Nazariy tushuncha. Bemorlar sochini har 7-10 kunda sovo’nlab yoki shampunlab yuvib turishlari zarur. Og’ir axvoldagi bemorlarning sochi kirlanishidan tashqari unda sirka va bitlar paydo bo’lishi mumkin. Tibbiyot hamshirasi bemorning sochini sinchiklab tekshirib turishi va toza tutishi shart. Uzoq muddat kasalxonada yotadigan erkaklar sochlarini kalta qilib oldirib, boshlarini 7-10 kunda yuvishlari mumkin. Sochi uzun ayollarning sochi har kuni mayda tishli tarokda taraladi. Yuradigan bemorlar boshlarini gigiyenik vanna qabul qilgan paytda yuvadilar. Bemor uzoq vaqt o’rinda yotsa, boshi o’rinda yuvib quyiladi.
Ishdan maqsad.Og’ir yotgan bemorlarning sochlarini parvarish qilish bo’yicha amaliy malakalar orttirish.
Ishni bajarish tartibi. Bemor yotgan karavotning bosh tomoniga tog’oracha quyiladi. Bemorning boshini bo’yni satxidan Orqaga tashlatirib quyiladi va tagiga taglik quyiladi. Boshga sovun surtib, sochlar tagidagi teri yaxshilab ishqalanadi. So’ngra sochlar chayiladi va quriguncha artiladi. Shundan so’ng qunt bilan taraladi. Bemorning boshiga sochiq yoki rumol o’rab quyiladi.
Mustaqil ishlar.O’quvchilar sochlarini parvarish qilish texnikasini o’rganadilar.