№5 Mavzu: I, II,iii guruh kationlari aralashmasi analizi. To'TI.



Yüklə 54,85 Kb.
səhifə1/7
tarix05.05.2023
ölçüsü54,85 Kb.
#108020
  1   2   3   4   5   6   7
5-6-Laboratoriya mashg 4-soat


Laboratoriya mashg'uloti №5
Mavzu: I, II,III guruh kationlari aralashmasi analizi.
TO'TI. (Talabalarning o'quv-tajribaviy ishi).

Maqsad:
O‘rganilgan analitik reaksiyalar va cho‘kmalar xossasi asosida, I, II, III guruh kationlari aralashmasining sistematik analizi chizmasini tuzish va ajratishda talabalar bilimini shakllantirish;
Laboratoriya ishiucun kerakli

  1. Reaktivlar (mashg‘ulot 2,3,4ga qaralsin).

I-II-III ANALITIK GURUH KATIONLARI ARALASHMASINING
ANALIZI

Taklif etilayotgan I-II-III analitik guruh kationlari sistematik analiz chizmasiga asosan bayonnoma yoziladi. Bayonnomada kationlarni ajratish va ochishga doir kimyoviy reaksiya tenglamalari ionli shaklda yoziladi. Kuzatish natijalari va xulosalari esa beshinchi mashg‘ulotda, ya'ni o‘quv-tadqiqot laboratoriya ishi bajarilganda yoziladi.
Dastlabki kuzatish
Tarkibida I-II-III guruh kationlari saqlagan aralashma cho‘kmali va cho‘kmasiz bo‘lishi mumkin. Eritmaning cho‘kmasi bo‘lsa, kumush, qo‘rg‘oshin, simob (I) xlorid yoki bariy, stronsiy, qo‘rg‘oshin, kalsiy sulfatlari (jadval 11,13 ga qarang), agarda cho‘kma turishi natijasida qoraysa, u xolda kumush va simob (I) xloridlari bo‘lishi mumkin va ular yorug‘lik ta'sirida parchalanadi.
Dastlabki sinovlar
Agar tekshiriluvchi eritma cho‘kmasiz bo‘lsa, eritmaning 0,3-0,5 sm3 aloxida olingan qismlariga: a) ammoniy ionini ochish uchun natriy yoki kaliy ishqorlari ta'sir ettiriladi; b) III va II guruh kationlarini ochishda guruh reagenti qo‘shiladi. Bunda ikkala guruh reagentining birortasi ta'sirida cho‘kma hosil bo‘lsa, demak eritmada III yoki II guruh kationlaridan biri borligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Eritmaga HCl yoki H2SO4 ta'siri natijasida cho‘kma hosil bo‘lsa, bu (11-13-jadvalga asosan) eritmada: 1) III va II guruh kationlari birgaligi; 2) yoki faqat qo‘rg‘oshin kationlari borligidan dalolat beradi (nima uchun?) 3) II guruh kationlari ochilmasa, kalsiy kationi borligini bilish uchun sulfat kislotali eritmaga etil spirti qo‘shiladi. Eritmaning loyqalanishi kalsiy ioni borligini ko‘rsatadi. Ammoniy kationini ochishda eritma cho‘kmali bo‘lsa, uni eritmaning aloxida olingan qismidan ishqor ta'sirida ochiladi (nima uchun?).
Nazorat eritmaning cho‘kmali yoki cho‘kmasiz bo‘lishiga ko‘ra sistematik analizni quyidagi turlari tanlanadi:
Cho‘kmasiz eritmaning sistematik analizi
III analitik guruh kationlarini ajratish va aniqlash

III analitik guruh kationlarini ajratish uchun 2-3 sm3 tekshiriluvchi eritmaga cho‘kma to‘liq hosil bo‘lguncha tomchilab xlorid kislotasidan qo‘shiladi. Kationlarni to‘liq cho‘kmaga tushganligini quyidagicha tekshiriladi: eritmani cho‘kmasi sentrifugalanadi, keyin eritmaga (sentrifugatga) bir tomchi xlorid kislotasi eritmasidan qo‘shiladi. Cho‘kma ustidagi eritmani HCl qo‘shilganda loyqalanmasligi cho‘kma to‘liq cho‘kganligini ko‘rsatadi. Aks xolda shu jarayon II guruh xloridlari to‘liq cho‘ktirilguncha takrorlanadi. VI guruh xloridlari sentrifugalanadi va cho‘kma 1mol/dm3 HCl eritmasi bilan yuviladi. Buning uchun cho‘kmaga 0,5-1,0 sm3 kislota qo‘shib, probirkada chayqatiladi, shisha tayoqchasi bilan aralashtiriladi, keyin sentrifugalab, cho‘kma va I, III guruh kationlari hamda qisman qo‘rg‘oshin kationi (nima uchun?) saqlagan eritma (sentrifugat 1) keyingi analizlar uchun saqlanadi. Cho‘kmadan esa III guruh kationlari ochiladi.
III guruh xloridlari cho‘kmasining analizi

Yüklə 54,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin