tarafdorlari dunyoda hamma narsa o’tkinchi, haqiqiy dunyoviy darajada ham,
hattoki ilmiy
darajada ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi,
kecha haqiqat deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi,
haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu
ijtimoiy hayotda, axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi. YAqindagina shak-
shubhasiz deb e’tirof etilgan narsa endi do’zaxdan chiqqan balo sifatida inkor etiladi.
Baholar
kaleydoskopdagi rangli dog’lar kabi o’zgaradi. Bundan go’yo bilish jarayoni –
muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin bo’lgan haqiqat ketidan «quvish», degan umumiy xulosa
chiqariladi. Bizning barcha bilimlarimiz go’yo noaniqlik va noahiqiqiylik dengizida suzadi, u
faqat – va faqat! – nisbiy, shartli konvensial (lotincha «conventional» - shartnomaga muvofiq) va
sub’yektivdir.
Skeptiklarga xos bo’lgan bu yondashuv antik davrdayoq yuzaga kelgan.
Dunyoda hamma
narsa shu qadar tez o’zgaradiki, unda mutlaqo o’zgarmas bo’lgan hech narsa mavjud emas, deb
hisoblagan Kratil ta’limoti ashaddiy relyativizmga misol bo’lishi mumkin.
Barcha bilimlarimizni faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat e’tibori bilan, bilishda
o’zboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish nisbatan o’zgarmas,
ishonchli narsalar mavjud bo’lmagan, haqiqat bilan ishtiboh o’rtasida
farq qolmaydigan, har
qanday qoida va tamoyilga ishonch yo’qoladigan, binobarin, hayotda hech narsaga amal qilib
bo’lmaydigan uzluksiz oqimga aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm –
bu tafakkur
«boyligi»ning namoyon bo’lish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta
mutlaq bo’lishi kerak, agar haqiqat mutlaq bo’lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat
nisbiy, balki mutlaq haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Relyativizm namoyandalari odatda
haqiqiy deb hisoblangan qoidalar keyinchalik soxta
deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb
hisoblangan qoidalar fan rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e’tirof etilgan hollar fan tarixida
ko’p ekanligiga ishora qiladilar. Ilmiy bilishning harakat yo’li – amalda to’g’ri chiziq emas, balki
kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo’lgan egri chiziqdan iborat.
Biroq bu
bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini isbotlamaydi. Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri
mavjud» degan to’g’ri qoidani «bilim doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas,
degan
yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men
hech ish qilmayman»
1
.
Dostları ilə paylaş: