Flokulyasiya Flokulyasiya jarayoni oqova suv tarkibiga yuqori molekulyar birikmalar, ya’ni flokulyantlar ta’sir ettirib, muallaq zarrachalarni agregasiyalashdir. Koagulyasiya jarayonidan farqli ravishda flokulyasiya jarayonida zarrachalarning yiriklashishi zarrachalarning o’zaro kontaktlashuvi bilangina emas, balki flokulyant zarrachalarida adsorbsiyalangan molekulalarning o’zaro ta’sir natijasida sodir bo’ladi.

Flokulyasiya jarayonini alyuminiy va temir gidroksidlarini ionlarini iviqlarini hosil bo’lish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Flokulyantlarni qo’llash koagulyant miqdorini kamaytirish, koagulyasiya vaqtini qisqartirish va hosil bo’lgan iviqlarni cho’kish tezligini oshiradi.

Oqova suvlarni tozalash uchun tabiiy va sintetik flokulyantlardan foydalaniladi. Tabiiy flokulyantlarga kraxmal, denstrin, efirlar, sellyuloza va boshqalar kiradi. Aktivlangan kremniy dioksidi eng keng tarqalgan noorganik flokulyantlardan hisoblanadi Sintetik (organik) keng qo’llaniladiganlari poliakrilamid (-CH2-CH-CONH2)n-, texnik (PAA) va gidrolizlangan (GPPA) dir.
Flokulyant tarkibi va dozasini tanlashda uning makromolekulasining xususiyati va diepers zarralarning tabiati (bog’liq) xisobga olinadi. PAA ning optimal miqdori oqova suvlarni tozalashda 0,41,0 g/m3 atrofida bo’ladi. PAA ni pH muxitning keng oraliqlarida qo’llash mumkin, lekin cho’kish tezligi pH > 9 bo’lganda pasayadi. Flokulyantning tasir etish mexanizmiga kolloid zarralarning yuzasida flokulyant molekulalarning adsorbsiyalanilishi, retikulyasiya (to’rsimon struktura hosil bo’lishi) flokulyant molekulalarining retikulyasiyasi: kolloid zarralarning Vander-Vals kuchlari hisobiga yopishishi; flokulyantlarning kolloid zarrachalar bilan ta’sirlanishi natijasida trimyerstruktura hosil bo’ladi, bu suyuq fazadan mayda zarrachalarning tezroq ajralishiga olib keladi. Bunday strukturaning hosil bo’lishiga sabab flokulyant makromolekulalarining bir necha zarrachalar bilan polimyerko’priklarini hosil qilib adsorbsiyalanishidir.