5-ma’ruza ishlash obyekti va usuli



Yüklə 419,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix24.02.2023
ölçüsü419,21 Kb.
#85366
1   2
5-Ma\'ruza

 
 
III.1-rasm. Ishlash obyektini 
ajratish 
1-birinchi mahsuldor qatlam;
2-ikkinchi mahsuldor qatlam;
3-uchinchi mahsuldor qatlam;
I-birinchi obyekt; II-ikkinchi obyekt; 
A-I obyekt quduqlari; B-II obyekt 
quduqlari 
III.1-jadvaldakon maydonida yotuvchi 1, 2 va 3-qatlamlarni asosiy xossalari 
keltirilgan. 
Ko‘rilayotgan konda ikkita ishlash obyektini ajratish maqsadga muvofiq, 1 
va 2 qatlamlarni bitta ishlash obyektiga birlashtirish (obyekt 1), 3 - qatlamni esa 
alohida ishlash obyekti sifatida ishlash (obyekt II). 
III.1-jadval 
Geologik-fizik xossalar 
Qatlam 



Olinadigan neft zahiralari, mln.t 
200,0 
50,0 
70,0 
Qatlamning samarali qalinligi, m 
10,0 
5,0 
15,0 
O‘tkazuvchanlik, mkm
2
0,100 
0,150 
0,500 
Neftning qovushqoqligi, mPa*s 
50,0 
60,0 
3,0 
1 va 2 qatlamlarni bir ishlash obyektiga kiritish uchun ularning 
o‘tkazuvchanlik va neft qovushqoqligi kattaliklarni yaqinligi va vertikal yo‘nalish 
bo‘ylab bir-biridan kichik masofada joylashganligi asos bo‘ladi. Bundan tashqari 2 
qatlamdagi olinadigan neft zahiralari nisbatan oz. 3 – qatlamning 1 – qatlamga 
nisbatan olinadigan zahiralari kam, ammo neftni kam qovushqoqli va yuqori 


o‘tkazuvchan. Demak, bu qatlamni ochgan ishlatish quduqlari nisbatan yuqori 
mahsuldorlikka ega bo‘ladi. Bundan tashqari, kam qovushqoq neftli 3 – qatlamni 
oddiy suv bostirish usulini qo‘llab ishlash mumkin bo‘lsa, yuqori qovushqoq neftli 
1 va 2 qatlamlarni ishlashni boshlang‘ich bosqichidan boshlab boshqa 
texnologiyalarni qo‘llash kerak bo‘ladi. Masalan, neftni bug‘, poliakrilamid 
aralashmasi (suvni quyuqlashtiruvchi) yoki qatlam ichra yonish usullari yordamida 
siqib chiqarish.
1, 2 va 3 – qatlamlar ko‘rsatkichlarini jiddiy farq qilishga qaramasdan, 
ishlash obyektlarini ajratish haqidagi yakuniy qaror qatlamlarni ishlash 
obyektlariga turli variantlarda birlashtirishni texnologik va texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini tahlili asosida qabul qilinadi. 
Ishlash obyektlarini ayrim hollarda quyidagi turlarga bo‘ladilar: mustaqil
ya’ni hozirgi vaqtda ishlashdagi va qaytish, ya’ni u kelajakda hozirgi vaqtda 
boshqa obyektda ishlayotgan ishlatish quduqlari bilan ishlatilishi mumkin.
Neft konini ishlash tizimideb, ishlash obyektini, ularni burg‘ilash va 
jihozlash sur’ati tartibini, qatlamlardan neft va gaz olish maqsadida ta’sir etish 
zarurligini, haydash va olish burg‘i quduqlari sonini, nisbatini va joylashtirishni, 
rezerv ishlatish quduqlari sonini, konni ishlashni boshqarishni, yer ostini va atrof-
muhitni himoya qilishni aniqlovchi bir-biri bilan bog‘liq muhandislik qarorlari 
majmuasiga aytiladi. Konni ishlash tizimini tuzish yuqorida ko‘rsatilgan 
muhandislik qarorlari majmuasini aniqlash va amalga oshirishni bildiradi. 
Bunday tizimni tuzishni muhim tarkibiy qismi – ishlash obyektlarini ajratish. 
Shuning uchun ushbu savolni mufassal ko‘rib chiqamiz. Oldindan aytish 
mumkinki, birinchi qarashda hamma vaqt bir ishlash obyektiga iloji boricha ko‘p 
qatlamlarni birlashtirish foydali ko‘rinadi, chunki bunday birlashtirishda konni 
to‘liq ishlash uchun kam ishlatish quduqlari kerak bo‘ladi. Biroq, bir obyektga 
haddan ziyod qatlamlarni birlashtirish neft bera olishlikda jiddiy yo‘qotishlarga va 
yakuniy hisobda ishlashni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yomonlashuviga olib 
keladi. 
Ishlash obyektlarini ajratishga quyidagi ko‘rsatkichlar ta’sir etadi.


Neft 
va 
gaz 
kollektorlari– 
jinslarining 
geologik-fizik 
xossalari. 
O‘tkazuvchanligi, umumiy va samarali qalinligi, hamda har xilligi bilan keskin 
farq qiluvchi qatlamlarni ko‘p hollarda bir obyekt sifatida ishlash maqsadga 
muvofiq emas, chunki ular mahsuldorligi, ishlash jarayonidagi qatlam bosimi 
bo‘yicha va natijada quduqlarni ishlatish usuli, neft zahiralarini olish sur’ati 
mahsulot suvlanganligini o‘zgarishi bo‘yicha jiddiy farq qilishi mumkin. 
Qatlamlarni maydonli har xilligida turli ishlatish quduqlari to‘ri samarali 
bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday qatlamlarni bir ishlash obyektiga 
qo‘shilish maqsadga muvofiq emas. Alohida kam o‘tkazuvchan va yuqori 
o‘tkazuvchan qatlamchalar bilan bog‘liq bo‘lgan, vertikal yo‘nalish bo‘yicha katta 
har xil qatlamlarda gorizontni tik yo‘nalishida qoniqarli qamrab olish qiyin bo‘ladi. 
Bunday hollarda faol ishlashda faqat yuqori o‘tkazuvchan qatlamchalar ishtirok 
etib, kam o‘tkazuvchan qatlamchalarga qatlamga haydalayotgan omil (suv, gaz) 
ta’sir etmaydi. Bunday qatlamlarni ishlash bilan qamrab olinganligini oshirish 
maqsadida ularni bir necha obyektlarga bo‘lishga harakat qilinadi. 
1. Neft va gazni fizik-kimyoviy xossalari. Ishlash obyektlarini ajratishda 
neftlarning xossalari muhim ahamiyatga ega. Neftning qovushqoqligi jiddiy farq 
qiluvchi qatlamlarni bir ishlash obyektiga qo‘shish maqsadga muvofiq emas, 
chunki ularni burg‘i quduqlarini turli sxemada va zichlikda joylashtirilgan, hamda 
yer ostidan neft olishni turli texnologiyalaridan foydalanib ishlash mumkin. 
Parafin, oltingugurt suvchil, qimmatbaho uglevodorod komponentlari va sanoat 
miqyosidagi boshqa foydali qazilmalar miqdorini keskin farq qilishi ham 
qatlamlarni bir obyekt sifatida ishlashga jalb qilib bo‘lmasligiga sabab bo‘lishi 
mumkin. Bunga sabab qatlamlardagi neftni va boshqa foydali qazilmalarni olishda 
turli texnologiyalar qo‘llanilishi mumkin. 
2. Uglevodorolarni fazaviy holati va qatlamlar rejimi.Vertikal yo‘nalish 
bo‘yicha bir-biriga nisbatan yaqin masofada yotgan va o‘xshash geologik-fizik 
xossali turli qatlamlarni ayrim hollarda, qatlam uglevodorodlarini fazaviy holati va 
qatlam rejimlari turli bo‘lganligi natijasida bir ishlash obyektiga qo‘shib, 
bo‘lmaydi. Agar, bir qatlamda yirik gaz qalpog‘i bo‘lsa, boshqa qatlam tabiiy 


tarang suv tazyiqli rejimda ishlashda bo‘lsa, ularni bir ishlash obyektiga 
birlashtirish maqsadga muvofiq bo‘lmasligi mumkin, chunki ularni ishlash uchun 
ishlatish quduqlarini turlicha joylashtirish sxemasi va soni, hamda neft va gaz 
olishni turli texnologiyasi kerak bo‘lishi mumkin. 
3. Neft konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoiti.Bir ishlash 
obyektiga qancha ko‘p qatlam va qatlamchalar birlashtirilsa, ayrim qatlam va 
qatlamchalarda neft va siqib chiqaruvchi omil chegarasini (suv-neft va gaz-neft 
tutash yuzalarini) nazorat qilish, texnik va texnologik amalga oshirish, shuncha 
qiyinlashadi, qatlamchalarga taqsimlangan ta’sir etish va ulardan neft va gaz olish 
jarayoni murakkablashadi. Konni ishlash jarayonini boshqarish sharoitlarini 
yomonlashuvi esa, o‘z navbatida neft bera olishlikni kamayishiga olib keladi. 
Ishlatish quduqlarini ishlatish texnikasi va texnologiyasi.Obyektlarni 
ajratishni ayrim variantlarini qo‘llashni yoki qo‘llamaslikni maqsadga 
muvofiqligiga ko‘plab texnik va texnologik sabablar ta’sir etishi mumkin. 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan har bir ko‘rsatkichlarni ishlash obyektlarini 
tanlashga ta’siri albatta texnologik va texnik-iqtisodiy tahlil etilishi va undan 
keyingina ishlash obyektlarini ajratish haqidagi qaror qabul qilinishi kerak. 
 

Yüklə 419,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin