Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishi
Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o’rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o’z vazifalari, majburiyatlari bor bo’lgan, o’z faoliyat natijasiga ko’ra xurmatga sazovor bo’lishi mumkin bo’lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo’ladilar. Buning natijasida bolaniig uz-uzidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o’z o’rnini anglay boshlaganini ko’rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman" motividan “Men shuni bajarishim kerak” motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o’quvchida psixik zurikish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida xam, ya’ni ma’lum darajada qo’rquvni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo’ladi.
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o’zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o’zi xohlayotgan narsalarni xamda, o’z oilasida o’zi egallagan o’rnini aniq biladigan bo’ladi. Shuningdek, u o’zini-uzi boshqarish malakasiga ega bo’ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o’zlariga beradigan baholariga qarab "Men yaxshi bolaman" emas, balki bu xatti-harakatlar o’zgalar ko’z o’ngida qanday namoyon bo’lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar.
Bola maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanayotganida tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |