Axborot ortiqchaligi – bu haqiqat. Ma‟lumotlarning ortiqchaligi zamonaviy jamiyatning malakali vakillari orasida fikrlash sifatining kamayishiga sabab bo’ladi.
Zamonaviy axborot tizimlarni tadbiq qilish:
axborotni qo’shimcha modulli taqdim etish imkoniyatining mavjudligi.
Quyidagi didaktik talablarning bajarilishi:
o’quv materialini taqdim etishning maqsadga yo’naltirilganligi; ko’rgazmalilik, yetarlilik, o’quv materialining tarkiblanganligi va zamonaviyligi, to’liqlik;
murakkablik darajasi bo’yicha o’quv materiallarini taqdim etishning ko’p qatlamliligi;
Ta‟lim jarayonida axborot tizimlaridan foydalanishda quyidagilar hisobiga ta‟lim sifatini oshirish mumkin:
o’z imkoniyatlari va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda o’quv materiallariga moslashish;
predmetni o’rganish uchun qulay usulni tanlash imkoniyati;
o’quv jarayonining turli bosqichlarida o’qishning jadalligini sozlash;
o’z-o’zini nazorat;
o’qitishning faol usullarini qo’llash;
o’rganilayotgan materialni ko’rgazmali shaklda taqdim etish; axborot tizimining alohida tarkibiy qismlarini ko’paytirish imkoniyatini beruvchi modulli qurish;
mustaqil o’qishni rivojlantirish.
Ta‟lim jarayonida axborot tizimlarini qo’llash natijasida quyidagi salbiy tomonlar namoyon bo’lishi mumkin:
madaniy – o’rganuvchilarning ortiqchaligiga xavf tug’diradi;
sotsial-iqtisodiy – sifatli ta‟lim olish imkoniyatining teng
bo’lmagan imkoniyatlarini yaratadi;
siyosiy – milliy davlatlarda fuqarolik jamiyatini buzishga olib kelishi mumkin;
etnik va huquqiy – boshqaning intellektual boyligini nusxalash va undan foydalanishga olib kelishi mumkin.
Bunday sharoitlarda ta‟limni avtomatlashtirish jarayoni boshqariluvchi bo’lishi lozim. Kompyuter texnologiyalarini qo’llashda quyidagi didaktik talablar muhim hisoblanadi:
o’quv materialini taqdim etishning maqsadga yo’naltirilganligi; o’quv materialining yetarliligi, ko’rgazmaliligi, to’liqligi, zamonaviyligi va tarkiblanganligi;
murakkablik darajasiga ko’ra o’quv materialini taqdim etishning ko’p qatlamliligi;
nazorat savollarining to’liqligi va zamonaviyligi; ishlash davrida harakatlarning protokollashtirilishi;
o’quv materiallar bilan ishlash rejimini tanlash imkoniyati va interfaolligi.
Hozirgi kunda axborot tizimlarini qo’llashning quyidagi yo’nalishlari keng qo’llanilmoqda:
Kompyuter dasturlari va o’rgatuvchi tizimlar:
yangi bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga mo’ljallangan kompyuter darsliklari;
bilimi, qobiliyati va uddaburonligini baholash va tekshirishga mo’ljallan-gan tashxis yoki test tizimlari;
jamlangan bilim va malakalari asosida qaror qabul qilishni o’rgatishga mo’ljallangan ekspert tizimlar;
biror aniqlikni kuzatish uchun o’rganuvchi ixtiyoriga matematik model-larni taqdim etuvchi va asosida modellashtirish dasturlari yotgan labo-ratoriya komplekslari;
turli sohalar bo’yicha jamlangan bilimlarga kirishni ta‟minlovchi berilganlar bazasi va bilimlar bazasi;
aniq o’quv amalini bajarishni ta‟minlovchi amaliy va anjomiy dasturiy vositalar (matnlarga ishlov berish, jadvallar tuzish, grafik axborotni tahrirlash va h.k.).
Videotexnika, CD-ROM da jamlovchilarni qo’llash bilan qurilgan multimedia-texnologiyalar asosidagi tizimlar.
Aniq qo’llanilish sohalariga yo’naltirilgan intellektual o’rgatuvchi tizimlar. O’rganish, o’quv kuzatishlar jarayonlarida katta ahamiyatga ega.
Berilganlar bazalari va bilimlar omborlari asosidagi axborot muhitlari. Axborot manbalariga to’g’ridan-to’g’ri va masofaviy kirish imkonini beradi.
Telekommunikatsion tizimlar. Telekonferensiya, elektron pochta va boshqalarni amalga oshiradi. Xalqaro telekommunikatsion tarmoqqa kirish imkonini beradi.
Stol elektron topografiyalari. Individual rejimda katta tezlikda turli tashuvchilarda o’quv qo’llanmalari va hujjatlarni chiqarishni amalga oshiradi.
Markazlashgan va taqsimlangan tavsifga ega bo’lgan elektron kutubxonalar. Xalqaro axborot manbalariga kirishni yangicha amalga oshirish imkonini beradi.
Kompyuter kartografiyasi va berilganlar bazasini boshqarish tizimlarini birlashtirish texnologiyasiga asoslangan geoaxborot tizimlar.
Axborotlarni himoyalash tizimlari (saqlashda ruxsatsiz kirishdan, eshitishdan himoyalanish va h.k.).
Zamonaviy axborot tizimlarini ta‟limga tadbiq qilishda ochiladigan yangi imkoniyatlar multimedia-texnologiyalar asosida turli tasvirlarni bezatishdir. Multimedia texnologiyasining yuzaga kelishi darsliklar, o’quv qo’llanmalar va boshqa uslubiy materiallarni mashina tashuvchilarida yaratish imkoniyati tug’ildi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Katta hajmli tasvirlar bilan materialni matnli bayon etuvchi darsliklar. Bunda tasvirlar serverlarga o’rnatilishi va tarmoq orqali kompyuterga uzatilishi mumkin. Materialning chegaralangan hajmida foydalanuvchining to’g’ridan to’g’ri serverga bunday darslikka kirishi orqali amalga oshiriladi.
2. CD-ROMda bajarilgan yuqori dinamikali tasviriy materialli darsliklar. Asosiy material bilan birga animatsiya va multiplikatsiya, hamda videotasvirlarni o’z ichiga oladi. Alohida jarayonlar va voqealarni amalga oshirish usullarini namoish qilinadi. Bunday darsliklar nafaqat darslik, balki badiiy nomga ham ega bo’lishi mumkin. Axborot tashuvchi xotirasining juda kattaligi birgina optik diskda ma‟lumotnoma, ensiklopediya, yo’l ko’rsatkich va h.k.larni joylashtirish imkonini beradi.
3. Ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish uchun zamonaviy kompyuterli o‘qitish tizimlari. Ular jarayonlar, voqealarni modellashtirish imkonini beradi, o’rganuvchi faol ishtirokchi bo’lgan va o’zi o’quv jarayonini boshqarishi mumkin bo’lgan yangi kompyuterli o’quv muhitini yaratadi.
4. Virtual reallik tizimlari. O’rganuvchi o’rab turgan muhitni ifoda-lovchi kompyuter modelining ishtirokchisiga aylanadi.
5. Masofaviy ta’lim tizimlari. Murakkab sotsial-iqtisodiy sharoitlarda masofaviy ta‟lim olish alohida regionlar, kam harakatlanuvchi kishilar hamda o’quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun juda muhim bo’lmoqda. Masofaviy ta‟limni, faqat maqsadga yo’naltirilgan dastur asosida fundamental, tabiiy-ilmiy, umummutaxassilik, maxsus fanlar bo’yicha o’qitishga qaratilgan yuqori sifatli multimedia-texnologiyalarni yaratgandagina samarali tadbiq qilish mumkin. Ammo bu hozirgi kunda katta moliyaviy vositalarni talab qiladi va tijorat shaklida o’zini oqlamayapti. Bunday dasturning tadbiq qilinishi, o’rganuvchiga mustaqil ish yuklamasini orttirgan holda, o’quv jarayonini yangicha tashkillashtirish imkonini beradi.
Ta‟limni axborotlashtirish jarayonida quyidagini nazarda tutmoq lozim: kompyuterdan foydalanishning asosiy maqsadi inson qo’yilgan pedagogik masalani bajara olmasligi mumkin bo’lgan holatlarga qaratilgan. Masalan, o’qituvchi kompyuterli modellashtirishsiz ko’pgina fizik jarayonlarni ko’rgazmali ko’rsata olmaydi. Ikkinchi tomondan, kompyuter mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda, yangi bilim va ko’nikmalarni o’rganishda o’quvchi imkoniyatlarining o’sishiga yordam berishi lozim. O’rgatish jarayoni turli axborot (audio, video, grafik, matnli, jadvalli) bilan ishlash texnologiyasiga emas, ma‟lum bir dasturiy vositalar bilan ishlay olishga qaratilgan bo’lishi lozim. Ammo, o’quv dasturiy mahsulotlarning asosiy qismi mavjud darsliklarni ifodalaydi.