5-mavzu: Agrar iqtisodiyotda institutsional siyosat Darsning maqsadi


O‘zbekistonda agrar sohani isloh qilishning asosiy xususiyati nima?



Yüklə 60,42 Kb.
səhifə4/4
tarix13.08.2023
ölçüsü60,42 Kb.
#139304
1   2   3   4
5-mavzu

9. O‘zbekistonda agrar sohani isloh qilishning asosiy xususiyati nima?
A. Yerga bo’lgan munosabatlarning davlat mulkchiligi asosida amalga oshirilishi
B. Yer va suv resurslaridan foydalanishda ekologik cheklovlarni hisobga olish
D. Qishloq xo’jalik mahsulotlari bozorida erkin bozor narxlarining amal qilishi
E. Davlatning minimal va maksimal narxlarni o’rnatishi
10. Institutsionalizmning dastlabki nomoyondalaridan biri to’g’ri berilgan qatorni belgilang
A. V. Pareto
B. T. Veblen
D. A. Smit
E. D, Ajemug’lu

2-Topshiriq. Agrar sohada amalga oshirilgan institusional o’zgarishlar jarayonining bosqichlari bilan tanishing va har bir bosqichning xususiyatlari nimalarda iborat ekanligini yozma izohlang.



Bosqichlar

Institutsional asoslari

Xususiyatlari

Birinchi bosqich
(1991 – 1995 yillar)

“O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi qonun qabul qilindi, Vazirlar Mahkamasining 438–sonli “Qishloq xo’jalik mahsulotlari kontraktasiyasi shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori, “Shahar va posyolkalarda yer uchastkalarini mulkka o’tkazish, auksion asosida sotish haqida”gi qarori.

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish asosida xo’jalik yuritishning turli xil nodavlat xo’jalik yuritish shakllarini vujudga keltirishga qaratildi, qishloqda va shahar hududiga yaqin joylarda yashovchilarga xususiy yer uchastkalarini ajratish belgilab qo’yildiki, ular nodavlat sektorida qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning o’sishiga turtki bo’ldi.

Ikkinchi bosqich
(1996-2003 yillar)

“Yer to’g’risida”gi, “Ijara to’g’risida”, , “Shirkat xo’jaligi to’g’risida”gi “Dehqon xo’jaligi to’g’risi”dagi, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonun, “Lizing to’g’risida”gi qonunlar hamda “Mehnat kodeksi”, “Yer kodeksi”.

Qishloq xo’jaligida tarkibiy siyosat, avvalo, hududiy ixtisoslashuvga muvofiq ekin maydonlari tarkibini maqbullashtirish yo’li bilan ruyobga chiqarildi; xo’jalik yuritish va mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari tubdan o’zgartirildi;.faoliyat turini tanlashdagi huquqlar va mustaqillik kengaytirildi;

Uchinchi bosqich
(2004–2007 yillar)

“Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunning yangi tahriri, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “zarar ko’rib ishlaydigan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish” to’g’risidagi qarori, va “O’zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tashkil qilinishi.

Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari huquqlarini himoya qilishning ustuvorligi, ularning iqtisodiy huquq va erkinliklarini kengaytirish va davlat byurtmasiga narxlarning shakllanishini takomillashtirish, past rentabelli va zarar ko’rib ishlaydigan yirik qishloq xo’jalik korxonalari tarkibiy tuzilmasini qayta o’zgartirish hamda ularning negizida fermer xo’jaliklarini yaratish rivojlandi, xizmat ko’rsatish infratuzilmasi yaratildi.



To’rtinchi bosqich
(2008-2016 yillar)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer xo’jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi F-3077-sonli Farmoyishi, “Inqirozga qarshi choralar”dasturi, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi v.b.

Iste’mol mollari ishlab chiqarishni ko’paytirish; mahsulot yetishtirish miqdorini ko’paytirish evaziga yuqori daromadga ega bo’lgan fermer xo’jaliklari sonini ko’paytirish; yer va suvdan samarali foydalanishni ta’minlash; agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida sifatli bajarilishiga erishish; tijorat banklarining kreditlaridan foydalanish uchun yetarli mulkka ega bo’lishni ta’minlash; eng avvalo o’z daromadi hisobidan texnika va boshqa vositalarni xarid qilinishiga erishish;

2017-yildan

2017-yil 19-maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2978-son qarori, hamda 2017-yil 15-sentyabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarori



3-topshiriq. O‘zbekistonda qishloq xo’jalik klasterlari bo’yicha SWOT tahlilini amalga oshiring.




  1. Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish va yo’l-yo’riqlar berish.

  2. Topshiriqlarni yechishning asosiy natijalari bo’yicha xulosa va takliflar.

  3. Savol-javoblar.

  4. Uyga vazifa.

8.1. O’tilgan mavzuni o’qib chiqish.
8.2. Berilgan tushunchalarga izohlar yozish.
8.3. Mavzu bo’yicha test va krossvordlar tuzish.
Yüklə 60,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin