Matematika-Informatika fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi
20.09-guruh talabasi To’lanov Sanjarbekning Algoritmik tillar va dasturlash fanidan “C# dasturlash tilida CheckedListBox komponentasi va u yordamida dasturlar tuzish” mavzusida
Kirish……………………………………………………………………… 1-§.Pedagogika…………………………………………………………… 2-§.Virtual borliq tushunchasi…………………………………………. 3-§ Virtual ta’lim jarayoni va uni boshqarish………………………… 4-§. pedagogik talimda virtual borliqdan foydalanish ……………….. Xulosa……………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………
KIRISH «Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jaron Lanier tomonidan o’ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g’oyasini ifoda etadi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko’ra tabiiy yo’l bilan amalga oshirib bo’lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar. Virtual borliq — inson real borliqda harakat qilayotgan illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda obyektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o’rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo’q narsa, uni qo’l bilan tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ham ega bo’ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o’zgartira oladi.