5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va relyatsion algebra. Ma`lumotlarning modeli


Relyatsion algebra va uning amallari



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə12/12
tarix23.06.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#134377
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va

2. Relyatsion algebra va uning amallari


Relyatsion algebra qo`shish, ayirish yoki ko`paytirish kabi odatiy algebraik operatsiyalarni to`plamlar ustida amalga oshirish imkonini beradi. Sonlar ustida algebraik operatsiyalar bir va undan ortiq sonlarni qabul qilib son qiymatini qaytaradi, relyatsion algebra bir yoki undan ortiq to`plamlarni qabul qilib yagona to`plamni qaytaradi. Relyatsion MBBTda ma`lumotlar bilan ishlash uchun bir qancha tillar yaratilgan. Ba`zi hollarda bu tillarni ma`lumotlarni qism tillari deb ataladi. MB bilan ishlovchilar bu tillarda avtomatlashtirishni 3 bosqichga bo`lishadi:

  1. Eng pastki bosqich – kortej deb ataladi. Bunda dasturchi yozuvlar yoki kartijlar bilan ishlaydi.

  2. Relyatsion algebra deyiladi. Bunda foydalanuvchi munosabatlar ustida yuqori bosqichli amallar to`plamini kiritadi.

  3. Eng yuqori bosqich – hisoblash bosqichi. Bunda foydalanuvchi bevosita kompyuterga maxsus tillarda murojaat qiladi va mashina bu murojaatni qabul qiladi.

Relyatsion MBBT da ma`lumotlar bilan ishlashda ishlatiladigan 2ta katta guruh tillari relyatsion hisoblash deyiladi. Relyatsion hisoblash predikatlarni hisoblashga asoslangan bo`lib ifodalarni yozishga mo`ljallangan qoidalar to`plamidan iboratdir. Ular yordamida biz mavjud munosabatlardan yangi munosabatlar yaratishni ta`minlaymiz. Bunday ifodaalrni yozishda solishtirish amallari, mantiqiy amallar va mavjudlik kvanteri va umumiylik kvanteri ishlatiladi.
Relyatsion algebra Kodd tomonidan aniqlangan ikkita guruh amallari 8 ta operatordan iborat.
Relyatsion algebra amallarini operandlari sifatida doimiy yoki o`zgarmas va o`zgaruvchan munosabatlar ishlatiladi.Ushbu amallarning munosabalarda qo`llagandagi natijalarni batafsil ko`rib chiqamiz.


  1. Birlashtirish (U). Berilgan ikkita munosabatdan biriga va ikkalasiga ham tegishli bo`lgan kortejlardan iborat yangi munosabatni qaytaradi   va   munosabatlarni birlashtirish   ko`rinishida berilib, bu amalni natijasi   munosabatga tegishli bo`lgan yoki   munosabatga tegishli bo`lgan yoki ikkalasiga ham tegishli bo`lgan kartejlar to`plamidir. Bu amallarni bajarayotganda bir xil tartibda bo`lishi kerak. Natijani tartibi ham operandlar tartibiga teng bo`ladi (7.3, a).



  1. Kesishma (∩). Bir vaqtning o`zida ikkala munosabatga ham tegishli bo`lgan barcha kortejlardan iborat yangi munosabatni qaytaradi. (7.3, b).



  1. Ayirish (–). Berilgan ikkala munosabatdan faqat birinchisiga tegishli bo`lgan kortejlardan iborat yangi munosabatni qaytaradi. Ayirma   va   munosabatlarni ayirmasi   ko`rinishida yoziladi va undagi kortejlar to`plami   munosabatga tegishli, lekin   munosabatga tegishli bo`lmagan kortejlardir. Bu amalni bajarganda ham operandlarni tartibi bir xil bulishi kerak (7.3, v).



  1. Dekart ko`paytma (*). Berilgan ikkala jadvaldagi kortejlarning kombinatsiyalaridan iborat yangi jadval xosil qiladi. Bizda   va   munosabat berilgan bo`lsin.   munosabatni tartibi   va   munosabatniki   ga teng bo`lsin. Unda dekart ko`paytma   ko`rinishida yozilib, uning natijasi uzunligi   ga teng bo`lgan kortejlar to`plamidan iborat bo`lib, bu kortejlarni birinchi   komponentasi   kortejga teng bo`ladi, qolgan   komponentasi   kortejga teng (7.3,g).


7.3-rasm. To`plamlar ustida amallar.
a-birlashtirish, b – kesishma, v- ayirish, g – dekart ko`paytirish

  1. Selektsiya tanlash ( ) – berilgan jadvaldagi ma`lum shartni qanoatlantiruvchi barcha kortejlardan iborat yangi jadval xosil qiladi. Bu algebraik cheklanish hisoblanadi. Bu amal bajarilganda operandlar sifatida munosabat atributlari ishtirok etadi va solishtirish arifmetik amallari: =, ≠, ≤, ≥, <, > va mantiqiy amallar: va (U), yoki (V), not amallari ishlatiladi (7.4, a).



Rasm 7.4. Maxsus relyatsion munosabatlar.
a-tanlash, b – proeksiya, v- ulash, g – bulish

  1. Proeksiya ( ) – berilgan jadvaldagi ba`zi kortejlarni istisno (chiqarib tashlash) qilib qolgan kortejlardan (podkortej) yangi munosabat xosil qiladi. Proeksiya, R munosabatga bu amal tadbiq etilganda, R munosabatdan ba`zi bir komponentalar olib tashlanadi. Qolganlari esa qaytadan tartiblanadi (7.4, b).



  1. Ulash ( ) – berilgan ikkala jadvalda umumiy qiymatga ega bo`lgan kortejlarning ulanishidan iborat yangi jadval xosil qiladi. Natijaviy jadvalda umumiy qiymat faqat bir marta qatnashadi. Bunday ulash tabiiy ulash deb ataladi (7.4, v).



  1. Bo`lish – berilgan binar va unar ikkita jadval uchun unar jadvalning barcha qiymatlari bilan moslashgan binar jadvaldagi bitta atributning qiymatlaridan iborat jadval (7.4, g).


Jadval ustidagi har amal natijasi jadvaldan iborat bo`ladi. Ushbu relyatsion xususiyat yopiqlik xossasi deb ataladi. Biror amal natijasi boshqa amal uchun boshlang`ich ma`lumot sifatida qo`llanilishi mumkin. Shuning uchun, masalan, birlashtirish proeksiyasini olish yoki ikkita tanlanma ulanmasini olish mumkin. Bunday ifodalar murakkab hisoblanadi.
Har bir munosabat sarlavxaga, tanasiga, kalitlar potentsialiga (zaxirasiga) ega bo`ladi. Relyatsion amallarni bajarishda atribut nomlarini yaratilishi va potentsial kalitlar o`zgarishiga e`tibor qilish kerak.
Jadvallar ustida amallar bajarilishini batafsil ko`rib o`tamiz. Birlashtirish (union), kesishma (intersect) va ayirish (minus) amallari uchun quyidagi 2 ta xossa qanoatlantirilishi kerak:

  • operandlar bir xil darajaga ega bo`lishi kerak;

  • mos atributlar bitta domenda aniqlanishi kerak..

Ko`paytirish amali bu shartni bajarilishi talab etmaydi.
Hozirgi paytda relyatsion MBBT ni taraqqiyotida yangi til QBE tili ishlamoqda. Bu tilda relyatsion algebra va relyatsion hisoblashlarda ko`zda tutilmagan bir qancha imkoniyatlar kirgan. Bu tilni hususiyati shundan iboratki, u terminallarda ishlashga muljallangan. So`rovlarni yaratish uchun maxsus ekran redaktoridan, munosabat va redaktorlaridan foydalanamiz. QBE tilida foydalanuvchi o`zi olishini mo`ljallagan natijani so`rov ko`rinishida tasvirlaydi va MBBT uni kerakli amallar ketma – ketligiga aylantirib beradi.

Munosabatlar ustida amallarga misollar



Birlashtirish




Ayirish










Kesishma






Dekart ko`paytma








Selektsiya tanlash




Proeksiya










Ulash






Bo`lish








Nazorat savollari

  1. Munosabat va mohiyat-aloqa tushunchalari va ularning farqi nimadi?

  2. Relyatsion model qismlari va ularning vazifalari qanday?

  3. Kalit turlari va ularga amaliy misollar keltiring.

  4. Relyatsion algebra nima va qaeda qo`llaniladi?

  5. Maxsus relyatsion amallar bilan ananaviy amallarning farqi nimadi?

  6. Kombinatsiyalangan relyatsion amallar bajarish mumkinmi?

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin