butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan
millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning
chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o‘z navbatida inson
ma’naviyatining uzviy qismi bo‘lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va
jamiyat hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan e’tiborning kuchayishini keltirib
chiqarmoqda. SHu bilan birga, dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi bugungi
kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni hal qilish
yo‘llari haqidagi o‘y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini
ta’minlagan holda bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob
topishga intilishi bilan bog‘liq ekanini ham alohida qayd etish lozim.
Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida
xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo
bo‘lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish
imkonini beradi.
Yangi diniy harakatlar deganda odatda XX asrning 70 yillarida Evropa va
AQSHda tarqalgan noan’anaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi.
Tadqiqotchilar bunga an’anaviy dinlardagi inqiroz davri sabab bo‘lganligini
ta’kidlaydilar. YaDH liderlari jamiyat kayfiyatidagi o‘zgarishlarni, bu “o‘tkinchi
dunyo”ning nuqsonlarini fosh qilib, o‘zlarini “xaloskor”, yuksak axloqli
“haqiqqatgo‘y” sifatida ko‘rsatdilar. YaDH to‘riga ko‘proq yoshlar ilindilar. YaDH
qat’iy ta’limotga ega bo‘lmagan tashkilot bo‘lib, uning faoliyati lider roli bilan
belgilangan.
Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib
borganlar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali
amalga oshirilgan. YaDHlarning ba’zilari dunyoning turli burchaklarida o‘z
bo‘linmalariga ega bo‘lgan, biznes bilan shug‘ullanuvchi yirik xalqaro
korporatsiyalarga aylandi. YaDHlar meditatsiya amaliyotini keng qo‘llaydilar,
tashkiliy jihatdan piramida shaklida boshqariladi. YaDHlarning aksariyati
noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir. (Aum Sinrikyo (Tokio
metrosi 10/5000 zah.), Quyosh ehromi (fransiya va Kanada) va b.). Diniy
ta’limotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga:
-
protestantlarning “ikkilamchi” birlashmalari – Iogov shohidlari, Oxirgi kun
avliyolari Iso Masih cherkovi (mormonlar), Masih serkovi (Boston harakati);
-
soxta xristian harakatlar – Mun birlashtirish cherkovi, Vissarion oxirgi Ahdi
cherkovi, Oq birodarlar;
-
sayentalogik kultlar – Xristian ilmi, Ron Xabbard sayentologiya markazi,
Kloneyd, Oq ekologlar
harakati;
-
neo- va kvaziorientalistik maktablar va kultlar – “Tirik axloq”(Agni yoga),
Krishnani anglash jamiyati, Transsendental meditatsiya, Aum-Sinrekyo, Saxadja-
yoga va b.);
-
Yangi majusiy tashkilot va kultlar – “Runvira” ukrain milliy e’tiqodi
cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk “qadimgi diniy e’tiqodiga qaytish kulti”
va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: