5-ma’ruza.Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar
Jismoniy faollik - sog’lom organizmning harakat qilishga bo’lgan turli mavjud to’siqlarni engishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo’ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan karayotganligi, ularni o’rganishga harakat qilayotgani bilan ham bog’liqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o’zaro bog’liqdir. Chunki, psixik sog’lom bola harakatchan bo’ladi, charchagan, siqilgan bola esa deyarli hyech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik - bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda, bolani o’zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularga, avvalo, bir qancha maktab qoidalariga buysunishi qiyin kechadi. Boshlangich sinf o’quvchisi uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o’tirishdir. O’qituvchilar o’quvchilarning doimo jim o’tirishiga harakat qilishadi, lekin kamharakatli, passiv, kuvvati kam bo’lgan o’quvchigina dars jarayonida uzoq vaqt jim utira oladi. O’quvchini qanday qilib maktab qoidalariga buysunishga o’rgatish mumkin? Bu borada o’qituvchining o’quvchilari bilan qiladigan muomala-munosabat uslubining ahamiyati juda katta. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o’qituvchiga ishonch hissi bo’lib, bunda o’qituvchining o’quvchiga ta’sir ko’rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola o’qituvchini aql sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon inson deb biladi. O’qituvchining obro’si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh urug’larining nufuzi keskin kamayadi. Shu sababli, bolalar o’qituvchining har bir so’zini qonun sifatida qabul qiladilar. Demak, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar rivojida etakchi bo’lgan o’quv faoliyati o’qituvchi shaxsi va o’quvchi bilan munosabat uslubining ahamiyati juda katta.