Hayot vaqti (8bit) – bu maydon paketning tarmoqqa o’tishi uchun ketadigan belgilangan vaqtni berish uchun foydalaniladi. Paketning hayotiy vaqti sekundda o’lchanadi va manba tomonidan beriladi.
Protokol (8 bit) – bu paketning ma’lumot maydonida joylashgan axborot qaysi yuqori pog’onadagi protokolga tegishli ekanligini ko’rsatuvchi identifikatordan tashkil topadi. Identifikator qiymati turli xil protokolllar uchun standartga mos holda beriladi. Masalan, 6 raqami paketda TCP xabari, 17 – UDP xabari, 1 – ICMP xabari borligini bildiradi.
Sarlavhaning nazorat yig’indisi (16 bit)– paket sarlavhasining nazorat yig’indisi qiymati. Bu maydon uzatish jarayonida paket sarlavhasining to’liqligini tekshirish uchun ishlatiladi. Nazorat yig’indisini paket manbasi hisoblaydi va paket o’tadigan har bir marshrutizator tomonidan tekshiriladi va qayta hisoblanadi. Nazorat yig’indisini qayta hisoblash paket sarlavhasi maydoning o’zgarishi bilan bog’liq, masalan, har bir marshrutizator “Hayot vaqti” maydonini o’zgartiradi. Nazorat yig’indisini hisoblashda “Nazorat yig’indisi” maydonining qiymati 0 ga teng deb qabul qilinadi.
Manba IP-manzili (32 bit) – paket yuborilgan uzel manzili.
Parameter – bu maydon paketni uzatishning qo’shimcha parametrlarini yoki paketning o’tish marshruti haqidagi yozuvlarni ko’rsatish uchun mo’ljallangan. Maydon zarur hisoblanmaydi va odatda faqat tarmoqni sozlashda ishlatiladi.
Baravarlash – maydon paket sarlavhasini 32 bitli chegarada baravarlash uchun ishlatiladi.
TCP/IP protokollar stekida 3 turdagi manzillar ishlatiladi:
Mahalliy (qurilmaviy) –tarmoq ostilarida paketlarni yetkazib berish uchun “mahalliy” texnologiyalar tomonidan ishlariladigan manzillar. Misol uchun, Ethernet, FDDI, WiMAX va boshqa tarmoqlardagi MAC-manzillar.
IP-manzillar – Internetda tarmoq interfeyslarini identifikatsiyalovchi tarmoq bosqichi manzillari. Bu manzillash tizimi universal va bir qiymatli usul bilan asosiy tarmoqning ixtiyoriy interfeysini identifikasiyalash imkonini berishi kerak. Buning hayratlanarli yechimi tarmoqdagi barcha tarkibiy tarmoqlarni noyob raqamlash bo’lib, bundan keyin har bir shunday tarmoqlardagi barcha bog’lamalar raqamlanadi.
Domen nomlar - kompyuterlarni identifikasiya qilish uchun TCP/IP tarmoqlaridagi apparat-dasturiy ta’minot IP-manzilning sonli ifodalanishiga asoslanadi. Biroq odatda foydalanuvchilar bir muncha qulay belgilar (domenli) kompyuter nomidan foydalanishni afzal ko’rishadi.