5– mavzu. Gnoseologiya – bilish nazariyasi. Bilish darajalari va metodlari. Reja


Ilmiy bilish uslublari va shakllari



Yüklə 86,24 Kb.
səhifə5/5
tarix20.11.2023
ölçüsü86,24 Kb.
#166438
1   2   3   4   5
5-mavzu gnoseologiya – bilish nazariyasi. Reja

Ilmiy bilish uslublari va shakllari.Tadqiqotchi o‘z tadqiqoti jarayonida tadqiqot ob’ektini bilish, yangi bilimlarga erishish uchun qo‘llaydigan turli amaliy va nazariy faoliyat usul hamda vositalari ILMIY BILIShNING METODLARI deyiladi.
Bu metodlarning ilmiy bilishdagi vazifasi: tadqiqotchiga o‘rganilayotgan predmet yoki hodisaning tabiati va mohiyati, qonun va qonuniyatlarini ochishda yordam berish, tadqiqotning muvaffaqiyatini ta’minlash.
Ilmiy tadqiqot ishlarida noto‘g‘ri tanlangan yoki qo‘llangan metodlar tadqiqotchini boshi berk ko‘chaga kiritib, samarasiz tadqiqotga olib kelishi mumkin.
To‘g‘ri tanlangan ilmiy bilish metodlari tadqiqot yo‘lini yorituvchi bir mash’aldir.
Ilmiy bilish metodlarini o‘rganish falsafada metodologiyani vujudga keltirdi. Metodologiya ilmiy bilish metodlariga oid falsafiy talimot.
Metodologiyaga ko‘ra, ilmiy tadqiqot metodlari o‘z tabiati, xarakteri, qo‘llanish sohalari, ko‘lami, darajasi, ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalariga bog‘liqligi jihatidan o‘zaro farq qiladilar.
Ilmiy bilishning eng umumiy ilmiy metodi har qanday ongli amaliy va nazariy faoliyatda, hamma ilmiy tadqiqot sohasida qo‘llaniladi.
Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy ilmiy metodlari – ilmiy bilishning empirik bosqichiga oid, aksariyat fan sohalarida ishlatiladi.
Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy ilmiy metodlari esa ilmiy tadqiqotlarning nazariy bosqichida foydalaniladi.


1 skeptitsizm - yunoncha: skeptoma - o‘zbekcha: shubhalanaman degani

2 agnostitsizm - yunoncha: «a» va «gnosis» - o‘zbekcha: bilishni inkor kilaman.

3 Skirbekk G., Gile N. Falsafa tarixi. Oliy o‘quv yurt. uchun o‘quv qo‘ll. – T.: Sharq, 2002. – B. 420.

4 Masalan, Abu Nasr Forobiy akliy bilishni har tomonlama asoslab, inson tafakkuri bilish qobiliyatining cheksizligini, uning borliqni bilishdagi rolini, akl haqiqat mezoni ekanligini, u ilm - fan, ma’rifat orqali rivojlanib borishini ta’kidlaydi.

5 Fayzullaev O. Falsafa va fanlar metodologiyasi / O‘zbekiston Respublikasi FA I. Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti. – T.: «Falsafa va huquq» nashriyoti, 2006. – B. 37.

6 Fayzullaev O. Falsafa va fanlar metodologiyasi / O‘zbekiston Respublikasi FA I. Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti. – T.: «Falsafa va huquq» nashriyoti, 2006. – B. 27.

7 Intuitsiya (lot.:intueri- so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zb.:bevosita bilish, bevosita payqash, degani ) - mantiqiy muhokama qilmasdan, to‘satdan g‘ayri aqliy bilishni ifodalovchi tushuncha.

8 Қаранг: Роузентал Ф. Торжество знания: концепция знания в средневековом исламе. – М.: Наука, 1978. -372 с.

9 Қаранг: Фролова Е. А. Проблема веры и знания в арабской философии. – М.: Наука, 1983. -169 с.

Yüklə 86,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin