Fan qonunlari hodisalar o’rtasidagi zarur, muhim, barqaror, takrorlanuvchi
munosabatlarni yoritadi. Bu hodisalarning amal qilishi va rivojlanishi qonunlari bo’lishi
mumkin. Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri qonunlarini bilish – fanning muhim vazifasi. U
o’rganilayotgan hodisalarning tushunchalar va kategoriyalarda
qayd etiladigan umumiy va
muhim tomonlarini yoritishdan ularning barqaror, takrorlanuvchi,
muhim va zarur aloqalarini
aniqlashga qadar bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Fan qonunlari va kategoriyalari tizimi uning
paradigmasini tashkil etadi.
Paradigma – fan tarixining muayyan davrida uning rivojlanishini belgilovchi barqaror
tamoyillar, umumiy me’yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui.
U butun ilmiy
hamjamiyat tomonidan fanning mazkur darajasida yuzaga keluvchi vazifalarni qo’yish va
yechish usullarini belgilaydigan andoza sifatida tan olinadi. Paradigma tadqiqotchilik faoliyati,
ilmiy eksperimentlarning natijalarini talqin qilishga yo’l ko’rsatadi, yangi dalillar va
nazariyalarning bashorat qilinishini ta’minlaydi. U o’ziga mos
kelmaydigan konsepsiyalarni
inkor etadi va tadqiqotchilik vazifalarini yechish uchun andoza bo’lib xizmat qiladi. Paradigma
tushunchasi bilish nazariyasiga amerikalik faylasuf T.Kun tomonidan kiritilgan. Uning fikricha,
«normal fan»ga tegishli ilmiy paradigmaga tayangan holda muayyan vazifalarni yechish xosdir.
Fan rivojlanishidagi normal davrlar inqiloblar bilan almashadi. Ular eski paradigma doirasiga
sig’maydigan hodisalarning kashf etilishi bilan bog’liq. Natijada fanda inqiroz davri boshlanadi
va u eski paradigma o’z ahamiyatini yo’qotishi va yangi paradigmaning yuzaga kelishi bilan
yakunlanadi. YAngi paradigmaning qaror topishi fanda inqilob yasalishiga sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: