5-ma’ruza. Trigger turlari va tadbiqi. Triggerlarning sinflanishi, triggerlarning ishlash tamoyili va tarkibi, triggerlarning asosiy ulanishlari va ko‘rsatgichlari Reja



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/3
tarix13.02.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#84096
  1   2   3
5-ma’ruza. Trigger turlari va tadbiqi. Triggerlarning sinflanish


5-ma’ruza. Trigger turlari va tadbiqi. Triggerlarning sinflanishi, triggerlarning ishlash tamoyili va tarkibi, triggerlarning asosiy ulanishlari va ko‘rsatgichlari


Reja:

  1. Trigger ta’rifi. Asinxron va sinxron triggerlar.

  2. -trigger.

  3. Ikki pog’onali trigger.



Tayanch iboralar: Trigger, asinxron trigger, sinxron trigger, -trigger, ikki pog’onali trigger.

1. Trigger ikkita turg’un muvozanat holatga ega bo’lgan sxema bo’lib, ikkilik sanoq tizimida ifodalangan axborotlarni ishlash va xotirlash uchun juda qulay hisoblanadi.


Axborotni kiritish (yozish) usuli bo’yicha triggerlar "asinxron" va "sinxron" ("taktlanuvchi") triggerlarga bo’linadi.
Asinxron triggerlarda har qanday vaqt onida kirish yo’lidagi signallar triggerning tegishli (bir yoki nol) holatini bir ma’noda aniqlaydi. Ya’ni, kirish yo’li axborotining o’zgarishi trigger holatining darhol (o’tkinchi jarayon tugashi bilan) o’zgarishiga olib keladi.
Sinxron (taktlanuvchi) triggerlar qo’shimcha kirish yo’liga ega bo’lib, bu yo’ldan sinxronlovchi (taktlovchi) signallar beriladi. Sinxron triggerlarga axborot faqat navbatdagi sinxrosignal berilishi bilan kiritiladi.
Bunday triggerlarni bir biri bilan ulab ketma-ket zanjirlarda (schyotchiklarda, siljituvchi registrlarda va boshqalarda) ishlatish mumkin. Ammo buning uchun sinxrosignal davomliligi triggerning bir holatdan ikkinchi holatga o’tish vaqtidan kichik bo’lishi shart. Aks holda bitta sinxrosignal ta’siri vaqtida trigger bir necha marta o’z holatini o’zgartirishi mumkin. Demak, sinxrosignal davomliligi triggerning bir holatdan ikkinchi holatga o’tish vaqtidan kichik bo’lishi va shu bilan bir qatorda sxemaning ishonchli ishlashi uchun etarli bo’lishi kerak.
2. -trigger deb ikkita kirish yo’li va ga ega bo’lgan, ikki turg’un muvozanat holatli sxemaga aytiladi. - triggerni birlik holatiga o’tkazuvchi kirish yo’li (inglizcha " -o’rnatish" so’zidan olingan), - esa triggerni nollik holatiga o’tkazuvchi kirish yo’li (inglizcha " - tushirish" so’zidan olingan), ya’ni va bo’lganda trigger birlik holatiga o’tkazilsa va bo’lganda nollik holatiga o’tadi. -triggerlar boshqa triggerlar qatori asinxron va sinxronlarga bo’linadi.
Asinxron -triggerlar. Ular har tomonlama teskari bog’lanish bilan qamrab olingan ikkita yoki mantiqiy elementlardan iborat bo’ladi (5.1-rasm "a", 5.2-rasm "a"). Har bir mantiqiy elementning kirish yo’llaridan biri teskari bog’lanish signalini berishga ishlatilsa, ikkinchisi boshqarish signalini berishga ishlatiladi. Chiqish yo’llaridan biri birlik, ikkinchisi nollik deb ataladi. chiqish yo’lidagi signali birga teng ( ) bo’lsa, bu signal elementning kirish yo’liga ta’sir etib uning chiqish yo’lida signalini paydo bo’lishiga olib keladi. Triggerning bu holati birlik holati hisoblanadi. Triggerning nollik holatida , bo’ladi.

5.1-rasm. mantiqiy elementlar asosida qurilgan asinxron -trigger sxemasi (a) va uning shartli belgilanishi (b).

Endi triggerning boshqa holatiga o’tishini qanday boshqarish mumkinligini ko’raylik. Faraz qilaylik, trigger (5.1-rasm, "a") birlik holatida bo’lsin ( , ). Agar mantiqiy elementning pastki kirish yo’liga birlik signali berilsa, bu elementning holati o’zgarmaydi. Chunki bundan oldin ham shu elementning yuqori kirish yo’liga chiqish yo’lidan mantiqiy bir signali berilgan edi. Demak, triggerni nollik holatiga o’tkazish uchun kirish yo’liga birlik signali berilishi lozim. Natijada mantiqiy elementning chiqish yo’lida bo’ladi. Bu signal mantiqiy elementning kirish yo’liga ta’sir qilib shu elementning chiqish yo’lida signalining paydo bo’lishiga olib keladi, ya’ni trigger nollik holatiga o’tadi.


Shu tariqa nollik holatdagi ( , ) triggerni birlik holatiga o’tkazish uchun kirish yo’liga birlik signalini berish lozimligini ko’rsatish mumkin ( shartini bajargan holda).
Triggerning ikkala kirish yo’liga signallari berilsa, trigger o’zining bu signallar berilgunicha bo’lgan holatini saqlaydi. Kirish yo’li signallarining kombinatsiyasida esa bu signallar ta’siri vaqtida ikkala mantiqiy elementning chiqish yo’lida bo’ladi, signallar olingandan so’ng triggerning holati noaniq bo’ladi. Ya’ni trigger tasodif omillarga bog’liq holda birlik holatiga ham, nollik holatiga ham o’tishi mumkin. Shuning uchun kombinatsiyasiga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
-triggerning ishlash qonuni 5.1-jadvalda berilgan. elementlari asosida qurilgan -triggerning (5.2-rasm, "a") holatini o’zgartirish uchun uning kirish yo’llariga invers (nollik) signallarni berish lozim. Haqiqatdan ham trigger nollik holatida bo’lsa ( , ) uni birlik holatiga o’tkazishga faqat mantiqiy elementning yuqori kirish yo’liga nollik signalini berish bilangina erishish mumkin. Shu tufayli rasmda kirish yullari va simvollari bilan belgilangan bo’lib, inversiya belgisi triggerning inversiya (nollik) signallari orqali boshqarilishini bildiradi.
Yuqorida ko’rdikki, va elementlari asosida qurilgan triggerning sxemalari bir-biridan unchalik farq qilmaydi va asosidan asosga o’tish uchun boshqarish signallarini invertirlash kerak holos.
5.1-jadval.









0

0

0



1

0

1

0

2

1

0

1

3

1

1



elementlari asosida qurilgan bir juft boshqarish yo’llari bo’lgan asinxron triggerlar 5.1-rasm, "b" dagidek, elementlari asosida qurilganlari esa 5.2-rasm, "b" dagidek shartli belgilanadi.

5.2-rasm. mantiqiy elementlar asosida qurilgan asinxron -trigger sxemasi (a) va uning shartli belgilanishi (b).

Trigger asosiy va yordamchi qismlarga bo’lingan to’g’ri to’rtburchak shaklida tasvirlanadi. Asosiy qismida (trigger) simvoli joylashtirilsa, yordamchi qismida trigger kirish yo’llari va unda amalga oshiriladigan mantiqiy amallarning shartli belgilari joylashtiriladi. Asosiy qismida ikkita chiqish yo’llari ( va ) ko’rsatiladi. Odatda va simvollari yozilmaydi, invers, chiqish yo’li ni asosiy chiqish yo’lidan ajratish maqsadida to’g’ri to’rtburchakka halqacha, orqali ulanadi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin