5-Mavzu: Aholini dori vositalar va t



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/7
tarix25.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#161272
1   2   3   4   5   6   7
5-Mavzu. Aholini dori vositalar va tibbiy

Ijtimoiy dorixonalarning vazifalari va funksiyalari
Ijtimoiy dorixonalar O’z faoliyatida amaldagi qonunchilikka va Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizomga amal qiladi. Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro’yxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta'minlashdan iborat.
Ijtimoiy dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji savdosi uchun va dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun lisenziyaga ega bo’lgan ta'minotchilardan sotib oladi (olib kirishdan tashqari);
- shakli O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan resept asosida beriladigan dori vositalarini yoki tasdiqlangan,

22
reseptsiz beriladigan dori vositalari rO’yxatiga muvofiq dori vositalarini reseptsiz ravishda chakana savdo qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta'minlaydi;


- belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yO’q qiladi;
- iste'molchidan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojO’ya ta'siri va samaradorligi past holatlar haqida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligini xabardor qiladi;
- ambulatoriya sharoitida davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari rO’yxatiga kiritilgan, ijtimoiy dorixonada amalda mavjud bo’lgan va vaqtincha mavjud bo’lmagan dori vositalari haqida shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga har chorakda ma'lumot taqdim etadi;
- aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va qo’llash bo’yicha maslahat berish va axborot yordami kO’rsatadi;
- aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi to’g’risida axborot berish imkonini ta'minlovchi, dori vositalari va tibbiy buyumlarning ijtimoiy dorixonalar tarmog’i bo’yicha harakatlanishining elektron shakldagi hisob-kitobini yuritadi;
- ijtimoiy dorixonaga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan cheklangan narxlar ko’rsatilgan dori vositalari assortimenti rO’yxatini kO’rinarli joyda joylashtiradi;
- shifokor resepti asosida dori vositalarini tayyorlaydi va ichki sifat nazoratini O’tkazadi (tegishli lisenziyasi mavjud bO’lganda).
Ijtimoiy dorixonalarda tovar-moddiy boyliklarni inventarizasiya va ta'mirlash ishlarini O’tkazish uchun yopish davlat tomonidan, sherik bilan kelishilgan holda, sanitariya kunlarini O’tkazish uchun esa — qo’shimcha ravishda Davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

5-rasm. Ijtimoiy dorixona

23
Mamlakatimizda farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini ta‘minlashga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani va Sog’liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi tashkil etilgani bu boradagi ustuvor vazifalar ijrosini ta‘minlashda muhim qadam bo’ldi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi ―Farmatsevtika tarmog’ini jadal rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida‖gi qarori tizim faoliyatini tubdan yaxshilash va dori ishlab chiqarishni yanada takomillashtirishga keng imkoniyatlar ochib berdi.
Aholini arzon va sifatli dorilar bilan ta‘minlash maqsadida tumanimizda ijtimoiy dorixonalar faoliyati yO’lga qO’yildi. Davlatimiz rahbarining farmoni ushbu ezgu ishlarning amalga oshirishda muhim omil bo’ldi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi qarori bilan ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etish tartibi to’g’risida nizom tasdiqlandi.
―Dori-darmon‖ va uning filiallari tomonidan hududlarda 2078 ta ijtimoiy dorixona faoliyati yO’lga qO’yilgan.

Ijtimoiy dorixona Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan, davlat-xususiy sheriklik shartlariga ko’ra tashkil qilinadi. Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarning oilaviy poliknikalari va qishloq vrachlik punklarida joylashtiriladi.


Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro’yxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta‘minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta‘minlashdan iborat.
Ijtimoiy dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlarini nazorat qilish, Xususiylashtirilgan korxonalarga kO’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qO’mitasi hamda Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin