5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 441,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/36
tarix26.12.2023
ölçüsü441,32 Kb.
#198398
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36


 5 MAVZU GNOSEOLOGIYA – BILISH FALSAFASI 
 
BILISHNING MAZMUN VA MOHIYATI 
 
Bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»
- sof falsafiy kategoriya. Uning nomi 
yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z 
ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, 
shu jumladan falsafiy qomuslar va lug’atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb 
tarjima qilingan. SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy 
adabiyotlarda «epistemologiya» so’zi ham qo’llaniladi.
SHuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya 
nomlarining qo’llanilishini o’rinli deb bo’lmaydi. Zotan, «episteme» so’zi «pistis» - e’tiqod so’zi 
bilan uzviy bog’liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga 
e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har 
xil tushunchalardir. SHu bois G’arbiy yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, 
ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi.
Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, 
aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. 
Epistemologiya 
esa, 
bizning 
muayyan 
narsalar 
haqidagi 
bilimlarimiz 
va 
(yoki) 
e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o’rganadi.
Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. Tom 
ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy 
e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning 
mohiyati to’g’risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan 
foydalaniladi. SHu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga harakat 
qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo’limi bo’lib, unda 1) 
insonning dunyoni bilish imkoniyati 2) insonning o’zlikni anglash jarayoni; 3) bilishning 
bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi 
narsalar bilan o’zaro nisbati o’rganiladi.
SHunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o’rganish bilan 
shug’ullanadi.
SHaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o’z-o’ziga, 
boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va 
ko’ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o’zi ko’rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli 
o’laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go’yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. 
Gnoseologiyaning vazifasi bu ko’rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar 
dunyosi bilan o’zaro aloqalarini aniqlash, uni o’z muhokama va tadqiqot predmetiga 
aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? 
degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning yechimini 
topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi 
empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm to’qnashadi.

Yüklə 441,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin