5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 441,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/36
tarix26.12.2023
ölçüsü441,32 Kb.
#198398
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Ijtimoiy munosabatlar
sub’yekt bilish ob’yektiga o’z manfaatlaridan kelib chiqib 
yondashishini belgilaydi. SHundan ijtimoiy hayotning aynan bir hodisalari va muammolarini har 
xil, ba’zan hatto bir-biriga teskari idrok etish va talqin qilish hollari yuz beradi. Masalan, tarixda 
insoniyatning kelajakdagi rivojlanish yo’li va shakli har xil tasavvur qilingani ma’lum. Hozirgi 
siyosiy hayotda aynan bir hodisalar (xususiy mulk instituti, bozorning shakllanishi va boshqalar) 
ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan ijobiy baholansa, boshqa ijtimoiy guruhlar tomonidan salbiy 
baholanadi. Bularning barchasi ijtimoiy hodisalarni bilishda mafkura, ya’ni muayyan ijtimoiy 
hodisalarni har xil ijtimoiy guruhlar va tabaqalar nuqtai nazaridan baholash mavjudligidan 
dalolat beradi.
Bilishga insonning sezgilari, uning ehtiroslari dunyosi kuchli ta’sir ko’rsatadi. SHu 
munosabat bilan K.Gel’vetsiy: «...ehtiroslar bo’lmasa, buyuk artistlar ham, buyuk sarkardalar 
ham, buyuk ministrlar ham, buyuk shoirlar ham, buyuk faylasuflar ham bo’lmas edi», deb 
yozgan edi. Ehtiroslar tadqiqotchiga kuch-g’ayrat beradi va bilish jarayonini olg’a suradi. Inson 
ehtiroslarisiz haqiqatni izlash mumkin emas.
Bilish doimo qandaydir yangi, ilgari noma’lum bo’lgan narsani yaratishga yo’nalgan ijoddir. 
Ijodning bosh mezoni (ko’rsatkichi) – olingan natijalarning yangiligi va ijtimoiy ahamiyatga ega 
ekanligi. U juda katta aqliy va jismoniy harakat («ijod mashaqqatlari» deb bejiz aytmaydilar), 
ba’zan fuqarolik jasorati va hatto jonbozlik talab qiladi.
SHunday qilib, insonning bilishi rivojlanib boruvchi, faol jarayondir. Bu, avvalo, jamiyatda 
yangi ehtiyojlarning tug’ilishi, tegishli ravishda amaliyotning rivojlanishi va takomillashuvi 
bilan belgilanadi. Ayni shu sababli bilish «mangu harakat, qarama-qarshiliklarning yuzaga 
kelishi va ularning yechilishi jarayoni» deb qaralishi lozim. Bilish jarayonining ichki mantig’i 
(izchilligi) qanday? 

Yüklə 441,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin