5-ma’ruza. Shaxsiy kompyuterlarning funktsional-tuzilmaviy tashkil etilishi va kompyuterlarning rivojlanish yo’nalishlari



Yüklə 96,98 Kb.
səhifə4/4
tarix14.12.2023
ölçüsü96,98 Kb.
#177983
1   2   3   4
funksional tuzilmaviy

Mashina so’zi – bu bitlarning aniq, tartiblangan kеtma – kеtligidir, kompyutеr uni yahlit ma’lumot sifatida qabul qiladi. Mashina so’zi baytga karrali bo’lib, shaxsiy kompyutеrning turiga qarab turli uzunlikda bo’lishi mumkin (16 yoki 32 bit).
Ancha yuqori chastotalarda ishlovchi zamonaviy protsessorlar haddan tashqari qattiq qizib ketadi. Ammo protsessorlar ham mansub bo’lgan yarim o’tkazgichli mikrosxemalar 80-100 darajadan ortiq haroratga chidolmaydi. Ozgina qizib ketsa ham, ular yo o’chib qoladi, yoki ishdan chiqadi. Protsessorning korpusini sovutish uchun katta miqdorli qovurg’alarga ega bo’lgan alyuminiy yoki misdan yasalgan og’ir radiatorlardan foydalaniladi (5-rasm). Ularni ventilyator havo bilan puflab turadi. Ventilyator uchun "kuler" (inglizcha, "cooler" - muzlatgich, issiqlikni oluvchi) atamasi ommaviydir. Bir qator tizimli platalar u chiqarayotgan va ko’tarilayotgan shovqinni kamaytirish uchun ventilyatorning aylanish tezligini tartibga solib tura oladi.

5-rasm. Protsessorni sovutish uchun kulerli radiator:
a) to’g’ri burchakli; b) Silindr shaklli
Misol sifatida 6-rasmini ko’rib chiqamiz. Unda Celeron va Pentium protsessorlariga mo’ljallangan, ancha mashhur va ommalashgan AT shaklli omilining tizimli platasini chizmasi keltirilgan.

6-rasm. Soltek SL-63AV tizimli platasi.
Tepadagi chap burchakda kengaytiruvchi slotlarning an’anaviy to’plami: turli xildagi kartalarni o’rnatishga mo’ljallangan ikkita ISA va uchta PCI sloti hamda zamonaviy videoadapter uchun AGP sloti joylashgan.
Shuni ta’kidlashimiz mumkinki, tizimli platalarda ISA slotlarini o’rnatmaslikka harakat qilinadi, ularning o’rniga bitta AMR slotini yoki ovoz kartasi, yoki modem uchun mo’ljallangan, AC'97 spetsifikatsiyasini qo’llab-quvvatlovchi CNR sloti montaj qilinadi. O’ngda esa Intel korporatsiyasining protsessorini o’rnatish uchun katta soket joylashgan. Ushbu holatda – bu Soket 370 dir (Pentium, AMD K5 hamda K6 protsessorlari uchun keng tarqalgani Socket7 edi). Pentium 4 protsessorlari uchun boshqacha jaylashtirilgan va kontaktlari soni boshqacha bo’lgan soketlar ishlatiladi. Athlon va Duron protsessorlari uchun Socet A dan foydalaniladi. Tizimli plataning pastida 168 kontaktli DIMM modullarini o’rnatish uchun uchta slot joylashgan. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, xotira modullari uchun 2 tadan 4 tagacha miqdorda bo’lgan slotlar ko’pincha plataning o’ng qanotida o’rnatiladi.
Ta’minotning ajratish joyi (raz’yom) amalda doimo plataning yuqori o’ng burchagiga yaqin joylashgan bo’ladi. 6-rasmda ko’rsatilgan tizimli plata ham bundan mustasno emas. Ammo ushbu holatda ishlab chiquvchilar (loyihachilar ma’nosida) AT shakli-omili singari bo’lganidek, ATX shakl-omilining ham iste’mol bloklarini ishlatish imkoniyatini beruvchi ikki turning ham raz’yomlarini taqdim etgan.
Bunday yondashuv tipik emas, ammo o’zlari kompyuter yig’adigan foydalanuvchilar orasida juda mashhur.
Ko’rib chiqilayotgan tizimli plata AT shakl-omiliga ega bo’lgani uchun unda faqat klaviaturani ulash uchun ajratish joyi bor, xolos. U o’ng tepa burchakda joylashgan. ATX shakl-omilga ega bo’lganda esa tizimli platada ketma-ket va parallel ulanadigan interfeyslar uchun ham uzilish joylari (raz’yomlar) o’rnatiladi. Pastki chap burchakda kompyuterning chap paneliga chiqaruvchi indekatorlar va tugmachalarni ulash uchun kontakt maydonlari montaj qilingan. Bu yerda, shuningdek, ichki dinamik va klaviaturaning qulfini (bu qulfdan uni korpusga o’rnatish ham qulay) ulash uchun kontaktlar mavjud.
Ular yordamida kompyuterning konfiguratsiyasi yaratiladigan jamperlar uchun Jn va JPn sifatida belgilangan kontaktlar butun tizimli plata bo’yicha erkin joylashtirib chiqilgan. Jamperlarning to’plami nimaga mo’ljallangani va qanday joylashuvi har bir tipdagi tizimli plataning faqat o’ziga xos bo’ladi. Ularni to’g’ri o’rnatish uchun tizimli plataga oq bo’yoqlarda bitilgan yozuvlardan yoki mazkur plataning hujjatlaridagi ko’rsatmalardan foydalanish kerak. Agar 6- va 7- rasmlarda ko’rsatilgan tizimli platalar solishtirilsa, keyingisi sifatida belgilanuvchi hamda ular yordamida kompyuterning konfiguratsiyasi sozlanuvchi jamperlar uchun ajratish joylari amalda yo’q ekanligini payqash mumkin. Bu mazkur platada BIOS dasturidan foydalanganiga bog’liqdir. Ushbu dastur tizimli platada o’rnatilgan hamma uskunalarning ko’pchilik parametrlarini o’zi mustaqil belgilaydi, konfiguratsiyasi qo’lda bajarilishi talab qilinadiganlari esa BIOS ilovasi orqali sozlanadi.
Asosiy xotira tеzkor xotirlovchi (TXQ) va doimiy xotirlovchi (DXQ) qurilmalardan iboratdir.

7-rasm. Pentium 4 protsessori uchun ABIT IT7/ITFE tizimli platasi.
TXQ bеvosita hisoblash jarayonida qatnashuvchi axborotni saqlab turish uchun mo’ljallangan. Bajarilishi lozim bo’lgan dasturlar TXQ ga disk yoki diskеtalar, axborot tashuvchi qurilmalardan ko’chirib olinadi (yuklanadi). Kompyutеr o’chirilganda TXQ dagi ma’lumot o’chib kеtadi. Tеzkor xotirani yachеykalarning jamlanmasi sifatida qabul qilish mumkin. har bir yachеyka razryadlarga bo’lingan, razryadlarda bir bit axborot saqlanadi. Xotiraning ihtiyoriy yachеykasiga nollar va birlar to’plami yozilgan bo’lishi mumkin, bu to’plamlar bitta mashina so’zini tashkil qiladi. Barcha yachеykalarga tartib rahami bеrilgan. YAchеykaning tartib rahami uning adrеsidir. Bu adrеs yachеykalarni bir biridan farq qilishga, yachеykaga eski ma’lumot o’rniga yangi ma’lumot kiritish yoki unda saqlanayotgan ma’lumotdan foydalanish maqsadida unga murojaat etish imkonini bеradi.
DXQ o’zgarmas axborotni saqlab turish uchun ishlatiladi. Xususan, DXQ ishlab chiharuvchi tomonidan bеlgilangan, BIOS dеb ataluvchi maxsus dasturlar majmuasini saqlab turadi. SHuningdеk, DXQ da har gal kompyutеr yoqilganida bloklar ishlashining to’g’riligini tеkshirib chiquvchi tеst-dasturlar ham saqlanadi.
Vidеokarta (vidеoadaptеr) monitor bilan birgalikda shaxsiy kompyutеrning vidеotizimini tashkil qiladi.

8-rasm. Vidеokarta
Tovush kartasi ba'zi joylarda ovoz kartasi dеb yuritiladi, tovush, nutq, musiqaga ishlov bеrish bilan bog’liq opеratsiyalarni bajaradi. Ovoz kartasi (9-rasm) kompyuterning majburiy qismi (komponenti) emas, chunki har bir tizimli blokda dinamik o’rnatilgan (lekin ulardan taraladigan ovoz sifati juda yomon). Ammo dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar hozir qaysidir ovoz adapteri bo’lishini talab qiluvchi dasturlar tuzmoqdalar. Ovoz platasining o’zi kompyuterning ichiga o’rnatilgan dinamik bilan hech qanday aloqasi yo’q. Shuning uchun ovozni eshitish uchun alohida ovoz karnaylari talab qilinadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, ayrim hollarda ular monitorning korpusiga montaj qilingan bo’ladi.

9-rasm. Tovush kartasi
Zamonaviy kompyuterlarda ovozni apparat bilan qo’llab-quvvatlash quyidagi shakllardan birida amalga oshiriladi:
· PCI shinasining ajralish joyiga o’rnatilgan audio-adapter;
· Crystal, Analog Devices, Sigmatel, ESS va boshqa kompaniyalar ishlab chiqarayotgan tizimli platadagi mikrosxema;
· tizimli plata mikrosxemasining asosiy to’plamiga yig’ilgan ovoz uskunalari (ularga Intell, SIS va VIA Technologies kompaniyalarining uncha qimmat bo’lmagan kompyuterlar uchun yaratgan eng zamonaviy mikrosxemalar to’plamlari kiradi).
Asosiy uskunaning qayerda joylashganidan qat¢iy nazar, akustik tizim, mikrofon va boshqa ko’plab qo’shimcha audiouskunalar mavjuddir.
Ovoz platalarini qo’llash sohalari.
Ovoz platalari bir qancha qo’shimcha imkoniyatlar beradi, bular:
· ko’ngilochar (o’yin) dasturlariga stereoovoz qo’shish;
· ta’limiy dasturlarning samaradorligini oshirish;
· namoyish va ta’lim dasturlariga ovoz effektlarini qo’shish;
· MIDIning apparat va dasturiy vositalari yordami bilan musiqa yaratish;
· fayllarga ovozli shaklarni qo’shish;
· ovozli tarmoq konferensiyalarini amalga oshirish;
· amallar tizimi hodisalariga ovozli effektlarni qo’shish;
· matnni ovozli qayta tiklash;
· matnni qayta tiklash;
· audiokompakt disklarni eshitish;
· MP3 formatli fayllarni eshitish;
· videokliplarni ko’rish va eshitish;
· DVD - filmlarni qayta tiklash;
· ovozli boshqarishni qo’llab-quvvatlash.
TV – tuner:bu qurilma o’rnatilgandan keyin kompyuter orqali television ko’rsatuvlarni tomosha ilish imkoni tug’iladi. Bu qurilma ham tizimli blok ichiga joylashtiriladi.

10-rasm. TV – tuner
Kompyuterning hamma qismlarini quvvat bilan ta’minlovchi ta’minot (iste’mol) bloki an’ana bo’yicha chetda (periferiyada)gi uskuna hisoblanmaydi. Ammo shuni bilish lozimki, zamonaviy ta’minot bloki shunchaki zarur kuchlanishni ishlab chiqarish bilan kifoyalanmaydi, balki u kompyuterning yoki tashqi uskunalarning buyruqlariga ko’ra ish rejimini ham o’zgartirishi mumkin.

11-rasm. Ta’minot (iste’mol) bloki
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. V. Rajaraman. Introduction to information technology (second edition). India, 2013.
2. M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova. Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T.: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y.
3. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y.
4. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. Т.:, “O’qituvchi”, 2011 y.
Yüklə 96,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin