Sinxron RS-triggerlarda sinxrosignal beriladigan qo’shimcha kirish yo’li bo’lib, bu kirish yo’li axborot kirish yo’llari ( va ) bilan mantiqi orqali bog’langan. Ko’pincha sinxrosignal takt signali deb ham ataladi. Bunga binoan "sinxron trigger" atamasi bilan bir qatorda "taktlanuvchi trigger" atamasi ham ishlatiladi. Shunday qilib, va kirish yo’llariga beriladigan axborot triggerga faqat sinxrosignal berilganidagina kiritiladi.
Sinxrosignal orqali boshqariluvchi sinxron triggerning ishlash printsipini bir pog’onali mantiqiy elementlar asosida qurilgan sxema (5.3-rasm) misolida ko’ramiz. Quyidagicha belgilashni qabul qilamiz. Sinxrosignal berilguniga qadar har bir mantiqiy elementning holatini va kirish yo’li signallarining qiymatini 0 va 1 simvollari bilan belgilaymiz. Sinxrosignal ta’siri mobaynidagi elementlarning holatini bu simvollarning kichik qavsga olinganlari bilan, sinxrosignal ta’siri tamom bo’lgandagi elementlarning holatini esa bu simvollarning o’rta qavsga olinganlari bilan belgilaymiz.
Faraz qilaylik, sinxrosignal berilmasidan oldin ( ) trigger nollik holatida ( , ) hamda triggerning axborot kirish yo’llariga berilgan signallar va bo’lsin. bo’lganligi uchun va elementlarning chiqish yo’llaridagi signallar birlik qiymatiga ega (qavssiz simvollar).
5.3-rasm. mantiqiy elementlar asosida qurilgan sinxron -trigger sxemasi (a) va uning shartli belgisi (b).
Sinxrosignal berilganida (kichik qavs ichidagi simvollarga qaralsin) va va signallarining oldingi holati saqlanganida, elementning chiqish yo’li birlik qiymatini saqlaydi, elementning chiqish yo’li esa nollik qiymatini oladi. Bu o’z navbatida signalining paydo bo’lishiga va elementning kirish yo’llarida birlik signallarining mos kelishiga, ya’ni bo’lishiga olib keladi. Sinxrosignal olingandan so’ng esa teskari bog’lanish zanjirlaridan kelayotgan signallar evaziga trigger birlik holatini ( , ) saqlaydi (o’rta qavs ichidagi simvollarga qaralsin). Triggerning bu holati keyingi sinxrosignallar berilguncha ( va signallarining qiymati sinxrosignallar orasidagi to’xtamda o’zgarsa ham) o’zgarmaydi.
Sinxrosignal orqali boshqariluvchi triggerning o’ziga xos xususiyati sinxrosignal ta’siri mobaynida va axborot signallarning o’zgarishi trigger holatining o’zgarishiga olib kelishidir.
Sinxron -triggerning ishlash qonuni 5.2-jadvalda berilgan. Jadvalda , va - mashina vaqtining oldingi ( -chi) vaqtidagi triggerning kirish va chiqish yo’llaridagi axborot signallarining qiymatlari, - -chi vaqt signali (sinxrosignal) berilganida triggerning o’tadigan holati. Bu erda va signallari -chi sinxrosignal ta’siri davomida o’z qiymatlarini o’zgartirmaydi deb faraz qilinadi.
Sinxron triggerlar sinxronlanuvchi kirish yo’llari qatori triggerni biror holatga bevosita sinxrosignal bermasdan o’tkazuvchi zanjirlarga ega. Bu va kabi belgilanuvchi ( - inglizcha - to’g’ri, bevosita so’zidan olingan) kirish yo’llari triggerni boshlang’ich holatiga o’tkazish uchun ishlatiladi. 5.3-rasmdagi simvollar ustidagi inversiya belgisi( va ) elementlari asosida qurilgan triggerlarni bevosita boshqarish uchun invers (nol) signallar ishlatilishi lozimligini ko’rsatadi.
5.2-jadval
№
|
- takt
|
- takt
|
|
|
|
0
|
0
|
0
|
|
1
|
0
|
1
|
0
|
2
|
1
|
0
|
1
|
3
|
1
|
1
|
|
Sinxron triggerlar 5.4-rasm, "a" va "b" dagidek shartli belgilanadi. 5.4-rasm, "a" da bir juft axborot kirish yo’lli, 5.4-rasm, "b" da esa mantig’i bilan bog’langan ikki juft kirish yo’lli triggerlar ko’rsatilgan.
5.4-rasm. Sinxron triggerlarning shartli belgilanishi.
3. Axborotni ikki pog’onali xotirlovchi triggerlar ikkita trigger tuzilmasidan iborat. Biri etakchi deb, ikkinchisi etaklanuvchi deb ataladi (5.5-rasm).
Ikkala trigger sinxron triggerlar bo’lib, qarama-qarshi sinxron kirish yo’llariga ega. 5.5-rasmda etakchi trigger to’g’ri sinxron kirish yo’liga ega va bo’lganida ishlaydi, etaklanuvchi esa invers sinxron kirish yo’liga ega va da ishlaydi.
5.5-rasm. Ikki pog’onali trigger sxemalari (a), (b) va uning shartli belgilanishi (c).
Birinchi bosqichda, etakchi triggerga axborot yozilayotganida, etaklanuvchi ishlamaydi va oldingi holatini saqlab turadi. Etakchi triggerga berilayotgan sath olib tashlanganidan so’ng undan etaklanuvchi triggerga axborot yoziladi. Shunday qilib, inversli mantiq sathlarini boqarish evaziga axborotni bosqichma-bosqich yozish amalga oshiriladi.
Ikki pog’onali triggerda eski axborotni saqlash va yangi axborotni qabul qilish jarayonlari o’rtasidagi qarama-qarshilik bartaraf etiladi. Bu o’z navbatida "musobaqa" holatlari bartaraf etilgan sinxron avtomatlarni qurishga imkon beradi.
Ikki pog’onali triggerlar ko’pincha -triggerlar (" "- xo’jayin, " " - qul) yoki universal triggerlar deb ataladi va ikkilangan harf ( ) bilan belgilanadi (5.5c-rasm).
Ikki pog’onali trigger tuzilmasi bo’yicha ixtiyoriy triggerlarni qurish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |