Talaba (shaxsiy nomer, FIO, to`g`ilgan sana, kurs mutaxasislik) Relyatsion MB munosabatlarni o`zaro bog`langan to`plamidir. Har bir munosabat kompyuterda fayl ko`rinishida tasvirlanadi.
Munosabatlar jadval ko`rinishida berilganda quyidagi xossalarga ega bo`ladi:
Jadvalni har bir elementi ma`lumot elementi hisoblanadi va takrorlanuvchi guruhlar bo`lmaydi;
Bunday jadvallarda satr va ustunlar ixtiyoriy tartibda qaraladi va ixtiyoriy ketma – ketlikda ishlatilishi mumkin.
Bunday xususiyatli jadvallar munosabat deb kelishilgan (otnosheniya - relation). Munosabat asosida kurilgan MB relyatsion MB deyiladi. Misol uchun jadvalni sxematik kiskartirilgan kurinishi (sxemasi) Xizmatchi (xiz.nom F.I,Sh, unvoni, tugilgan yili, bulim, mut.kodi. mansab, maosh); Bunday yozuv ma`lumot baza sxemasideyiladi Shunday kilib, relyatsion MB ma`lumot elementlar tuplami asosida kuriladi. Munosabat yoki jadvalni kortejlar tuplami deb karash mumkin. Agar jadvalda n ta ustun bulsa, u n tartibli kortejdan iborat deyiladi va munosabat ham n-darajali deyiladi. Xar bir atribut kiymatlari tuplami domen deyiladi.