5-ma’ruza. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar Reja: Kirish


Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi



Yüklə 34,72 Kb.
səhifə3/7
tarix02.01.2022
ölçüsü34,72 Kb.
#42240
1   2   3   4   5   6   7
5-ma’ruza.Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar

Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Maktabga kelish arafasida bolaning so’z boyligi o’z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. Agar bu yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o’z nutqida 500-600 so’zni ishlatsa, olti yoshli bola 3000-7000 so’zni ishlatadi. Boshlangich sinf yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va bog’lovchilardan iborat bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar o’z nutqlarida qaysi so’zlarni ishlatgani afzalu, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farklay oladilar. 6-7 yoshli bola o’z jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni o’zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 yoshli bolalarning o’ziga xos yana bir xususiyati bola nutqida o’z fikrini bayon etibgina qolmay, balki o’z suhbatdoshining diqqatini o’ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar.

Bu davrda yozma nutq ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni to’g’ri tuzish va so’zlarni to’g’ri yozishga ma’lum talablar qo’yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so’zlarni qanday eshitgan bo’lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to’g’ri talaffuz etishga va yozishga o’rganishi zarur. Yozma nutqni egallashi asosida bolalarda turli matnlar haqidagi ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada hali o’zi yozgan fikrlarni, so’z va xarflarni nazorat etish malakasi hali rivojlanmagan bo’ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab yoshidagi o’quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot to’plash, muhim jihatlarini ajratib olish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish, reja tuzish malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to’g’ri tuzish, aynan shu mazmunga mos so’zlarni topish va ularni to’g’ri yozish, tinish belgilarini to’g’ri qo’yish, o’z holatlarini topa olish va to’g’rilash aqliy rivojlanishning ko’rsatkichlaridan hisoblanadi.

O’qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchining aql-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Ta’lim jarayonida ularning bilimlar ko’lami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi, ularda tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshdagi bolalar o’z idroklarining aniqligi, ravonligi, o’tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o’ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

7-10 yoshdagi o’quvchining idroki, uning xatti-harakati, o’yini va mehnat faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. O’quvchi o’zining ehtiyoji, mayli, qiziqish va intilishi turmush sharoitiga mos, shuningdek o’qituvchi tavsiya etgan narsalarni idrok qiladi.

Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasini yukori bo’lishi juda muhim. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladilar. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki, bola shu rasmlar orqali olam go’zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o’z munosabatini bildira oladi.

Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining sog’lomligida, uning bilish faolligida ko’rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, o’rganishga karatilgan bo’ladi. Bola o’ynab turib, olam sir-sinoatlari, sabab-hodisalarilaridan xabardor bo’lishga intiladi. Masalan, bola o’zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho’kishi, qaysilari esa suzishini tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo’lsa, u shunchalik ko’p savol beradi va bu savollar, asosan, xilma-xil bo’ladi. Bolani qor, yomg’ir qanday yog’ishi, quyosh kechasi qayerda bo’lishi, mashina qanday qilib yurishi, erdan osmongacha bo’lgan masofani bilishi juda qiziqtiradi. Bu ularning «Nima uchun?», «Qanday qilib?», «Nima orqali?» kabi savollariga javob olishga qaratilgan bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar asosan o’zlari ko’rib turgan narsa haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu yoshdagi bolalar tafakkurining asosiy turi obrazli tafakkurdir.

6-10 yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin, bu yosh asosan ko’rganlariga tayanib, ta’lim olishga senzitiv bo’lgan davr hisoblanadi, so’zsiz bugungi jamiyatimizda bolalarning aqliy rivojlanishi yangi bilimlarni tuzilish tipiga ham bog’liq bo’lib, ular ma’lum darajada shakllangan kattalar tomonidan tuziladi. Chunki, aqliy rivojlanish ijtimoiy omillar bilan belgilanadi individ ijtimoiy munosabatlar bilan o’zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o’qishga o’tishi uning atrof-hayotdagi narsa hodisalarga nisbatan fikrini va munosabatlarini o’zgarishiga olib keladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkuri mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash tahlil qilishning turli usullarini qo’llashdek o’ziga xos xususiyatlari bilan maktabgacha yoshdagi bolalar va o’smirlardan farq qiladi. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustaqil fikrlashga o’rgatish kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni kamol toptirishning garovidir.

O’quv faoliyati psixik funksiyalarni yukori rivojlanganlik darajasini talab etadi. Bolaning diqqati, xotira va tasavvuri mustaqil tus ola boshlaydi. Lekin, odatdagi holat va vaziyatlarda bolaga o’z psixik funksiyalarini yukori darajada tashkil etish hali bir muncha murakkabdir.

6-7, 10-11 yoshli bolalar bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik irodaviy zo’riqish asosidagina, bola o’zini atrofdagilarning talabi yoki shaxsiy harakatga intilgandagina yuzaga kelishi mumkin.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida diqqatni irodaviy zo’r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bo’lmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko’proq rivojlangan bo’ladi. Boshlangich sinf o’quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o’quvchida beixtiyor his-tuyg’ular uyg’otadi, irodaviy zo’riqishsiz, osongina fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1-2 sinf o’quvchilari diqqatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri - uning etarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular o’z diqqatlarini muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat obyektlar ustida uzoq tura olmaydi.

Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar echish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo’r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi.

Bu yoshdagi bolada ixtiyoriy diqqatni to’plash, tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli ravishda boshqarish o’quvi shakllana boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bola ma’lum darajada o’z faoliyatini o’zi mustaqil rivojlantira oladi. U o’z rejasini, u yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishini so’z bilan ifodalab bera oladi. Rejalashtirish so’zsiz bolaning diqqatini tashkil eta oladi va rivojlantiradi. Ularda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar so’zsiz o’z diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda katta irodaviy kuchni va yuqori motivatsiyalarni tashkil etilishini talab qiladi.

Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asarlarini etarli darajada aks ettirishda vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat manzaralari jamlanib o’quvchilarda xayol paydo bo’ladi.

O’quv faoliyati boladan berilgan o’quv materiallarini esda saqlab qolishni talab etadi, o’qituvchi o’quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida ko’rsatmalar beradi. O’quvchi nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga bo’lgan qiziqishi belgilab beradi. O’quv materialini tushunish, eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi.

Dars jarayonida o’qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so’raydi. Bu holat, albatta, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bo’lgan taqdirdagina o’quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur harakatlar qilishga kiynaladilar.

Psixolog Piaje tadqiqotlarida 6-7 yoshli bolalardan turli xil balandlikdagi idishlardagi suv miqdorini belgilash so’ralgan. Bolalar suv miqdorini bir-biri bilan teng bo’lgan idishlarda kurganlaridan so’nggina o’z javoblari noto’g’riligini bilganlar. Kichik maktab davrida tasavvur asosan bolalar rasm chizayotganlarida, shuningdek ertak va hikoyalar to’qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma-xil bo’ladi. Ayrim o’quvchilar real borliqni tasavvur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvur etadilar. Shu bois kichik maktab yoshidagi bolalarni realistlar va fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko’pincha o’zlariga ma’lum siymolar, syujetlardan foydalangan holda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. Bu tasavvurlar zamirida ularning qo’rquvni engishi, do’st topishi, xursandchilik hislari yotadi. Bundan tashqari tasavvur terapevtik natija olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo’lishi mumkin, Bola real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan holatda ko’pincha xayolga beriladi. Masalan, mexribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola o’zining hamma havas qiladigan oilasi, uyi bo’lishini, bu uyga o’g’rilar kelib kolsa, u qahramonlik qilishini tasavvur qiladi. O’z tasavvurida yaxshi yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan bola o’zining kelgusi xatti-harakatlari motivatsiyasi uchun zamin tayyorlaydi. Kattalarga nisbatan tasavvurning bolalar hayotida ahamiyati juda katta. Bola tasavvur qilib atrof-hayotni chuqurroq bila boshlaydi, o’z-o’zining shaxsiy tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi,




Yüklə 34,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin