Mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari fan: moliya va soliqlar



Yüklə 1,22 Mb.
tarix17.03.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#88536
moliya va soliqlar

Mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari

FAN: MOLIYA VA SOLIQLAR

TAYYORLADI: REJAPOVA NILUFAR


1
    • Soliq siyosati va uning huquqiy asoslari.

2
    • Soliq siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda davlatning roli.

3
    • O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo’nalishlari

1. Soliq siyosati va uning huquqiy asoslari.

Soliq davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.Agar soliqlarni vaqtida tòlamaslik jinoyiy javobgarlikga tortilishga sabab bo’ladi.

Soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo’lagi bo’lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to’lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig’indisi hisoblanadi.

Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo’nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o’rtasidagi nisbatni ta’minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.

Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar tashkilotlarbirlashmalardan olinadigan soliqlar to’g’risida» gi (1991 yil 15 fevral), «O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmaganlarning daromad solig’i to’g’risida» gi (1991 yil 15 fevral), «Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida» gi (1993 yil 7 may) Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi me’yoriy hujjatlardan iborat bo’lgan.

1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida» gi Qonuni yuqoridagi hujjatlarning ayrimlarini o’z kuchini yo’qotishiga olib kelgan bo’lsa, ayrimlarining huquqiy bazasini kengayishiga, kuchayishiga xizmat qilib kelmoqda.

«O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida» gi Qonunga muvofiq, shu kundan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi o’zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi.

2. Soliq siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda davlatning roli.

Soliq siyosati davlat, uning vakolatli organlari tomonidan olib boriladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat hisoblangan Oliy Majlis tomonidan soliqqa oid va unga bevosita tegishli bo’lgan qonunlar qabul qilinadi, o’zgartirish va va qo’shimchalar kiritiladi yoki ayrimlari bekor qilinadi. Ijro hokimiyati bo’lgan Vazirlar Mahkamasi, uning bo’linmalari, Davlat Soliq Qo’mitasi, Moliya Vazirligi, Adliya Vazirligi, Iqtisodiyot Vazirligi, mahalliy hokimiyatlar va boshqa tegishli organlar tomonidan Oliy Majlis tomonidan qonun yo’li bilan joriy etilgan soliqlar va majburiy to’lovlarning ishlash mexanizmini ta’minlashga xizmat qiluvchi huquqiy me’yoriy hujjatlar orqali ularning ijrosi ta’minlanadi. Bunda albatta ijro hokimiyatining bir bo’g’ini hisoblangan Davlat soliq qo’mitasining soliq siyosati ijrosini ta’minlashdagi alohida o’ringa ega ekanligini qayd etish lozim.

3.O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo’nalishlari.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Soliq siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorladi.

Soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarida soliq stavkalari Foyda solig‘i (15 foiz, alohida toifalar uchun — 20 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 foiz), yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (1,5 foiz), qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i (0,95 foiz), ijtimoiy soliq (budjet tashkilotlari — 25 foiz, qolganlar — 12 foiz) bo‘yicha stavkalar saqlab qolinmoqda. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) Soliq to‘lovchilarning toifasi, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish muddatlari saqlab qolinmoqda. 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilmoqda. Qoplanadigan (qaytariladigan) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari 60 kundan 30 kungacha qisqartirilmoqda.

Bekor qilingan imtiyozlar 2023-yilning 1-aprelidan boshlab quyidagilar bo‘yicha berilgan imtiyozlar bekor qilinmoqda: - Budjet mablag‘lari hisobidan har yillik mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko‘rsatiladigan geologiya xizmatlari bo‘yicha aylanma; - Pochta markalari, markali otkritkalar, konvertlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma; - Budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin