O‘lchash ob’ekti bu yerda o‘lchanishi lozim bo‘lgan kattalikni ifodalaydi.
Qiymat oldindan mavjud bo‘lgan massa, uzunlik, vaqt va shu kabi etalonlar bilan taqqoslanib natijani xosil qiladi.
Turli qiymatlarni (o‘lchov birliklarini) ifodalash uchun etalonlar ishlab chiqilgan bo‘lib, Parij yaqinidagi Sevr shahrida ”O‘lchov va Tarozilar” xalqaro byurosida saqlanadi.
O‘lchov birliklarining etalonlari quyidagi sinflarga bo‘linadi:
- Xalqaro etalonlar
- Birlamchi etalonlar
- Ikkilamchi etalonlar
- Ishchi etalonlar
Xalqaro etalonlar - xalqaro o‘zaro kelishuvni ifodalaydi.Ular doimiy ravishda rivojlanib boradi va absolyut fizik o‘lchov birliklari orqali tekshirilib turiladi. Ushbu xalqaro etalonlar o‘lchash va kalibrlash kabi oddiy metrologik tadbirlarni bajarilishda ishlatilmaydi.
Birlamchi etalonlarning asosiy funktsiyasi ikkilamchi etalonlarni kalibrlash va tekshirib turishdir. Birlamchi etalonlar turli davlatlarning Milliy Standart Labaratoriyalarida saqlanadi. Birlamchi etalonlar Milliy Labaratoriyalardan tashkarida foydalanish mumkin emas.
Ikkilamchi etalonlar sanoat labaratoriyalarida o‘lchash va kalibrlash uchun asosiy etalon xisoblanadi. Ikkilamchi etalonlar kaysi sanoat yo‘nalishiga tegishliligidan kelib chiqgan xolda tasdiklanadi. Xar bir ikkilamchi etalonlar kalibrlash va birlamchi etalonlar bilan taqqoslash uchun Milliy Standartlash Labaratoriyalariga yuboriladi.
O‘lchashlar birliligiga erishish mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalarning sifatini, xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha bajaradigan ishlarning asosidir. O‘lchashlar birliligini ta’minlash dunyodagi har bir mamlakat uchun davlat ahamiyatidagi masaladir. Ma’lumki, o‘lchashlar birliligi O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi asosida amalga oshiriladi.
O‘lchashlar birliligi hozirgi zamon metrologiya faoliyatidagi asosiy tushunchasi bo‘lib hisoblanadi va o‘lchashning shunday holatini tavsiflaydiki, unda o‘lchash natijalari kattaliklarni qonunlashtirilgan birliklarida ifodalangan ularning xatoliklari esa berilgan ehtimollik bilan o‘rnatilgan chegarada bo‘ladi.
O‘lchashlar birliligini ta’minlashning ilmiy asosi bo‘lib o‘lchashlar to‘g‘risidagi “Metrologiya” fani hisoblanadi. Hozirgi zamon metrologiya 3 bo‘limdan iborat:
− nazariy metrologiya;
− qonuniy metrologiya;
− amaliy metrologiya;
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining texnikaviy asoslari bo‘lib hisoblanadi:
− Milliy etalonlar kompleksi bo‘lib ular kattalik birliklarini takrorlash va saqlash uchun mo‘ljallangan.
− O‘lchash vositalari va o‘lchashlarni bajarish usullarining qonuniyligini o‘rnatish tizimi.
− Birliklar o‘lchamligini etalonlardan ular bilan o‘zaro bo‘ysunishda bo‘lgan o‘lchash vositalariga uzatish tizimi.
Tizimning tashkiliy asosi bo‘lib, O‘zbekiston metrologiya xizmati hisoblanadi. Ushbu xizmat davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatidan tashkil topgan.
Tizimning qonuniy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”dagi qonuni hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-son «O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va seritifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorinning 3-ilovasida “O‘zstandart” agentligi to‘g‘risida nizom keltirilgan.
“O‘zstandart” agentligi tuzilishi quyidagilar kiradi:
*Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari
* Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari;
* Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi;
* Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti
* Milliy etalonlar markazi
* Shtrixli kodlashtirish markazi ;
* Axborot-ma’lumotlar markazi ;
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmati Davlat boshqaruv organlari, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan zaruriy hollarda “Bosh metrologiya xizmati” yoki “Asos metrologiya xizmati” shaklida ochilishi mumkin.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining normativ-huquqiy asosi bo‘lib O‘zbekistonda o‘lchovlar birliligini ta’minlash Davlat sistemasining hujjatlar kompleksi hisoblanadi.
Bu kompleks tarkibiga xalqaro, davlatlararo va milliy normativ va uslubiy hujjatlar kiradi. Bu hujjatlar o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha qancha, normativ va ishlarni bajarish tartibini aniqlaydi, bu esa Davlatning ishlab chiqarish va iqtisodiy integratsiyasiga va savdodagi to‘siqlarni bartaraf qilinishga imkon beradi.
4.2-rasm. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O‘zstandart" agentligi)ning tashkiliy tuzilmasi.