |