5 MAVZU GNOSEOLOGIYA – BILISH FALSAFASI
BILISHNING MAZMUN VA MOHIYATI
Bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya.
Uning nomi
yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z
ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda,
shu jumladan falsafiy qomuslar va lug’atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb
tarjima qilingan. SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy
adabiyotlarda «epistemologiya» so’zi ham qo’llaniladi.
SHuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi
va epistemologiya
nomlarining qo’llanilishini o’rinli deb bo’lmaydi. Zotan, «episteme» so’zi «pistis» - e’tiqod so’zi
bilan uzviy bog’liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga
e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har
xil tushunchalardir. SHu bois G’arbiy yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil,
ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi.
Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy,
aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi.
Epistemologiya
esa,
bizning
muayyan
narsalar
haqidagi
bilimlarimiz
va
(yoki)
e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o’rganadi.
Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. Tom
ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy
e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning
mohiyati to’g’risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya»
atamasidan
foydalaniladi. SHu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga harakat
qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo’limi bo’lib, unda 1)
insonning dunyoni bilish imkoniyati 2) insonning o’zlikni anglash jarayoni; 3)
bilishning
bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi
narsalar bilan o’zaro nisbati o’rganiladi.
SHunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o’rganish
bilan
shug’ullanadi.
SHaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o’z-o’ziga,
boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va
ko’ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o’zi ko’rinmaydi. Moddiy
dunyo hodisalaridan farqli
o’laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go’yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi.
Gnoseologiyaning vazifasi bu ko’rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar
dunyosi bilan o’zaro
aloqalarini aniqlash, uni o’z muhokama va tadqiqot predmetiga
aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi?
degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning yechimini
topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada
sinalganini qayd etuvchi
empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm to’qnashadi.